February 11

Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Xayrullayeva Gulasal rahbarligida “The langauge academy” to‘garagi doirasida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi


Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Xayrullayeva Gulasal rahbarligida “The langauge academy” to‘garagi doirasida “Countries in the UK” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashģulot davomida United Kingdom va Great Britain tushunchalari farqi izohlandi. Shundan so‘ng UK tarkibiga kiruvchi 4 ta davlat haqida ma’lumot berildi.
Talabalarga har bir davlatning bayrog‘i, milliy ramzlari, mashhur joylari va madaniyati haqida qisqa ma’lumotlar berildi.Talabalar guruhlarga bo‘lindi va har bir guruhga bitta davlat berildi. Guruhlar o‘zlariga berilgan davlat haqida mini presentation tayyorlab, sinf oldida taqdimot qilishdi.

Mashg‘ulot yakunida talabalarning faol ishtiroki e’tirof etilib, o‘rganilgan bilimlar mustahkamlab chiqildi. Ushbu to‘garak orqali talabalar nafaqat ingliz tilida talabaning universitet hayoti bo‘yicha muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar, balki real hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tajribaga ham ega bo‘ldilar.