October 24

2024-yilning III-choragida KPI ko‘rsatkichlariga ko‘ra kompaniya bo‘yicha mukofot

Hurmatli hamkasblar,
KPI maqsadlariga erishilganlik darajasining 2024-yil III-chorak bo‘yicha natijalari tahlil qilindi.
Unda korxonaning:
- Ishlab chiqarish rejasini bajarish;
- Mahalliylashtirish davlat dasturi bo‘yicha rejani amalga oshirish;
- Eksport rejasini amalga oshirish;
- Avtomobil ehtiyot qismlarini sotuv rejasini amalga oshirish;
- Sof foyda rentabellik darajasiga chiqish;
- Toʻgʻridan-toʻgʻri materiallarni sotib olish xarajatlarini kamaytirish;
- Logistika va qadoqlash xarajatlarini kamaytirish;
- “2 MIS IPTV Brand” sifat koʻrsatkichi maqsadiga erishilganlik darajasi o‘rganildi.
Tahlillarga ko‘ra, korxona miqyosida belgilangan eksport rejasini, avtomobil ehtiyot qismlarini sotuv rejasini va logistika va qadoqlash xarajatlarini kamaytirish  maqsadlariga III-chorak davomida erishilmadi. Shu munosabat bilan, korxonamizning 2024-yil III-chorak boʻyicha KPI natijasi 39% tashkil etdi.

Xabaringiz bor, IV-chorak korxonamizda “Sifat 3 oyligi”. Ishlab chiqarishda har bir jarayon muhim, har bir detall ahamiyatli. Shu sababli Sizlardan har bir avtomobilning, unga yetkazib berilgan butlovchi qismning sifatini nazorat qilishda mas’uliyatli bo‘lishingizni so‘raymiz.
Sizning mehnatingiz sifatli mahsulot ishlab chiqarishimizga xizmat qilishini unutmang! Barchamiz birgalikda sifatni yuqori darajaga ko‘tarishga harakat qilaylik. Sizlarning mehnatingiz kompaniyamiz muvaffaqiyatining kalitidir.
Hurmat bilan,
Korxona rahbariyati