Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida xalqaro ma’ruza bo‘lib o‘tdi
2026-yil 18-fevral kuni Ingliz tilshunosligi hamda Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedralari kesimida nufuzli xorijiy olim, til ta'limi mutaxassisi, Britaniya Kengashi tomonidan taklif qilingan Sussex universiteti professori Simon Thompson ishtirokida ilmiy ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza “Developing Future Leaders of Inclusive English Language Learning in Central Asia” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar faol ishtirok etdilar.
Xorijiy tillar fakulteti dekani Ataboyev Nozimjon Bobojonovich seminarni ochib berdilar.
Professor o‘z ma’ruzasida zamonaviy til jarayonida inklyuziv yondashuvga asoslangan o‘qituvchi tayyorlash modeli haqida atroflicha ma’lumot berdi. U o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida nazariy va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning muhim jihatlarini ta’kidladi.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda xalqaro tajriba bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.