Yurist
Yurist 1-tur. Berilgan savollar va ularga javoblar
Davlat va huquq nazariyasi
Savol: Huquq ijodkorligining qanday turlari bor?
Javob: 1.Xalqning bevosita huquq ijodkorligi; 2.Davlat idoralarining huquq ijodkorligi; 3.Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi.
Savol: Yuridik pretsedentning 2 ta asosiy turini yozing va ularga ta’rif bering.
J: 1.Ma’muriy pretsedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim holatlari borasidagi ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan asos sifatida qo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi. 2.Sud pretsedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo‘llashiga aytiladi.
S: Huquqiy tartibga solishning dispozitiv va imperativ usullari mavjud bõlib, ular asosan qaysi sohalarda qõllaniladi?
J: Avtonomiya usuli (dispozitiv) , asosan, fuqarolarning huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo huquqi, ya’ni xususiy huquq harakati daxldor sohalarda qo‘llaniladi. Avtoritar usul (imperativ) esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ya’ni ommaviy huquq harakati daxldor sohalarda qo‘llaniladi.
S: Marginal va konformistik huquqiy xatti–harakatning farqli jihatlarini yoriting.
J: Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rnatilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z safdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘zining mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga oshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi.
Marginal huquqiy xatti-harakatda shaxs davlat tomonidan o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquqqa rioya qiladi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti-harakatni amalga oshirmaydilar. Bular ko‘proq ertaga ozodlikdan mahrum etiladigan bo‘lsa, qiynalishi, erkinligining yo‘qolishi yoki nogiron bo‘lib qolishdan qo‘rqqanidan huquqqa rioya qiladi
Iqtisodiy protsessual huquq
S: Iqtisodiy sudga murojaat qilish qanday masalalar bõyicha ariza shaklida, qanday masalalar bõyicha shikoyat shaklida va qanday masalalar bõyicha da’vo arizasi shaklida amalga oshiriladi?
J: Sudga murojaat qilish: fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. (Iqtisodiy protsessual kodeks 3-modda)
S: Iqtisodiy protsessual qonunchiligi ayrim hollarda bevositalik prinsipidan chetga chiqishga ruxsat beradi, lekin mazkur holatda bevositalik prinsipi buzilgan hisoblanmaydi. Misol keltiring.
J: Ipk. 91-modda. Ishni ko‘rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli. Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi kerak bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi. Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va u ajrim olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak.
Demak, mazkur holatda iqtisodiy ishni kõrayotgan sud õzi protsessual harakatlarni bevosita amalga oshirmasa ham, bevositalik prinsipi buzilgan hisoblanmaydi. ( Manba Iqtisodiy protsessual huquq.Darslik Z.N.Esanova – Toshkent TDYU 2019, 34-bet)
S: Iqtisodiy protsessual huquqi prinsiplarini umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy prinsiplarga ajratib tasniflash mumkin. Bularning har biriga 1 tadan misol keltiring.
J: 1.umumhuquqiy: demokratizm, insonparvarlik, qonuniylik. 2. Sohalararo: sudyalarning mustaqilligi, taraflarning tengligi va tortishuvi, bevositalik, oshkoralik, sud ishlari yuritiladigan til. 3. Sohaviy prinsip -chet davlat huquqi normalarini qõllash.
Fuqarolik huquqi
S: Fuqarolik huquq va burchlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslarini tahlil qiling.
J: Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan; 2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan; 3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan; 4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; 7) asossiz boyib ketish natijasida; 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida.
S: Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullarini muhokama qiling.
J: Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi: Huquqni tan olish; Huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; Bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; Shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi; Burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; Zararni to‘lash; Neustoyka undirish; Ma’naviy ziyonni qoplash; Huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish; Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.
S: Haqiqiy zarar va boy berilgan foyda õrtasidagi farqni hayotiy misol orqali tushuntiring.
J: FK 14-modda 2-qismda bular õrtasidagi farq keltirilgan. Масалан, маҳсулот етказиб берувчи шартномани бузиб товарни етказиб бермаслиги сотиб олувчи дўконнинг бекор туриб қолишига сабаб бўлса, мажбурий бекор туриш билан боғлиқ ижара ҳақини тўлаш харидордўкон учун ҳақиқий зиённи, етказиб берилмаслик ва унинг оқибатида келиб чиққан бекор туриш сабабли харидордўкон ололмаган фойда эса бой берилган фойдани ташкил этади
Konstitutsiyaviy huquq
S: Қандай ҳолатда Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги тугатилади?
J: 1)Ўзбекистон Республикасининг фуқаролигидан чиққанда; 2)Ўзбекистон Республикасининг фуқаролигини йўқотганда. (Õ.R. fuqaroligi tõğrisida qonun 23-modda)
S: Сиёсий партиялар фаолияти қандай ҳолатда ва қандай тартибда тўхтaтиб қўйилади?
