🌍 Xalqaro hamkorlik yana bir yangi bosqichda!
Buxoro davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo’lidagi muhim uchrashuv bo’lib o’tdi.
Universitetga Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) oliy ta’lim muassasasidan PhD darajasiga ega professor-o’qituvchi Dahlia Binti Janan jalb qilindi.
Bugun Xorijiy tillar fakulteti dekani Ataboyev Nozimjon Bobojonovich hamda Buxoro davlat universiteti Kadrlar bo’limi boshlig’i Umida Asadovna ishtirokida mehmon bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur hamkorlik professor-o’qituvchilar va talabalar uchun xalqaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🤝 Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurgan hurmatli mehmonimizga samarali faoliyat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDU #BukharaStateUniversity #InternationalCooperation #UPSI #Malaysia #HigherEducation #AcademicExchange