Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyoti jarayoni
Buxoro davlat universitetining 2025–2026-o‘quv yili 1-iyun sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya vatillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariuchun malakaviy amaliyot jarayoni boshlandi. To‘rt haftadavom etadigan mazkur amaliyot talabalarning nazariybilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiykompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Amaliyotningdastlabki ikki haftasi nazariy mashg‘ulotlar shaklida tashkiletilmoqda. Jumladan, 11–11 ING-23 guruhlari talabalari Ingliztilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi N.A. Nazarova rahbarligidaBuxoro shahrining tarixiy-me’moriy obidalari hamda “Yetti Pir” ziyoratgohlari tarixi, madaniy merosi va ahamiyati haqidabatafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar davomidatalabalar mazkur mavzular yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, ularni tarixiy manbalar, qiziqarli faktlar hamda tahliliymulohazalar bilan boyitgan holda namoyish etdilar. Talabalarning yuqori faolligi, mustaqil izlanishlari va mavzugamas’uliyat bilan yondashuvi amaliyotning samaradorliginiyanada oshirmoqda. Malakaviy amaliyotning keyingibosqichlarida talabalar uchun Buxoro shahridagi tarixiy vamadaniy yodgorliklarga ekskursiyalar, amaliy kuzatuvlar hamdao‘quv-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etishrejalashtirilgan. Mazkur amaliyottalabalarga nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilanmustahkamlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusidagipedagogik faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniniyaratadi. Shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilayotganizchil islohotlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh hamda yuqori malakali mutaxassislarnitayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.