Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida xalqaro ma’ruza bo‘lib o‘tdi
2026-yil 13-fevral kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasida nufuzli xorijiy olim, til ta'limi mutaxassisi, Ispaniyaning Pablo de Olavide universiteti professori Francisco Lorenzo ishtirokida ilmiy ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza “Bilingual academic language: a lifetime task in multilingual education” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Xorijiy tillar fakulteti dekani Ataboyev Nozimjon Bobojonovich seminarni ochib berdilar.
Professor o‘z ma’ruzasida zamonaviy til o‘qitish metodlari, CLIL yondashuvi hamda amaliyotga asoslangan o‘qituvchi tayyorlash modeli haqida atroflicha ma’lumot berdi. U o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida nazariy va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning muhim jihatlarini ta’kidladi.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda xalqaro tajriba bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.