Ingliz tilshunosligi kafedrasida “Ma’rifat soati”
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Maromiylik" loyihasi doirasida "Biz to‘yimizni namunali, ixcham qilamiz"mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 avgust kuni mamlakatning ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda to‘y-ma’rakalardagi isrofgarchilik, dabdababozlik holatlari bo’yicha o’z fikrlarini ma’lum qilgan edilar. Shundan so‘ng, 2018 yilning 30 martida Oliy Majlis Senatining tavsiyaviy ahamiyatdagi “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalarning samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida Senat Kengashining majlisida “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risida”gi Qarori ham qabul qilindi.
Bu borada Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Din ishlari qo‘mitasi, Respublika Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Maromiylik” loyixasi doirasida Memorandum imzolandi. Ushbu memorandum bizning viloyatimizda ham mazkur tashkilotlarning viloyat bo‘limlari va boshqarmalari bilan hamkorlikda imzolangan.