February 13
Ingliz tilshunosligi kafedrasida “Siyosiy-ma’rifat soati”
2026-yil 13-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” tashkil etildi.
Mazkur ma'rifat soatida kafedra professor-o‘qituvchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda xorijiy davlatlarda yuz berayotgan dolzarb siyosiy jarayonlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o'tildi.
Siyosiy ma’rifat soati davomida respublikamiz va jahon miqyosidagi muhim yangiliklar tahlil qilinib, ularning jamiyat taraqqiyoti, ta’lim sohasi hamda yoshlar ongini shakllantirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.