March 31, 2023

O‘zimizning QKT xizmati – endi oshig‘imiz olchimi?

Hamkasblar,

Kompaniyamizda QJKTB (Quduqlarni joriy va kapital ta’mirlash boshqarmasi) ochilishi bilan xodimlarimizning aksariyatida ko‘plab savollar paydo bo‘ldi.

Qarshidagi bazamizda joylashgan quduqlarni ta’mirlash xizmati 1200 dan ziyod mutaxassis va 52 dona texnika, jumladan, quduqlarini ta’mirlash va burg‘ilash uchun APR-80 yuk ko‘taruvchi agregatlardan tashkil topgan. Shtatda 49 ta QKT brigadalari mavjud bo‘lib, ular Andijondan Ustyurtga yastangan maydondlarimiz uchun xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu boshqarmani ochish bo‘yicha qaror nimaga asoslanganiga aniqlik kiritish maqsadida “Qazib chiqarish” divizonidagi hamkasblarimiz bilan suhbatlashdik.

Quduqlardagi operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Ilshat Ildarovich Galeyevning bizga ma’lum qilishicha QKT sexi (hozirgi nomi QKTB) 2007-yildan buyon ERIELL tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yilga kelib QKTSda 8 ga yaqin ta’mirlash brigadalari faoliyat ko‘rsatgan. Eriyellning asosiy faoliyati quduqlarni burg‘ilash bo‘lganligi sababli, 8 ta brigadaning barchasi asosan o‘zlashtirish va burg‘ulashdan keyingi sinov ishlari bilan shug‘ullangan. Shunga ko‘ra, brigadalarni ta’minlash qoldiq prinsipi bo‘yicha amalga oshirilardi: birinchi navbatda, burg‘ilash, keyin esa - QKT. Bu, ayniqsa, 2020-yilga kelib QKT brigadalarining soni 37 ta, 2023-yilga kelib esa 52 ta bo‘lganida yaqqol sezilib qoldi.

Natijada:

a) aniq moddiy ta’minot bo‘lmagan (bu esa ishchi guruhlarning samaradorligini saqlab qoluvchi asosdir);

b) boshqaruvning aniq mexanizmi bo‘lmagan.

O‘zimizning ichki xizmat kelajakda bizga nima berishi mumkin?

Eng kamida, qarorlarni qabul qilish va bajarishda samaradorlikka erishamiz. Hammasi juda oddiy: brigadalar harakati, ish rejalaridagi o‘zgarishlar ijrochilarga tezroq yetib boradi.

Iqtisodiy va ishlab chiqarish borasida qanday afzalliklarga erishamiz?

“Ilgari Eriyell servis kompaniyasi yiliga o‘rtacha 300 ta ta’mirlash ishlarini bajarardi. Kompaniyamiz uchun 1 ta ta’mirlashning o‘rtacha qiymati 65 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan. Bu yiliga 19 million dollardan ortiq degani, – deydi korxona bosh muhandisi Sergey Sergeyevich Ryabov. – Brigadalar boshqaruvimizga o‘tishi bilan bu ishlar o‘z tannarxida amalga oshiriladi”.

O‘zimizning xizmatimiz faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ehtiyoj to‘liq qondiriladimi, kadrlar soni ko‘paytiriladimi, modernizatsiya qilish rejalashtirilyaptimi, degan savollarga Ilshat Ildarovich Galeyev javob beradi:

Bugungi kunda ichki xizmatimiz barcha ehtiyojlarimizni butunlay qoplay olmaydi, sog‘lom raqobat mavjud bo‘lishi kerak. Ammo ichki xizmatni rivojlantirish uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlangan - ichki mutaxassislarni tayyorlash siyosati amalga oshiriladi, buning yordamida mutaxassislarimizning tayyorgarlik darajasi yaxshilanadi. Ammo tayyorlangan mutaxassislarning ketib qolishi holatlari ham istisno qilinmaydi.

Texnikaga keladigan bo‘lsak, yangi va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan qurilmalar mavjud. Ammo vaqtida moliyalashtirilmagani bois ehtiyot qismlar o‘z vaqtida yetkazib berilmagan. Shunga ko‘ra, uskuna ishdan chiqmoqda. Oxirgi 2-3 yil ichida ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlar bajarilmagan holatlar ko‘p uchragan”.

Modernizatsiyaga kelsak, bu QKT boshqarmasining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, u quyidagilarni talab etadi:

Birinchidan, sarf materiallari, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar uchun alohida mablag‘ ajratish;

Ikkinchidan, mavjud brigadalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlash (brigadalarning mobilligi, hammasi shassi asosida), bu esa yollangan maxsus texnikadan voz kechish, ko‘chib o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Qazib chiqarishda yo‘qotilgan vaqt odatda tonna/sutkalarni tashkil etishi ma’lum.

Uchinchidan, bu kadrlarni tayyorlash, shuningdek, har 2 yilda bir marta malaka oshirish. Darvoqe, bajarilayotgan ishlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi xalqaro loyihalar tanlovlarida qatnashish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, tejamkor ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish. Keyinroq bu haqda batafsil suhbatlashamiz.

Strategik qaror pirovardida suyuq uglevodorodlarni qazib olish rejasini amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirib qolamiz. Hamkasblarimizga oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda matonat yor bo‘lsin, deymiz.