September 11, 2023

Neft shlamlariga - ikkinchi hayot. Yoki chiqindilarning “yog‘ini” qanday siqib olish mumkin

Hamkasblar,

Ma’lumki, neftni qayta ishlash sanoati ekologik jihatdan eng xavfli tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uglevodorod xomashyosini qayta ishlash jarayonida ekologik muvozanatga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan chiqindilar ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.

Shu bilan birga, neft shlamini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari atrof-muhitga yukni kamaytirishga hamda tuproq va tabiiy ochiq suv havzalarining ifloslanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Qayta ishlashning usullari juda ko‘p. Asosiylari - fizikaviy-termik ishlov berish, u nisbatan kam xarajatlarni talab qiladi va yuqori darajadagi parchalash xususiyatiga ega.

“Andijon” HIChKdagi hamkasblarimiz ikki oy davomida namunalar olib, o‘rganishdi va texnologiyani rejimga kiritishdi. Bu ish muvaffaqiyat bilan yakunlandi va suyuq neft shlamidan tovar neftini olish shaklidagi dastlabki natijalarni berdi.

Tadqiqot davomida Vorix NTU neft lovushkalaridan namunalar olindi. Mingbuloqdagi 1-KTAL ko‘chma laboratoriyasida laborantlarimiz kompleks o‘rganish ishlarini olib borishdi, neft shlamlarining fizikaviy-kimyoviy xossalarini aniqlashdi. Tahlillar natijalari shuni ko‘rsatdiki, neft shlamlarida ko‘p yoki kam emas, naq 25-30% neft mavjud.

Aytish kerakki, nisbatan yaqinda yuqori darajadagi ishlarning tasdig‘i o‘laroq bizning KTAL mutaxassislarimiz ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatidan o‘tkazildi. Bugun hamkasblarimiz buni yana amalda namoyish etmoqda.

Bu qanday sodir bo‘ldi

Neft shlamining turg‘un neft emulsiyasini yo‘q qilish bo‘yicha tadqiqot quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshirildi: bir kilogramm neft shlemiga 20% chuchuk suv qo‘shilgan 0,2 gramm ND-32 demulsifikatori qo‘shildi. 30-45 daqiqa davomida suv vannasida aralashtirgan holda 70-75 daraja Selsiy haroratgacha qizdirildi. Neft shlamining chuchuk suvga nisbati 5:1 ni tashkil etdi. Kompozit aralashmani qizdirish jarayonida neft shlasining barqaror emulsiyasi beqaror emulsiyaga aylandi. Deemulgator va chuchuk suv ta’siridagi rivojlangan fazalararo sirt mexanik aralashmalarning suvli fazaga o‘tish jarayonini tezlashtirdi.

1-sonli KTAL laboratoriyasida fizikaviy-kimyoviy tahlillarni o‘tkazish

Natijada parametrlari bo‘yicha tovar neftiga juda yaqin bo‘lgan emulsiyaning ajralishi sodir bo‘ldi. Tadqiqot natijalari juda salmoqli:

Neftli tarkib foizlarda = 60-65%

20C g/sm3 da zichligi = 0,885-0,890

Yopishqoqlik, 20C/50C da mm2/s = 33,4/12,9

Hamkasblarimiz neft shlamidan olingan neftning zichligini o‘lchaydilar

Asosiysi – rejim

Bir qator tajribalar asosida ushbu texnologiyaga yangi rejimni joriy etishga qaror qilindi. Varux NTU neft shlam lovushkalarining suzuvchi qismidan Mingbuloq NTUga 90 kub metr neft tarkibli suyuqlik (NTS) keltirildi.

Mingbuloq NTUdagi lovushkadan 30 m3 suyuqlikni chiqarish uchun Varux NTUga maxsus texnika yetib keldi.

Keyin ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi, termokimyoviy usuldan foydalanildi.

Tindirgichlarda texnologik rejimni muhokama qilish

“Sanegda bu usuldan birinchi marta foydalanmoqdamiz. Ammo unga alohida yondashuv kerak - bitta xato halokatli bo‘lishi va butun texnologik siklni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shu bois, ko‘plab neft konlari sisternalarni tozalash va quvurlarni issiq yuvishdan keyin hosil bo‘lgan qoldiqlarni nima qilish ustida bosh qotirib o‘tirmasdan, ularni utilizatsiya qilishadi,deydi “Andijon” HIChK neft tayyorlash va tashish sexi boshlig‘i Burhoniddin Qodirov.

