February 16

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" tadbirlari

Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ma’naviy barkamol shaxs sifatida voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Shu asosda, 2026-yil 16-fevral kuni o‘tkazilgan “Kafedra kunlari” doirasida Ingliz tilshunosligi bir qator o'qituvchilari M.M. Raxmatova, M.T. Elmanova, G.F. Xayrullayeva, N.N. Xayrullayeva, K.B. Namozova hamda E.T. Sadikov, M.M. Sharipovlar tomonidan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi: 1. Jamiyat hayotidagi dolzarb muammolarga befarq bo‘lmaslik. 2. Odam savdosi yoki ma’naviy tanazzul masalasi. 3. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash — jamiyat talabi. 4. Vatanparvarlik, ijtimoiy adolat va halollik tamoyillarini singdirish. 5. “Kasbim – faxrim” mavzusida ma’naviy uchrashuv. 6. Sport va yoshlar masalasi. Davra suhbati jarayonida ustozlar tomonidan yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, jamiyatdagi muammolarga befarq bo‘lmaslik, halollik va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish hamda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tadbir faol muloqot hamda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.