SENTABR OYIDA O‘TKAZILGAN OCHIQ MULOQOT SAVOL-JAVOBLARI
1-savol: Oktabr oyidan boshlab intizomiy jazo olgan ishchi-xodim KPI mukofotini 1 yil davomida olmaydimi?
Javob: 2024-yil 25-iyul kungi 24BK-01461-sonli buyruq bilan “Samaradorlik ko‘rsatkichlari (SK) tizimi to‘g‘risidagi Nizom”iga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Nizomning 5.7.9 bandida ko‘ra: “Hisobot davrining so‘nggi kuni holatiga, ta’sir chorasi sifatida qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi amalda bo‘lgan xodimlarga mukofot hisoblanmaydi.” Bunda 2024-yil 1-oktabr sanasidan boshlab qo‘llanilgan intizomiy jazolar inobatga olinadi. (Muxammadjonov F., Kadrlar boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i)
2-savol: Ish haqqi saqlangan holdagi ta’til (otgul) keyingi yilga kuyib ketadimi?
Javob: Xodimda ish haqqi saqlangan holdagi ta’til (otgul) olish huquqi xodim ish beruvchining buyrug‘iga asosan dam olish kunlari ishga jalb etilganda yuzaga keladi. Ish haqqi saqlangan holdagi ta’tildan (otgul) bir yil muddat davomida foydalanishingiz lozim, ya’ni misol uchun, agar siz 2024-yil 2-oktabr kuni ishga jalb qilingan bo‘lsangiz (dam kuningizda), 2025-yil 2-oktabr sanasigacha ushbu ish haqqi saqlangan ta’tilingizdan (otgul) foydalanishingiz kerak. (Muxammadjonov F., Kadrlar boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i)
3-savol: III-chorak uchun KPI mukofoti hisoblanganda qaysi oylik ish haqqiga nisbatdan hisoblanadi: ko‘tarilganmi yoki ko‘tarilmaganmi?
Javob:Korxona uchun III-chorak KPI mukofoti hisoblanganda faqat sentyabr oy uchun mukofot oshirilgan oylik ish haqqiga nisbatdan hisoblanadi. Iyul va avgust oylari eski holatdagi ish haqqiga nisbatan bo‘ladi. Tarkibiy tarmoqlar uchun III-chorak KPI mukofoti hisoblanganda yangi (oshirilgan) oylik ish haqqiga nisbatan hisoblanadi. (I. Burxanov, Bosh buxgalter)
4-savol: Maxsus oyoq kiyim (kudu) qachon beriladi?
Javob: Ishlab chiqaruvchi korxona maxsus oyoq kiyimning (kudu) 1-partiyasini shu oyni oxiriga yetkazib berishni ma’lum qilgan. Qolganlar partiyalari noyabr oyi davomida bosqichma bosqich yetkazib beriladi va tarqatiladi. (X. Xasanov, Global xarid qilish direksiya direktori)
5-savol: Markaziy yuklash bo‘limi xodimlariga ish mohiyatini inobatga olgan holda oddiy telefonga ruxsat berishingizni so‘raymiz.
Javob: Markaziy yuklash maydon bo‘liming chiqarilgan xizmati xatiga asosan xaydovchilariga va brigadirlariga telefonga ruxsat berilgan. Undan tashqari markaziy yuklash maydon bo‘limida ratsiyalar ham mavjud. Agar xodimda telefonga ehtiyoj bo‘lsa, bo‘lim boshlig‘iga uchrashini so‘raymiz. (H. Ismoilov, Markaziy yuklash maydoni bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari)
Taklif :“Dolzarb sifat 3 oyligi” davrida eng yaxshi sifat muammolariga oid taklif bergan xodim/jamoalar uchun boshqa zavodlarga tashrif uyushritishni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz.
Javob: Ushbu taklif yuzasidan boshqa ishlab chiqarish zavodlari bilan muzokaralar olib boriladi. Ijobiy hal qilishga harakat qilamiz. (B. G‘anijonov, Sifat direksiya direktori)