Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) kunduzgi ta’lim yoʻnalishida Yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tdi
Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) kunduzgi ta’lim yo‘nalishida "O'rganilayotgan til nazariy aspektlari (ingliz tili) fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu ta'lim yo'nalishini 2025-2026 o‘quv yilida 188 nafar talaba bitiryapti. Mutaxassislik fanidan tashkil etilgan YaDA imtihoniga BuxDU rektorining 2026-yil 9- iyundagi 844-T buyrug'iga ko'ra to'liq 188 nafar talabaga ishtirok etishga ruxsat berilgan. Kecha bo'lib o'tgan mazkur imtihonda 186 nafar talaba ishtirok etdi. Imtihon komissiya a'zolari: DAK raisi, f.f.f.d., professor R.A.Achilova, professor Z.I.Rasulov, f.f.d., prof. N.F.Qosimova, f.f.f.d., v.b.professor Z.O.Djalilova, f.f.f.d., dotsent M.H. Davlatova, p.f.f.d., dotsent Sh.B.Yusupova, f.f.f.d. D.A.Radjabova va F.E.Yuldasheva to'liq tarkibda oflayn va onlayn ishtirok etishdi.
Imtihonni O‘quv-uslubiy departament boshlig‘i S.S.Davlatov ochib berdi. Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev ham talabalarga imtihonni muvaffaqiyatli topshirishni, yuqori natijalar bilan bakalavr diplomlarni olishni bildirdi. Shundan so'ng imtihon biletlari konverti talabalar tomonidan ochilib nazoratchilar tomonidan tarqatildi. Talabalar 4 yil davomida universitetda egallagan bilimlarini savollarga yozma javob berish orqali ko'tsatdilar. Imtihon o'z vaqtida tartib bilan boshlanib yaxshi o'tdi.