June 12

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Soliyeva Munavvar Ahmadovna tomonidan ochiq dars tashkil qilindi

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Soliyeva Munavvar Ahmadovna tomonidan  10  iyun 11-11 ING-23 guruh talabalari bilan malakaviy amaliyot fanidan “Khoja Mahmud Anjir Fag‘naviy” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Mashg‘ulot kirish qismida “What Makes a Great Spiritual Leader?” mavzusidagi brainstorming savollari orqali boshlandi. Talabalar ma’naviy yetakchiga xos fazilatlar haqida fikr yuritib, o‘z qarashlari va mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. Ushbu faoliyat talabalarning mavjud bilimlarini faollashtirish, mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni dars jarayoniga faol jalb etishga xizmat qildi.  Darsning asosiy qismida “Advanced Vocabulary Challenge” faoliyati orqali talabalar mavzuga oid yangi so‘z va iboralarni o‘rganib, ularning ma’nolarini tahlil qildilar hamda amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. “Information Gap” metodi yordamida talabalar juftlikda ishlash, savol-javob qilish va o‘zaro ma’lumot almashish orqali kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamladilar. Shuningdek, “Reading Race” mashg‘uloti davomida talabalar guruhlarda matn bilan ishlab, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviyning hayoti, ta’limoti va ma’naviy merosiga oid ma’lumotlarni tahlil qildilar hamda o‘z xulosalarini taqdim etdilar. “Truth Trail” va “Fact, Legend and Belief” metodlari orqali talabalar berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash, fakt, afsona va e’tiqodlarni farqlash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Kuzatuvchilar tomonidan darsning mantiqiy izchilligi, interfaol metodlarning samarali qo‘llanilgani, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilgani hamda talabalarning yuqori faolligi alohida e’tirof etildi.