Koinot jumboqlari
Koinot jumboqlari
Наг qanday odam yulduzlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rsa kerak. Kimdir shunchaki tungi osmonning go'zalligidan bahra olsa,
yana kimdir koinotda yashiringan jumboqlami ochishga harakat qiladi. Yulduzlar nima? Ular qanday tuzilgan? Ular qanday qilib osmonda nur sochadi? Bunday savollar har doim odamlarni o'ylantirib kelgan. Avvallari yulduzlar haqida nimalar deyishmagan deysiz! Ularni
osmonda kimlardir tarafidan yoqiladigan olovlar deb hisoblashgan;
o'lgan odamlarning ruhlari deyishgan; ba’zilar ularni osmon gumbazidagi teshiklar deb o'ylab u teshiklardan ilohiy olovning nuri o'tib turadi deyishgan... Oradan ko'p asrlar o'tgach olimlar yulduzlarning
ulkan qizigan gazli sharlar ekanini ilmiy jihatdan isbotlashgan. Unday
olimlarni astronom deb atashadi. Astronomlar shug'ullanadigan
yulduzlar haqidagi fanni esa astronomiya deb atashadi.
Odamlar minglab yillar mobaynida yulduzlarni kuzatib borib ular haqida ko'plab bilimlar to'plashgan.
Masofa orqali tashkil etilgan abituriyentlar uchun @abituriyent_academy jamoasi tomonidan tayyorlandi.