Oltiariqda Renessans. O‘zimizning ta’mirlash va ishlab chiqarish korxonamiz
Mana bir oydan ortiq vaqtdan beri sobiq Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi (ОНҚИЗ) negizida ta’mirlash-ishlab chiqarish korxonasi “Saneg”ning alohida biznes-tuzilmasi sifatida faoliyat ko‘rsatib, jadal rivojlanmoqda.
Uch yillik konservatsiyadan so‘ng majmua hududida ishlab chiqarish hayoti jonlana boshladi. Tokarlik, frezalash, parmalash va randalash dastgohlarining sadolari Oltiariqda Uyg‘onish davri simfoniyasini chalmoqda.
“Konchilik” divizioni ijrochi direktori To‘lqin Tursunboyevich Yusupov hamda xaridlar direksiyasi direktori Miraziz Alimovich Yunusovlarning loyihaga rahbarligi va jonbozligi tufayli ta’mirlash-mexanika sexlarini jonlantirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ular belgilab bergan yo‘nalish tufayli neft-servis shartnomalari bo‘limi boshlig‘i Nazri Nazriyev hamda marketing va bozor tadqiqotlari bo‘limi bosh mutaxassisi Aziza Toshboyeva hamda bosh mexanik Mixail Petrovich Rjanenkov g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘lishdi.
“O‘z korxonamizni ochish o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘lib, mablag‘larni tejash, tashqi va ichki bozorga qaramlikdan xalos bo‘lish, pirovardida o‘z ishlab chiqarishimizni mahalliylashtirish zarurati sababli yuzaga keldi”, – deydi korxona ijrochi direktori To‘lqin Tursunboyevich Yusupov.
Darhaqiqat, gap ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta’minlangan bo‘lish bilan birga o‘ziga xos dizayn, muhandislik va ta’mirlash xizmatlariga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘linma haqida bormoqda. Sexlar har qancha qiyin bo‘lgan, rejalashtirilgan vazifalarni bajarishga doim tayyor.
“Ta’mirlash ishlab chiqarish korxonasi o‘zimizda bo‘lishining asosiy afzalligi - ta’mirlash jarayoni va ehtiyot qismlarni tayyorlashning tezkorligi. Qolaversa, bu hududda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, seximiz ham ijtimoiy-ijobiy loyihadir. Ishchilarimizning ko‘pchiligi avval ONQIZda ishlagan va korxonaga bevosita yaqin joyda istiqomat qiladi”, - tushuntiradi neft-servis shartnomalari bo‘limi boshlig‘i, yangi korxonaning direktori Nazri Nazriyev.
Bugungi kunda ta’mirlash-ishlab chiqarish korxonasida 18 kishi mehnat qilmoqda. Bular ONQIZning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan mahalliy yuqori professional kadrlardir. Endi ular yana ishning boshiga qaytdi. Mamlakatimiz energetika sanoati rivoji yo‘lida bir necha “litrlab” ter to‘kkan xodimlar yana o‘z joylarida.
“Men bu yerda 37 yil tokar bo‘lib ishlaganman. Uch yil oldin FNQIZga chilangar bo‘lib ishga kirgandim. Meni o‘zim avval ishlagan zavodga chaqirganlarida, uzoq vaqt o‘ylab o‘tirmadim. Bu zavodni o‘z vaqtida mening bobom qurgan. Bizning avlodimiz zavodda yuz yildan ortiq tajribaga ega. Men uchun shunchaki ish joyi emas. Bu mening oilamning tarixi”, – deydi 4-toifa tokari Sobir Mugdinovich Rahmonqulov.
Hozirda bu yerda to‘qqizta sex ochish rejalashtirilgan. Tokarlik sexi allaqachon kerakli uskunalar bilan jihozlangan va ishlamoqda, u yerda ishchilar TD uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni boshlab yubordilar, shu jumladan, quduqlar uchun osma patrubok hamda perevodniklar ham yasalmoqda, shuningdek, surma klapanlar ta’mirlanib, presslanmoqda. Aytgancha, may oyida tokarlar juda yaxshi ishlashdi: taxminan 40 dona komponentlar, shu jumladan, har xil turdagi TDlar uchun krivoship “barmoqchalari”, gaykalar, vtulkalar ishlab chiqarildi. Shuningdek, 13 ta turli kalibrli surma klapan va vintillar ta’mirlandi.
Shuningdek, metall konstruksiyalar – yuqori voltli liniya traverslari uchun butlovchi qismlar, shuningdek, ko‘chma turar-joy va ofis vagoncha-konteynerlari ishlab chiqarish sexi ham ishga tushgan. Bugungi kunga qadar sexda oshxona vagoni ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yana ikkita vagon tayyorlab, bitkazish bosqichida. Sexda ish ko‘p: zudlik bilan QKT uchun 15 ta turar joy vagoni hamda “Andijon” HIChK uchun 60 ta vagon ishlab chiqarish zarur.
Yaqin kelajakda elektr dvigatellarni ta’mirlash sexi ishga tushiriladi, u yerda qismlarga ajratish, rotor va statorlarni orqaga burish ishlari bajariladi, shuningdek, sinovlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, konstruktor-texnik bo‘lim ham mavjud bo‘lib, u bizning kon uskunalarimiz uchun chizmachilik bazasi ishlab chiqiladi, shuningdek, butun ishlab chiqarish texnologiyasi nazorat qilinadi.
To‘liq quvvat bilan ishga tushirish maqsadida texnik vositalar ishlab chiqarish uchun uskunalar liniyasini xarid qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, yangi sexlarni ishga tushirish ko‘zlangan bo‘lib, bular: kabel mahsulotlarini ta’mirlash, EMQNni yig‘ish DESni ta’mirlash sexi, shuningdek, elektr tushirma inshootlarga dalada texnik xizmat ko‘rsatish sexi kabilardir.
Dastgohlar va pultlar boshida professionallarning yetishmasligi haqida ikki og‘iz so‘z
Umuman olganda, ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi doimo dolzarbdir. Masalan, hamkasblarimizning e’tirof etishicha, hududda frezerlar juda kam.
“Ishchi mutaxassisliklar ishlab chiqarish jarayonining poydevoridir. Bunday kasblar talabgir bo‘lishi kerak. Buning uchun respublikamizdagi yirik mexanika zavodlari negizida ishchi-xodimlarni tayyorlashni rejalashtirganmiz”, - deydi kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktor Xurshed Naimovich Xojimetov.
Bundan tashqari, bizda 20 yildan ortiq tajribaga ega, eng muhimi, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga bera oladigan va buni xohlaydigan faol mutaxassislarimiz bor. Shuningdek, ular ishchi mutaxassisliklarning obro‘sini tiklaga ham qodir!
Hamkasblarimizga muvofiqlashtirilgan samarali mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularning professional kuchi ishlab chiqarish quvvatlarini misli ko‘rilmagan darajada oshirish uchun ortig‘i bilan yetarli bo‘lishiga umid qilamiz!