Haqiqiy avtomatika tafakkurda tug‘iladi
“Ammo avtomatlashtirishni boshlashdan oldin, ishni eng oddiyidan – uskunani ish holatiga keltirishdan boshlash kerak, aks holda avtomatlashtirish befoyda”, - deydi kompaniya bosh muhandisi Sergey Sergeyevich Ryabov.
Shunchaki tebranma dastgohga datchiklarni o‘rnatish – bir qaraganda, shu ham ish bo‘libdi-yu deyish mumkin. Ammo aslida u siz o‘ylaganchalik oson emas. Misol uchun, neft qazib olish sohasida faol qo‘llaniladigan tebranma dastgohdan tashqari markazdan qochirma elektr nasoslar (MQEN) mavjud bo‘lib, ular yer yuzasidan pastroqda joylashgan bo‘ladi. Ba’zan quduqda suvdan ko‘ra neft ko‘proq bo‘lishi mumkin, ba’zida esa, buning aksi, ya’ni neft suvdan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Ayrim hollarda quduqda suyuqliklar miqdori juda kam bo‘ladi, shu bois nasos kechayu kunduz emas, muayyan jadvalga muvofiq ishlaydi (“rejim bo‘yicha”), qolgan vaqtda biz neft paydo bo‘lishini kutib turamiz. Yana shunday holat ham bo‘ladiki, neft mahsulotini berib turgan quduq dabdurustdan to‘xtaydi. Elektr ta’minotidagi uzilishlar, nasosning avariyaviy holatlari (masalan, uzatma tasmasining uzilishi), nodonlik, o‘g‘irliklar va boshqalar ham yuzaga keladi albatta. Bularning barchasi haqida real vaqt rejimida xabardor bo‘lsak, qanday yaxshi! Muhandislik tafakkur kuchi vositasida ishlab chiqarishning Telemexanika tizimi yaratilgan. Bu haqda keyinroq batafsil suhbat quramiz. Ammo bugun gap boshqacharok mavzuda bo‘ladi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bugun konlarimizda ro‘y beradigan avariyaviy xavfli holatlarni baholash uchun turli usullar va texnologiyalar qo‘llanilishi borasida so‘zlashamiz. Agar siz ushbu maqolaning epigrafini o‘qigan bo‘lsangiz, unda avtomatlashtirish ko‘proq tafakkur natijasi bo‘ladi, deb o‘ylagan bo‘lsangiz ajab emas. Chunki bu jarayon uzluksizdir. “Hamma narsa nuqtadan boshlanadi. Chiziq - bu harakatlanuvchi nuqtaning izi, ya’ni uning mahsuloti”, - deb yozgan edi rassom Vasiliy Kandinskiy. Bizning holatlarimizda ham xuddi shunday – hammasi ixtirodan boshlangan. To‘g‘ri, uni balki “nou-xau” deb atash noo‘rin bo‘lar, ammo u izlovchiga yo‘nalishni, yo‘lni ko‘rsatib bergan.
Bugungi tadqiqotchimiz – “Andijon” HIChK 5-sonli NGQChS avariyaviy tiklash ishlari ustasi Abdullayev Jahongir Odiljon o‘g‘li. “Men kompaniyaga 2021-yil oktyabr oyida oddiy santexnik sifatida ishga kirdim. O‘sha paytda tebranma dasgohlar bilan ro‘y beradigan avariyaviy hodisalarni juda ko‘p kuzatardim! Bu kompaniyaga qanchalik zarar keltirishi haqida bildim. Uni qayta tiklash juda murakkab jarayon edi. Shu tariqa, konstruksiya qilish istagi paydo bo‘ldi, - deb eslaydi hamkasbimiz. - Agar tebranma dastgohlarda murvatlar bo‘shab qolsa va operator bu haqda o‘z vaqtida bilmasa, dasgoh oxir-oqibat ag‘dariladi va unga katta zarar yetadi”. Vaqt o‘tishi bilan orzu g‘oyaga aylandi, g‘oya amaliyotda o‘z aksini topdi. Darvoqe, Jahongir aka so‘nggi yillarda elektronika va mexanika tamoyillarini tushunish uchun robototexnikaga qiziqib qolgandi. Bularning barchasi o‘z mevasini berdi.
Keling, hamkasbingizga o‘z qurilmasi haqida gapirib berish uchun imkoniyat beramiz. “O‘rnatilgan datchiklar yordamida qurilmaning murvatlari bo‘shashgan yoki mahkam turganini aniqlash imkoni tug‘iladi. Agar qurilma dasgohning murvatlarida o‘zgarishlar ro‘y berganini aniqlansa, ya’ni agar ular bo‘shab qolgan bo‘lsa, u dastgohni o‘chiradi va avariyaviy yorug‘lik signali orqali ogohlantirish beradi. Bunda tizimning o‘zi Telegram-bot orqali uning qaysi qismi bo‘shab qolgani haqida xabar yuboradi. Men datchiklarni tebranma dastgohning eng zaif joylariga o‘rnatdim. Bular o‘ng va chap pastki boshchalar, travers va balansir”, – deydi Jahongir Abdullayev.
U o‘zining qurilma yaratish borasidagi niyatini bosh mexanizator Dilshod Hakimovga 2022-yildayoq gapirib bergan edi. U Jahongirning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Olti oy o‘tgach, qurilma muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
“Ishlab chiqarish jarayonida juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ldi, - deb eslaydi bizning intiluvchan robototexnik. - Men 8 ta platani kuydirdim, ko‘p mablag‘ yo‘qotdim. Bundan tashqari, platada yig‘iladigan elementlardan tranzistorlar, kondansatorlar, rezistorlar, diodlar, relelar, LED-lampalar hamda mikrokontrollerining asosiy qurilmasi - ECP 32ni kuydirib qo‘ygan vaqtlarim ham bo‘ldi”.
Jahongir tinmay platalarni payvand qilar ekan, jiyani Telegram-botni kodlashga yordam berdi. “Agar kompaniya menga yordam bersa, qurilmani yanada takomillashtira olaman”, - deydi hamkasbimiz qat’iyat bilan.
Mavzuga asta-sekinlik bilan kirib borar ekanmiz, Jahongir Abdullayevga uning qurilmasi avariyaviy vaziyatlarning oldini qanday olishi mumkinligi haqida savol berdik. “Bu restavratsiya qilish ko‘p mehnat talab qiladigan balansirning buzilishi, shuningdek, travers, balansir, chap va o‘ng boshchalar podshipniklarining sinishi. Shatun yaroqsiz holga kelishi mumkin. Reduktor shikastlangan bo‘lishi mumkin”, - deya tushuntirdi hamkasbimiz.
Lekin eng muhimi, u “Ta’mirlash guruhining vaqtini nima tejashi mumkin?”, degan savolni o‘z-o‘ziga beradi. Bu kabi savollar ko‘pincha Nazorat-o‘lchash priborlari va avtomatika bo‘limidagi hamkasblarimizning ongi va qalbini egallaydi. Ushbu bo‘limda, ya’ni “haqiqiy sanoat avtomatikasi tug‘iladigan va amalga oshiriladigan joyda bizning hamkasbimiz Jaxongirni tez orada qiziqarli taklif kutmoqda”, - deydi kompaniya bosh muhandisi Sergey Sergeyevich Ryabov qiziqishimizni oshirib.
Quyida, ya’ni izohlarda siz hamkasbimizni tabriklashingiz va unga tilaklaringizni bildirishingiz mumkin, chunki uni qiziqarli professional sayohat kutmoqda!