J: Сиёсий партия Ўзбекистон Республикасининг Конституциясини, Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тўғрисидаги” Қонунни, бошқа қонун ҳужжатларини ёки ўз уставини бузган тақдирда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қонун ҳужжатларининг ёки уставнинг қайси нормалари бузилганлигини кўрсатган ҳолда бу хусусда партия раҳбар органларига ёзма тарзда хабар қилади ва бундай бузишларни бартараф этиш учун муддат белгилайди. Агар бузишлар белгиланган муддат давомида бартараф этилмаса, Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ёки Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг тақдимномасига биноан Ўзбекистон Республикаси Олий суди сиёсий партиянинг фаолиятини олти ойгача муддатга тўхтатиб туриши мумкин. ( “Siyosiy partiyalar tõğrisida” qonun 10-modda)
S: Иш берувчи касаба уюшмалари органлари таркибига сайланган ва ишлаб чиқаришдаги ишидан озод этилмаган шахсларга касаба уюшмаларига оид мажбуриятларини иш вақтида бажариши учун энг камида қанча вақт ажратиб бериши лозим?
J: Иш берувчи касаба уюшмалари органлари таркибига сайланган ва ишлаб чиқаришдаги ишидан озод этилмаган шахсларга касаба уюшмаларига оид мажбуриятларини иш вақтида бажариши учун вақт бериши.лозим. Бунда касаба уюшмаларига оид мажбуриятларни бажариш вақти иш ҳафтаси соатлари сонининг 30 фоизидан кам бўлмаслиги керак. (Kasaba uyushmalari tõğrisida qonun 18-modda)
Mehnat huquqi
S: Karantinga oid chora-tadbirlar amal qilishi davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning õziga xos jihatlarini yoriting.
Javob: quyidagi linklarda:
16. Белгилансинки:
Коронавирус инфекцияси билан зарарланиб, карантинга жойлаштирилган 14 ёшга тўлмаган боланинг ота-онаси (унинг ўрнини босувчи шахслар, васийлар, ҳомийлар) бўлган ходимлар билан меҳнат шартномаларини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилиш тақиқланади.
S: Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomadan farqlarini tahlil qiling.
J: Quyidagi linkda:
S: Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish shartlari va tartibini tahlil qiling.
J: МК 102-моддаси охирги қисми, Аҳоли бандлиги тўғрисидаги қонун 17-18 моддалари.
S: Qaysi holatlarda mehnat shartnomasini taraflar kelishuviga kõra yoki xodimning tashabbusi bilan bekor qilish mumkin emas?
J: Қуйидаги ҳолатларда меҳнат шартномасини тарафлар келишувига кўра ёки ходимнинг ташаббуси билан бекор қилиш мумкин эмас:
1)Иқтисодиёт вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги, Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг 2005 йил 7 июлдаги 58, 154-1, 19 ва 02/2658-сонли қарори билан тасдиқланган “Кадрларни давлат грантлари асосида мақсадли тайёрлаш тартиби тўғрисида”ги Низомнинг 23-бандида битирувчи уч йил мажбурий ишлагандан сўнг шу иш берувчида ишни давом эттириш масаласи иш берувчи ва ходимнинг ўзаро келишувига мувофиқ меҳнат қонунчилиги асосида ҳал этилиши белгилаб қўйилган.
2)Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг 2017 йил 27 июлдаги 157-сон “Муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш, ахлоқ тузатиш ишлари ва озодликни чеклаш тариқасидаги жазоларнинг ижросини ташкил этиш ҳамда шартли ҳукм қилинган шахслар устидан назоратни амалга ошириш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида”ги буйруғининг 23-бандида жазоларни ижро этиш инспекцияси белгилайдиган жойларда жазони ўташ муддати мобайнида жазоларни ижро этиш инспекциясининг ёзма рухсатисиз меҳнат шартномасини маҳкумнинг ташаббуси билан бекор қилиш тақиқланиши белгиланган.
3)Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 11 мартдаги 128-сон қарори билан тасдиқланган “Муқобил хизматни ташкил этиш ва Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг уни ўташи тартиби тўғрисида”ги Низомда иш берувчилар муқобил хизмат қилиш учун келган хизматчилар билан меҳнат шартномаси тузишга мажбурлиги белгиланган. Муқобил хизмат хизматчиларини бўшатиш Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори асосида амалга оширилади.
Jinoyat huquqi
S: T. JK ning 110-moddasi 2-qismi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada õtalishi belgilangan. Koloniya turini sud tõğri belgilaganmi? Huquqiy jihatdan asoslang.
J: Koloniya turi notõğri berilgan. Chunki kazusdagi vaziyatda uncha oğir bõlmagan jinoyat sodir etilgan ( asos JK 15-modda). JK 50-modda 7-qism “a” bandiga asosan qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlar jazoni manzil-koloniyalarda õtaydilar.
S: Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo kimlarga nisbatan tayinlanmaydi?
J: homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. ( JK 50-modda)
S: Jazoni qõllashdagi maxsus va umumiy preventsiya maqsadlari õrtasidagi farq nima?
J: Maxsus preventsiya deganda jazoni qõllash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinishi tushuniladi. Umumiy preventsiyada jinoyat sodir etgan ma’lum bir shaxsga nisbatan jazoning aniq bir turi va miqdorini belgilash orqali davlat boshqa fuqarolar tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldini oladi.