Diana Zabarovaning yillik ilmiy-texnik konferensiyadagi g‘alabasi
Biz hamkasblarimizning muvaffaqiyatlaridan doimo quvonamiz. Chunki ularning natijalari faol hayotiy pozitsiya va o‘z ishiga fidoyilik mahsulidir. Bunday insonlarning ko‘zlarida uchqun porlaydigandek, ular befarq bo‘la olmaydi va bizning kelajagimiz ana shunday insonlarga bog‘liq!
Ayni paytda kompaniyamiz hamda hamkasbimiz Diana Zabarova so‘nggi kurs talabasi sifatida taxsil olayotgan I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent filiali o‘rtasida ajoyib hamohanglik hukm surmoqda.
Yaqinda Toshkent shahrida “Neft va gaz” mavzusidagi talabalarning yillik ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kon va geofizika ishlari boshqarmasi nazorat-talqin partiyasida faoliyat yuritadigan hamkasbimiz Diana Timurovna Zabarova “Geologiya, neft va gazni izlash va razvedkalash” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi!
Diana kompaniyamizda bir yildan kamroq vaqt davomida ishlab kelmoqda. Shunga qaramay, bizning fikrimizcha, qizning ushbu g‘alabasi, birinchi navbatda, uning mutaxassis sifatida shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan rahbarlari va ustozlariga minnatdorchilik hamda ularga berilgan baho rolini o‘taydi.
Ushbu yutuqlar ortida nimalar yashiringanini tushunish uchun unga bir necha savol bilan murojaat qilishga qaror qildik?
– Diana Timurovna, ijobiy yondashuvingiz bilan bir qatorda ijobiy javoblaringizni ham baham ko‘rsangiz. Bunday konferensiyalarning asl qiymati nimada?
– Bunday anjumanlarda 2-kursdan buyon qatnashib kelaman. Soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, ularning taqdimotlarida taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha shaxsiy tajribamni ham to‘plab ulgurdim. (*kuladi*). Nazarimda, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali kabi ilg‘or universitetlar atrofida ko‘plab sarmoyadorlar va manfaatdor kompaniyalar “aylanib yurishadi”. Bu yangilik barcha uchun misoli yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz bo‘lishi, sohani o‘rganishga, nafaqat qog‘ozda, balki amalda ham zo‘r mutaxassis bo‘lib yetishishga turtki bo‘lishi kerak.
Anjumanda iqtisodiyot, chet tili, avtomatlashtirish, mexanika, geologiya, neft va gaz konlarini izlash hamda razvedkalash singari 10 ta yo‘nalish e’lon qilindi. Har bir muhim mavzuni, hatto ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi fikr-mulohazalarni Ilon Maskning Marsni zabt etish haqidagi g‘oyasidan ham qoyilmaqom qilib yetkazib berish mumkin. Buning uchun istak bo‘lsa bas. (*kuladi*)
– Yumorga ancha usta ekansiz. Taqdimotngizning mavzusi qanday edi?
– Men “Kolonnali quduqlar tanasini sementlash sifatini va ularning texnik holatini nazorat qilish maqsadida quduqlarni geofizikaviy tadqiq etish asosidagi kompleks tahlil” mavzusida chiqish qildim.
Taqdimot uchun uchun material maxsus to‘planmadi. Har kuni ish jarayonida 10 dan ortiq qiziqarli vaziyatlar yuzga keladi, ularning har biri bo‘yicha hatto bitta emas, bir nechta taqdimot tayyorlasa bo‘ladi. (*kuladi*). Muammo shundaki, bu masalalar darsliklarda yoritilmagan, ammo talabalar ham, yangi boshlanuvchilar ham bunday mavzularga qiziqishadi. Chunki “Nega men darslarda bu mavzularning barchasini o‘rganyapman o‘zi?” va “Keyin qayerda qo‘llayman?” singari odamni qiynaydigan savollarga javob berishga imkon beradi. (*kuladi*).
– Siz taqdimotngizda aynan qaysi holat yoki vaziyatni tahlil qildingiz?
– Davlatimiz rahbarining uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlarini bajarish maqsadida rahbariyatimiz tomonidan Buxoro-Xiva mintaqasidagi istiqbolli obyektlarda geologik-texnikaviy chora-tadbirlar belgilandi.
Rejalashtirilgan tadbirlar orasida quduqlarni geologik tadqiq etish natijalariga ko‘ra bir quduq alohida ajralib turardi. Unda ilgari gaz uchun ishlatilmagan XV-a gorizontning Yura qatlamlarini qayta sinovdan o‘tkazish nazarda tutilgan.
