June 10

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi


Buxoro davlat universiteti 2025-2026-o'quv yili rejasiga ko'ra joriy hafta 1-iyundan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kunduzgi yo’nalish 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Mazkur amaliyotning birinchi 2 haftasi nazariy nofaol amaliyot davri bo'lib, 11-1 ing-23 va 11-2 ing-23 guruh talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.A.Shukurova rahbarligida Ko’hna Buxoroning qadimiy yodgorliklari, Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarni o'zlashtirib kelmoqdalar.

Darslar jarayonida talabalar belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar tayyorlab, qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirilmoqda. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etishmoqda. Amaliyot jarayoni yaxshi tashkil etilgan. Amaliyotning keyingi bosqichida Buxoroning tarixiy va madaniy obidalariga amaliy tashriflar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Malakaviy amaliyot jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi. Xorijiy tillarni o‘qitish tizimidagi islohotlar esa raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar kelgusida egallagan bilim va ko‘nikmalarini professional faoliyatda samarali qo‘llashlari kutiladi.