Zukko Kitobxon
- Tushga kechgan umrlar - O`tkir Hoshimov
- Qo`rqma - Jovlon Jovliyev
- Poulo Koelo - Alif
- Hukmdor - Nikollo Makiavelli
Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat tarkibda jamoa shakllantiriladi hamda jamoga nom qo‘yilib, ishtirokchilar orasidan sardor tayinlanadi. Jamoa a’zolari bir fakultet talabalaridan iborat bo‘lishi shart (bu magistratura talabalariga ham to‘la ta’luqli). Lekin jamoa a’zolari bir xil kursdan bo‘lishi bo‘yicha ta’qiq mavjud emas. Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoa a’zolarini shakllantirilayotganda taqdim etilayotgan adabiyotlar tiliga ahamiyat berish maqsadga muvofiq.
O‘yin e’lon qilingan adabiyotlar ichidan tayyorlangan savollardan savol-javob shaklida tashkil qilinadi.
O‘yin maydoni markazi joylashgan baraban atrofida adabiyotlar joylashtiriladi hamda baraban ko‘rsatkichi qaysi adabiyotni tanlasa shu adabiyotdan savollar o‘qib eshittiriladi.
O‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Javobni belilangan qog‘ozlarda yozib taqdim etish uchun esa 10 soniya vaqt beriladi.
10 soniyadan keyin taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi.
O‘yin paytida ortiqcha buyumlardan foydalangan jamoa o‘yindan chetlashtiriladi hamda mazkur o‘yinda to‘plagan ballari bekor qilinadi.
Jamoalar har bir turda ball yig‘ib boradilar. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa turnir g‘olibi sifatida e’lon qilinadi hamda universitetning maxsus sovg‘asi bilan rag‘batlantiriladi. Shu bilan birga
2 va 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ham rag‘batlantiriladi.