Dizayner kabi fikrla. Muhandis kabi harakat qil
Tasavvur qiling, siz samolyotda o‘tiribsiz, oldingizda tulpor, orqangizda mashina. Siz qayerdasiz? Va eng muhimi, siz uchun samolyot, hayvon va mashina qanchalik real, qanchalik haqiqiy. Samolet haqiqatan ham uchadiganmi, ot kishnaydimi, mashina-chi, u yuradimi? Katta yoshdagi kuzatuvchi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu shunchaki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqeliklar silsilasi.
Xo‘sh, sizning shaxsiy nuqtai nazaringiz qanday?... Siz mana shunday obyektlarga qarar ekan, qanday fikrlarni xayolingizdan o‘tkazasiz? Konstruktiv fikrlash, yangi narsalarni o‘ylab topish, atrofdagi obyektlar bilan tajriba o‘tkazish - ixtiro qilishga bo‘lgan asos qobiliyatlar mana shular orqali yuzaga keladi. Harakatlar, yechimlarning turfa variantlarini uyg‘unlashtirish, kreativlik, ijodkorona yondashuv, ma’lum va mashhur narsalarning kutilmagan ko‘rinishlarini yaratish – muhandislarga xos bo‘lgan iqtidor mana shularda namoyon bo‘ladi.
Bu safar “Muborak” HIChK bosh muhandisi Ulug‘bek Zokirovich Rahimov bizlar uchun kutilmagan muhandislik g‘oyalarini barchamiz bilan baham ko‘rishga qaror qildi (avval mana bu yerda u bilan intervyu uyushtirgan edik). Kechayu kunduz “qora oltin” qazib olish ishlari olib boriladigan konlarimiz ushbu g‘oyalar qo‘llaniladigan dastlabki joylarga aylanishi mumkin. Keling, bugun muhandislar va ularning muammolarni imkoniyatlarga aylantirish qobiliyati haqida suhbatlashaylik.
Birinchi maydon — “Shimoliy O‘rtabuloq” koni. Ta’mirlash sexi yoki hayot qaynaydigan, jo‘sh urib mavjlanadigan o‘ziga xos “jang maydoni” desa ham bo‘ladi. Sexda neft koni uskunalari ta’mirlanadi, turli ulama asboblar va sexlar ehtiyojlari uchun qurilmalar, rezervuarlar, separatorlar, tebranma dastgoh reduktorlari tokarlik stanoklarida yo‘niladi, maromiga keltiriladi.
Birgina o‘tgan yilning o‘zida hamkasblarimiz 22 ta reduktorni ta’mirlab, har bir agregatdan o‘rtacha 10 million so‘m mablag‘ni tejashdi. Ular “Muborak” HIChK obyektlari uchun nasos-kompressor quvurlar hamda nasos shtanglarini saqlash uchun tokchalar, quduqlar uchun platformalar, “G‘arbiy Kruk” hamda “Sariqum” TSNU uchun korpuslar va markazlashtiruvchi moslamalarni ishlab chiqarishadi. NB-32, NB-125 nasoslari ham shu yerda ta’mirlanmoqda.
O‘tgan yil davomida Seksiyali markazdan qochirma nasoslarning (SMQN) 180/425 qismi ta’mirlandi. Aytish kerakki, undan avval pudratchi har bir uskunani tamirlash uchun 40 million so‘m olar edi. Darvoqe, obyektda mahsulotlar hisobi yuritilib, markalash ham yo‘lga qo‘yilgan.
Neftni tayyorlash va jo‘natish punktiga o‘tamiz. 2022-yilda “Shimoliy O‘rtabuloq” NTUni, 2023-yilda “Chegara” NTU hamda “Kruk” NTUni, 2024-yilda esa “Sariqum” NTUni foydalanishga topshirish kapital qurilish rejasiga kiritilgan edi. Ammo ayni damda tashqi sabablarga ko‘ra qurilish noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Shunga qaramay, “Shimoliy O‘rtabuloq”, “Kruk”, “Chegara” va “Sardob” NTUlarda uzluksiz texnologik jarayonni hamda neftni sifatli qayta ishlashni ta’minlash maqsadida bosh muhandislik xizmati uskunalar xarid qilmasdan, HIChKning ichki zaxiralari hisobidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, “Chegara” va “Sardob” konlaridan neftni qabul qilish uchun “Shimoliy O‘rtabuloq” NTUda ikkita V-50 m3 sig‘imli rezervuarlar ishga tushirildi.
Hamkasblarimiz zaxira NGS V-100 m3 ni o‘rnatish ustida doimiy ish olib borishmoqda, RVS-4 dan RVS-9 (qatlam suvini yig‘ish) ga o‘tkazish (tijoriydan texnologikga o‘tish) suv bosim liniyasini o‘rnatish ishlari amalga oshirilyapti. “Sariqum”, “Jarchi”, “Jeynov”, “Pirnazar”, “Doston”, “Janubiy Zekri” va “Zekri” konlaridan olingan neft hozirning o‘zidayoq “Sariqum” NTUda tayyorlanmoqda.