G‘ayritabiiy past bosimli intervallar bilan quduq tanasining chuqurlashib ketgani ushbu ishlarni amalga oshirish uchun qiyinchilik tug‘dirardi. Avvalroq mana shu intervallardan gaz qazib chiqarilgan. Quduqdagi mahsulot “yutib yuborilishi”ni bartaraf etish va maqsadli gorizontgacha chuqurlashtirishga qaratilgan ko‘plab muvaffaqiyatsiz urinishlar jarayonida sement quyish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Biroq ish jarayonida murakkablik yuzaga keldi, texnologik NKQ komponovkasining sement bilan qotib qolgani aniqlandi. Asoratni bartaraf etish bo‘yicha uzoq davom etgan ishlardan so‘ng, quduq profili bo‘ylab oldin bemalol o‘tgan asbob diametri rejalashtirilgan zaboydan ancha yuqoriroqda tutilgani aniqlandi. Dastlabki o‘rganishdan so‘ng, asbobning joylashish chuqurligi Yuqori tuzlarning chuqurligiga mos kelishi aniqlandi. Ularni qalin devor va ekspluatatsiya kolonnasi berkitib qo‘ygan ekan.
Ushbu natijalarni tasdiqlash uchun texnologik geofizikaviy tadqiqotlarni o‘tkazish rejalashtirildi: quduqning elektro-defektoskopiyasi va quvur profilometriyasi. Uskunalar birinchi marta tushirilganidan so‘ng, Yuqori tuz qatlamlari kesib o‘tgan chuqurlikda kuzatildi profiler qurilmasining tutilishi kuzatildi. Biroq, elektromagnit nuqsonlarni aniqlash qurilmasi diametri kichik bo‘lgani tufayli muammoli joydan osonlikcha o‘tdi. Geofizikaviy tadqiqotlar natijalari o‘rganilgach, asoratni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan uzoq muddatli ishlar davomida Yuqori tuz qatlamlarini qoplagan kuchaytirilgan kolonna metallning katta qismini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Metall qalinligi bo‘ylab qolgan ustun devori tuz gorizonti tomonidan bosimiga dosh bera olmadi, bu esa uning qulashiga olib keldi. Bundan tashqari, yonlama frezaning uzluksiz ishlashi tufayli ustunda bo‘shliq paydo bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, quduqni yo‘qotish joyini aniqlash uchun profilni aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha geotadqiqotlar ushbu quduqda keyingi ishlar foydasiz ekani va qo‘shimcha avariyalar hamda vaqtning foydasiz sarflanishiga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Quduq faol bo‘lmagan fondga o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, ilgari noratsional gaz qazib olinishi, konni o‘zlashtirishning asosiy qoidalarini buzganlishiga yo‘l qo‘yilgani sababli quduqda kapital ta’mirlash va pastki ishlatilmagan gorizontlardan uglevodorodlar qazib olish bo‘yicha ishlarni murakkablashtiradigan holat yuzaga kelgan, degan xulosaga kelindi.
“Qarshi” HIChKning geologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlarimiz kelgusidagi ishlarning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini berdi. Ular keyinchalik geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish samaradorligiga ta’sir qiladi.
– Taqdimotngizda so‘zlagan mavzuingiz borasida amaliy tajribaga ega bo‘lgansiz, deyish mumkin?
– Bizning ishimizda eng qiyin narsa - bu tushunish. Xulosa chiqarish va natijani Mijozning xohishiga ko‘ra berish mumkin emas. Quduqdagi keyingi ishlar bizning taqdim etgan xulosalarimizga bog‘liq. Korxonamizda ishlagan birinchi kunimdan boshlab to‘plangan bilimlarimni maksimal darajada qo‘llay boshladim. Rahbarlarimning tajribasi amaliy va ishlab chiqarish borasidagi muhim bilimlarni olishimga yordam berdi, ular bilan nazariy bilimlarimni mustahkamlayman.
– Konferensiyadagi taqdimotingizga halal bergan holat bo‘lmadimi? Balki biz bilan nimadir baham ko‘rmoqchisiz?
– Ux! (*xo‘rsinadi*) Albatta, hakamlarning ayrim a’zolariga va ularning baholash mezonlariga nisbatan ba’zi bir savollar bor. Misol uchun, ba’zi hakamlar mening taqqdimotimdan keyin birorta ham savol bermay, uni minimal ball bilan baholadilar. Baho anonim ekanligini, ya’ni hakamlardan qaysi biri shunday baholaganligini tekshirish mumkin emasligini hisobga olibgan holda, “Nima uchun?” degan savolni berishni istardim. Tanqid - xolis bo‘lsa, ayniqsa, nafaqat hakam, balki soha mutaxassisi tomonidan bildirilgan bo‘lsa, u juda muhim. Xatolarimni tuzatishim uchun u menga tahlil qilishga imkon berishi kerak.
- Nega bu siz uchun juda muhim? Axir siz birinchi o‘rinni egalladingiz-ku.
