Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD S.H.Axmedova tomonidan ochiq dars tashkil qilindi
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD S.H.Axmedova tomonidan 11-2 ing-25 guruhi bilan O'qish va yozish amaliyoti fanining O'qish modulidan "Education and Learning" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsda o'qish modulining strategiyalariga amal qilindi va yangi so'zlar ma'nosini kontekstdan anglash ko'nikmasini yaxshilashga alohida e'tibor qaratildi. Asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Talabalar "Inclusivity in education, Reflection in teaching and learning, Autonomous learning" kabi mavzularda matnlar o'qib, mavzuga doir bilimlarini mustahkamlashdi. Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar, Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari PhD Z.X.Saidova, katta o'qituvchi F.E.Yuldasheva va magistr talabalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.