QBS tizimining texnologik estetikasi
Shunday tizim “Chegara”, “Sariqum”, “G‘arbiy Kruk” konlarida joriy etilgan va ishga tushirilgan. Shuningdek, “Karim”, “Shimoliy Maymanak” hamda “Supali” konlarida hamroh suvlarni utilizatsiya qilish tizimlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu eng avvalo iqtisodiy samara beradi. Avvalroq uning qiymatini mana bu yerda siz bilan hisoblab chiqqan edik - https://t.me/c/1602186859/5947.
Aytgancha, “G‘arbiy Kruk” konida uzoq muddatli foydalanish qatlam bosimining tabiiy tushishiga hamda 12 ta neft qudug‘ida qatlam bosimining pasayishiga, shuningdek, suyuqlik darajasining kamayishiga olib kelgandi. Natijada bu quduqlarning to‘liq to‘xtashiga sabab bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida kondagi neftning qoldiq hajmi 233 ming tonnani tashkil etdi. Suv haydaladigan quduqlar orqali ishchi agentni quyish vositasida qatlam bosimini saqlash tizimini (TSNU) ishga tushirish quduqlarning neft fondidagi suyuqlik darajasini oshirish imkonini beradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, neft quduqlarining ishga tushirilishi konda qazib olish hajmini kuniga 50 tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun “zaryadlangan” metall!
Qashqadaryo zamini nafaqat neft va tabiiy gazga, balki hozirda “oq oltin” deb atalayotgan metallga ham boy. Aftidan bu kelajagimizga dahldor bo‘lgan metall ko‘rinadi.
Litiy – butun boshli tamaddunimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan elementlardan biri. Ushbu element haqida gap ketganida gadjetlarimiz uchun ishlatiladigan Li-ion batareyalar xayolimizag keladi. Haqiqatan ham, qazib olingan litiyning asosiy ulushi akkumulyator ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan elektromobillar ehtiyojlariga to‘g‘ri keladi. Counterpoint ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib dunyoda 40 millionga yaqin elektromobil bo‘ladi.
Shunga qaramay, litiydan boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. Masalan, qora va rangli metallurgiyada metall qotishmalarning deoksidlash, elastikligini hamda mustahkamligini oshirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, ultrabinafsha nurlarini qisman o‘tkazadigan shisha ishlab chiqarishda ham undan foydalaniladi, kulolchilikda ham u qo‘llaniladi. Yadroviy energiya va atom texnologiyasi haqida gapirmadik – u tritiy moddasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Muxtasar qilib aytganda, litiy tom ma’noda kerak va benazir bo‘lgan moddadir.
“Hozirda bu xuddi pul chop etish bilan bir xil soha desa ham bo‘ladi. Men yana bir bor tadbirkorlarga litiyni qayta ishlash biznesida ishtirok etishni maslahat bergan bo‘lardim: yutqazmasligingiz tayin”, - degandi Ilon Mask.
Ayni paytda bosh muhandislik xizmatidagi hamkasblarimiz “Shimoliy O‘rtabuloq” konida tovar osti suvidan qimmatbaho metallni olish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borib, uning natijalariga ko‘ra sanoat zaxiralari borligini tasdiqlashdi. Dastlabki, qo‘pol hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat “Shimoliy O‘rtabuloq” konida bir litr tovar osti suvida o‘rtacha 0,026 gramm litiy bor. Kuniga qazib olinadigan tovar osti suvining kunlik miqdoriga – 2000 kub metrga ko‘paytiramiz va kuniga 52 kilogramm litiyni olamiz. Bir oyda bu qiymat kam emas, ko‘p emas naq 1500 tonnadan kam bo‘lmagan mahsulot degani!
Bu yilgi rejalarda “Shimoliy O‘rtabuloq” NTUda litiy qazib olish bo‘yicha inshoot qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu boradagi ishlar “Shimoliy Maymanak” konida ham boshlangan.
Muammolarni imkoniyatlarga aylantirish
Issiqlik energiyasidan foydalanish zarurati haqida doimiy eslatib turish uchun atayin qilingandek, “Shimoliy O‘rtabuloq” NTU yaqinida gazni utilizatsiya qilish zavodi qad rostlagan. Unda juda katta miqdordagi hamroh olinadigan gaz yoqiladi. Tasavvur qilish qiyin, lekin unda kuniga 21 ming kub metr va yiliga 7 mln 665 kubometr gaz yoqiladi!
“Bu “qo‘shimcha mahsulot”ni bozorga yetkazish iqtisodiy jihatdan foydasiz: neft quvurlaridan tashqari, yuzlab, minglab kilometr gaz quvurlarini yotqizish talab etiladi”, – ta’kidlaydi “Muborak” HIChK bosh muhandisi Ulug‘bek Zokirovich Rahimov.