Neft tayyorlash sexi boshlig‘ining neft shlamidan tovar neftini tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma

Mana shu yerda hamkasblarimiz klassik yozuvchi Mark Tvenning so‘zlaridan iqtibos keltiradilar: "Biror narsaga erishishning siri – uni boshlashda. Boshlashning siri esa - murakkab va o‘ta og‘ir vazifani kichik va oddiy vazifalarga bo‘lib chiqish va ulardan birinchisini hal qilishni boshlashdir".

Keling, bir boshdan boshlaylik. Neft tayyorlashning termokimyoviy usuli qo‘llaniladi. Ma’lumki, neft shlamlari tarkibida parafinlar va qatronlar ko‘p bo‘lganligi sababli ular juda yopishqoq va erish harorati ham baland.

Yopishqoqlik xususiyatini kamaytirish uchun hamkasblarimiz termokimyoviy usuldan foydalandilar, boshqacha aytganda, 75-80 S haroratgacha qizdirdilar va “Mingbuloq” konining neft emulsiya oqimiga suyuq neft shlamini quyib, deemulgatorni yubordilar. Keyinchalik bu aralashma qatlam suvining suv qatlamidan o‘tib, mexanik aralashmalardan va qatlam suvining qoldiq tarkibidan tozalandi. “Mingbuloq” NTUdan chiqishda suv qoldiq miqdori 0,5% bo‘lgan, sifat standartiga to‘g‘ri keladigan tovar nefti olindi. Texnologiyani ishlab chiqishda tayyorlangan neft hajmida “Mingbuloq” konidan neft saqlovchi suyuqlik va neft shlamining nisbati 50:50 ni tashkil etdi.

Texnologiyaga chuchuk suv qo‘shish jarayoni

Bir savol tug‘iladi. PP-063-1-2 isitish pechlarining ishlashi uchun energiya qayerdan olinadi? Bu yerda hamkasblarimiz oqilona yondashib, 12-sonli quduqdagi YNG dan foydalanishdi.

Aslini olganda, gap neft shlamidan tovar neftini tayyorlashning tubdan yangi texnologiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish haqida bormoqda. Atigi yarim oyda neft shlamining suzuvchi qismidan 25 tonnaga yaqin tovar nefti olishga erishildi. 1 tonna tijorat neftining narxi hozirda 570 dan 650 dollargacha. Texnologiya rejimda ishlaydi.

FNQIZga tijorat neftini yuborish

Oddiy, ta’bir joiz bo‘lsa, “qo‘pol” hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, loyiha davomida jo‘natish, tashish, tushirish, kimyoviy reagentlar, elektr energiyasi, ishchilarning maoshi kabilarga 40 million 320 ming so‘m sarflangan. Olingan 25 094 tonna neft hozirda 163 111 000 so‘mni tashkil etadi. Qo‘pol tarzda hisoblangan foyda hozirning o‘zida 122 791 000 so‘mni tashkil etmoqda. Va bu faqat boshlanishi, hamkasblar!

Mana shu ko‘tarinki kayfiyatda, loyihani ilmiy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltira olgan va muvofiqlashtirgani uchun Neftni tayyorlash va tashish departamenti rahbari Yuriy Nikolayevich Oxotskiyning hissasini alohida ta’kidlash kerak, shuningdek:

- “Andijon” HIChK neft tayyorlash va tashish sexi boshlig‘i Burhoniddin Qodirov, “Andijon” HIChK Markaziy muhandislik va texnik xizmat boshlig‘i Oybek Abdurazzoqovga ishlarni o‘z vaqtida tashkil etgani va barcha zarur transport vositalari bilan ta’minlagani;

- Varux NTU ustasi Elbek To‘rayev, 1-KTAL laborantlari Zoirjon Azimov va Elbek Mahmudovga neft shlamini lovushkadan jo‘natishdagi faol ishtiroki;

- “Mingbuloq” NTU ustasi Fazliddin Qalandarov, operator Olimjon Badalov, texnologik nasos operatori Zokirjon Hakimjonov hamda tovar operatori Jamshid Ahmedovga ushbu loyihadagi faol ishtiroki uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.