“Korxona xodimlariga pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida“
2024-yil 22-iyul sanasidagi 24ST-6100-00118-sonli “Korxona xodimlariga pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida“ standartiga asosan Sizlarga quyidagilarni ma‘lum qilamiz:
Standartning 4.2.-bandiga asosan,
Xodimlarga pul va ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida moddiy yordam berish maqsad va shartlari quyidagicha:
Murakkab jarrohlik amaliyotlari va og‘ir jarohatlar (sinish, turli darajadagi kuyishlar va boshqalar) uchun pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida;
Tabiiy-texnogen ofatlar (yong‘in, zilzila, suv toshqinlari, sel kelishi) natijasida xonadoniga yetkazilgan shikastlanishlarni ta‘mirlash uchun pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida;
Tabiiy-texnogen ofatlar (yong‘in, zilzila, suv toshqinlari, sel kelishi va h.k.) natijasida mol-mulkni yo‘qotgani uchun pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida;
Og‘ir kasalliklar tufayli 20 kundan ortiq shifoxonada davolanganda pul yoki ishlab chiqarish chiqindisi ko‘rinishida;
QUYIDAGI HOLATLARDA MODDIY YORDAMLAR BERILMAYDI:
Qasddan o‘z salomatligiga zarar yetkazgan xodimlarga;
O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga;
Fuqarolik xuquqiy kelishuv shartnomasi bo‘yicha ishlaydiganlarga;
Kasanchilar, amaliyotchilar, ish o‘rganuvchilar va mavsumiy ishchilarga;
Joyiga chiqib o‘rganish natijasida moddiy yordamga muhtoj emasligi aniqlangan xodimlarga;
Xodimning yaqin qarindoshlariga (ota-onasi, aka-ukasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi va boshqalar).