- Har qanday ishni bajargandan so‘ng, har doim tushuntirish uchun savollar berilishi kerak. Hamma narsani birinchi martadayoq tushunib olishning imkoni yo‘q. Men o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘xshash holatga misol keltiraman. Agar taqdimotdan keyin o‘qituvchiga mavzu bo‘yicha birorta ham savol berilmagan bo‘lsa, unda u taqdimot umuman qiziq bo‘lmagan yoki unda hamma uxlab o‘tirgan. (*kuladi*)
E’tiborlisi shundaki: ishlab chiqarishda bir yildan ortiq ishlagan va mavzu bo‘yicha savollar berib, mendan javob olgan mutaxassislar mening mavzuimni dolzarb deb hisoblashdi va shunga qarab baho berishdi. Bu men uchun muhimroq edi.
- Endi shu taqdimot bilan Moskvaga yo‘l olasiz, to‘g‘rimi? U yerda nima bo‘ladi?
– O‘tgan konferensiya reglamentiga ko‘ra, 10 ta seksiyaning barcha g‘oliblari neft va gaz sanoatiga ulkan hissa qo‘shgan hamda universitetning nomi uning sharafiga qo‘yilgan Ivan Mixaylovich Gubkin haftaligi doirasida Moskvadagi konferensiyaga borishlari mumkin. U joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Umuman olganda, unda har kim ishtirok etish uchun ariza topshirishi mumkin, ammo biz g‘oliblarda imtiyoz bor – borish-kelish va talabalar shaharchasida yashash homiylik asosida bo‘ladi.
— Diana Timurovna, talablar haqida gapiradigan bo‘lsak, ishingizda nimadan motivatsiya olasiz?
— Umuman olganda, geofizika faniga doim qiziqqanman. Bu yo‘nalishning chek-chegarasi yo‘qligi yoqadi: qancha bilimga ega bo‘lishingizdan, qaysi lavozimni egallashingizdan qat’i nazar, har doim o‘zingiz uchun o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan jihatlarni topa olasiz. Geofizika yo‘nalishi cheksizdir, bu yerda hamma narsani bilishning ilojisi yo‘q, lekin ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin!
- Masalan, oxirgi paytlarda qanday yangi bilimlarni o‘zlashtirdingiz?
- Men har kuni bilim olaman! (*sirli tabassum qiladi*). Bir necha hafta oldin biz ochiq stvolda geofizikaviy tadqiqotlarni boshladik. Tadqiqot ma’lumotlari har doim menda ichki qo‘rquvga sabab bo‘lra edi, lekin rahbarlarim uni yo‘qqa chiqarishdi. (*kuladi*). Hozir biz olib borayotgan tadqiqotlar cheksizdir. Biz burg‘ilashdan tortib ishlab chiqarishni nazorat qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni kuzatib boramiz. Biz o‘tkazilayotgan ishlarning “Ko‘z” va “Quloq”larimiz. (*kuladi*).
– Ijrochi direktorimiz To‘lqin Tursunboyevich burg‘ilashning yangi texnologiyalariga doimo e’tibor qaratadi. Yaqinda #ShanbaGap rukni ostida biz logging while drilling haqida gaplashdik. Aytgancha, yangi texnologiyalar haqidagi bilimlarni qanday yangilaysiz?
– LWD tadqiqotchilar sifatida, real vaqt rejimida ma’lumot olish - bu bizning kelajagimiz. Men sizga qarotajning skan yozuvi qanday amalga oshirilishi haqida qisqacha ma’lumot beraman: seksiyalarni burg‘ilashdan so‘ng burg‘ilash dasturiga muvofiq kolonnalarni tushirish vaqtida geofizikaviy tadqiqotlarni o‘tkazamiz.
– Shu kompaniyada faoliyatni davom ettirishni rejalashtiryapsizmi?
– Menga kompaniya g‘oyasi, bu yerda nima qilayotganim, jamoamiz, menejmentimning ochiqligi va halolligi yoqadi.
Bu yerda har qanday savol javobsiz qolmaydi va menimcha, bu haqiqatan ham izlanuvchan, malakali mutaxassis bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir. Bu kelajakda kompaniyadagi sohadagi faoliyatim bilan bog‘liq rejalarimni amalga oshirishga imkon beradi.
Bizga shunday mutaxassislar ustozlik qiladi – bu baxtimiz. Kelgusida o‘zimiz ham ularnikiga o‘xshash yondashuvni kelgusi avlodga uzatamiz. Va bu eng katta yutuq!
Dianani g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklaymiz va ishlarida ham, har qanday joyda va miqyosda o‘tkaziladigan shunga o‘xshash ilm maydonlarida yangi yutuqlarni tilab qolamiz.