Shu damlarda hamkasblarimiz bir nechta variantlarni yaxshilab o‘ylab ko‘rishyapti.
Birinchisi: gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish. Va ikkinchisi: issiqxona barpo etish. Birinchi bosqichda 20 gektar maydonda kuniga 2 ming kub metr gaz harjlanadi.
“Kelajakda bir gektargacha kengaytirish imkoni mavjud, ayniqsa, buning uchun barcha resurslarimiz bor: gaz, hudud, texnika vositalari”, – deya tushuntiradi Ulug‘bek Zokirovich Rahimov.
Ammo birinchi variant ikkinchisidan farqli o‘laroq katta harajatlarni talab qiladi, loyihalash va qurish uchun vaqt talab etadi.
Bundan tashqari, issiqxonani qurish uchun metall konstruksiya (ishlab chiqarishda xizmat qilib bo‘lgan metallom, shu jumladan, foydalanishdan chiqarilgan quvurlar va shtanglar), shuningdek, tuproqni tekislash va to‘ldirish uchun maxsus uskunalar mavjud.
Hamkasblarimizning so‘zlariga ko‘ra, faqat plyonka va ko‘chatlarni sotib olish kifoya. Va, albatta, Qashqadaryoning unumdor zaminini parvarishlash uchun mohir va g‘amxo‘r qo‘llar ham kerak. Oltita shtat birligi talab etiladi!
“Agar 20 gektar issiqxona hosilini pronoz qiladigan bo‘lsak, yiliga 15 tonnaga yaqin bodring olishimiz mumkin. (O‘rim-yig‘im dekabrdan aprelgacha, 5 oy davom etadi). Ko‘chatlarni sotib olish quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi: 6 000 donasi x 1 200 so‘m = 7 200 000 so‘m Issiqxonada ekin yetishtirish uchun optimal harorat 15 daraja hisoblanadi”, - deya o‘zining dastlabki hisob-kitoblari bilan o‘rtoqlashadi Ulug‘bek Zokirovich. – Biz hatto 8/10 tonna pomidor hosilini yig‘ishimiz ham mumkin (hosil yig‘ib olish muddati 4 oy - fevral-may). Ko‘chatlarni sotib olish 5000 dona x 1550 so‘m - 7 750 000 so‘m . Talab etiladigan harorat -8 daraja”.
Ko‘pgina chekka konlarimiz va vaxta shaharchalarimizda ekologik vaziyat ko‘ngildagidek emasligi va bularning barchasi pirovardida mehnatkashlarimizning immuniteti holatiga ta’sir etishi haqida bir necha bor aytgan edik. Vitaminlarga boy sabzavotlar mehnatkashlarimizning kundalik taomnomasida ayni muddao bo‘lishi haqida gapirishning hojati ham bo‘lmasa kerak.
Dasturxonlarimizda yangi uzilgan bodring va pomidorlarning bo‘lgani, albatta, yaxshi, lekin zaminimiz suvda yashovchilar – baliqlarga ham keng quchoq ochadi. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hududida, 1-sonli NGQChS suv olish uchastkasidagi “Vodokach” inshootida sun’iy suv havzasi mavjud bo‘lib, u baliqchilik xo‘jaligini tashkil etishni taqozo qiladi. Faqatgina uni obodonlashtirish, chor-atrofini o‘rash va mayda baliqlar, xususan, sazan solish kerak. Va juda qisqa vaqt ichida ishchilar umumiy ovqatlanish bo‘limlaridagi sovutgich kameralarni ushbu chuchuk suv mahsuloti bezaydi.
Shubhasiz, foydali mikroelementlarga, xususan, fosforga boy baliq organizm uchun energiya ishlab chiqarish, mushak va asab tizimlarini mustahkamlash, shuningdek suyak o‘sishi uchun juda zarurdir.
Ko‘pchiligimiz muhandislik texnik mexanizmlarga oid kasb etmasmi, deb hayron bo‘lishimiz mumkin. U ixtirolar va ularning takomillashtirish ustidagi cheksiz ishlar bilan shug‘ullanmaydimi, deb ajablanishimiz mumkin. Ammo unday emas, hamkasblar.
Har doim ham muhandis mutlaqo yangi narsalarni yaratavermaydi. Ajoyib kashfiyotlar davri ortda qoldi. Biz ixtirolarni qilamiz, lekin bu ko‘pincha 13-iPhone-ni 14-ga almashtirishga o‘xshab ketadi. Shunga qaramay, bu faoliyat juda qiziq, chunki odamga o‘zidan iz qoldirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, dunyoni o‘zgartirar ekanmiz, biz unga kiritilgan o‘zgarishlar uchun javobgar bo‘lib qolishimiz haqida unutmasligimiz kerak....