June 10

Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot  jarayoni

Buxoro davlat universitetining 2025–2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot boshlandi. To‘rt hafta davom etadigan ushbu amaliyot talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan.

Amaliyotning dastlabki ikki haftasi nazariy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etilmoqda. Unda 11–3ING23 hamda 11-4ING23 guruhlari talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.X.Umurova rahbarligida Buxoroning tarixiy-me’moriy yodgorliklari hamda “Yetti Pir” majmualari haqida keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar mavzular yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, ularni qiziqarli faktlar, tarixiy ma’lumotlar va tahliliy yondashuvlar bilan boyitgan holda namoyish etdilar. Ularning yuqori faolligi va mavzularga mas’uliyat bilan yondashgani amaliyotning samarali o‘tishiga xizmat qilmoqda.

Malakaviy amaliyotning keyingi bosqichida talabalar uchun Buxoro shahridagi tarixiy va madaniy obidalarga sayohatlar hamda amaliy kuzatuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur amaliyot talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish, kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda kelajakdagi faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar esa zamon talablariga javob beradigan, malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutmoqda.