April 8, 2020

Sohibqiron Amir Temur haqida siz bilmagan faktlar.

Mardanova Muyassar Muxiddin qizi.

O‘zbekiston necha daholaru 
donishmandlarga, shoiru sarkardalarga, 
allomayu ulamolarga, bunyodkor, adolatli 
shohlarga beshik bo‘lgan, alla aytgan diyor. 

Ularning sanog‘iga yetmaysan kishi.
Abu Ali ibn Sino bo‘ladimi yoki Farobiy, Alisher Navoiy bo‘ladimi yoki Zahiriddin 
Muhammad Bobur, har biri bilan 
faxrlansak, g‘ururlansak, qaddimizni g‘oz  tutib, ular izidan borsak arzir. 


Shoh va sarkarda, donishmand, o‘zi tuzgan 
katta davlat bilan dunyo tarixida o‘chmas iz 
qoldirgan bunyodkor Amir Temur nafaqat  buyuk bobokalonimiz, balki g‘urur va 
iftixorimizdir. 

Agar bizning kuch-qudratimizga shubha  qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga  boqing”.

Sohibqironning bu gapi necha yuz 
yillarkim o‘zbekning kuch-g‘ayrati, 
shijoati, bunyodkorligi va qudratidan 
dalolat berib turibdi.

Sho‘ro davrida 
nomiga qora surtilib, qo‘nxo‘r deb 
uqtirilgan Amir Temur nomi Istiqlol  sabab qayta tiklandi.

Ohori ketib, atayin 
oyoqosti qilingan obidalar, maqbaralar, 
madrasa va muqaddas qadamjolarga 
qaytadan jon ato etildi.

Kitoblarda nomi 
qonxo‘r jallod deb qayd etilgan Temur 
nomi oqlanib, davlat va xalq uchun qilgan 
xizmatlari, qurdirgan bog‘lariyu 
saroylari, dunyo ilmiga qo‘shgan hissasi, 
olib borgan odilona siyosati yuzaga chiqdi.

“Temur tuzuklari” esa yangi avlod tarbiyasidagi eng asosiy vosita sifatida 
tan olindi.

Bunyodkorlik bobomizning eng 
katta hayotiy g‘oyasi bo‘lganligini uning 
tuzuklaridan o‘qib bilishimiz mumkin:

“Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht 
qo‘ydirdim, qay bir joydan bir daraxt 
kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”. 


Bu yil sohibqiron tavalludiga 684 yil to‘ldi. 
Buyuk sarkarda Amir Temur ibn amir 
Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh 
(Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. 
Quyida e’tiboringizga Amir Temur 
haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim 
etamiz. 


1. Amir Temur “Tarjimai holi"da  aytishicha, hayoti mobaynida besh narsaga  qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal  qilgan: Olloh, tafakkur, qilich, imon va  kitob (bitik)dir. 

Shuningdek, u davlat boshqaruvida “Kuch –  adolatdadir” degan shiorga amalga qilgan. 

2. Amir Temur Xitoyga yurish qilishga  tayyorgarlikni 1398 yildayoq boshlagan. 

Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan  bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan edi. 

3. 1941 yilda 20 iyunda Amir Temur qabri ochiladi va ikki kun o‘tgach Germaniya SSSRga  hujum qiladi. Shundan so‘ng odamlar  orasida Temur qabrining ochilishi tufayli  urush boshlandi degan gap so‘zlar tarqaladi. 

Lekin, fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum  qilish rejasini ancha oldin tuzib qo‘ygan  edilar. 

Ikkinchi jahon urushining boshlanishini  Amir Temur qabrining ochilishi bilan  bog‘laydiganlar juda ko‘p.

Bu haqda katta  ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar,  ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan edi.

Temur qabridan olingan bosh suyak parchalari o‘z  joyiga qaytarilgach, urush barham topgan  degan taxminlar ham yo‘q emas. 

4. O‘zbekistonda Amir Temurning uchta  haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron  haykali 1994 yil 31 avgust, mustaqillik  kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u  taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov  tomonidan yasalgan.

Temur haykalidan  unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996 yil,  Amir Temur tavalludining 660 yilligi  munosabati bilan Temuriylar tarixi  davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga  kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga  oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar  saqlanadi. 

Samarqandagi Amir Temur haykali 1996  yilda o‘rnatilgan.

Shahrisabzdagi Amir  temur haykali shu yilda qadr rostlagan. 

Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol  Jabborovlar. 

5. Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan.

Qo‘shin o‘nlik, yuzlik,  minglik va tumanlarga bo‘lingan. 

6. Amir Temurning hayoti va faoliyatida davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul  xonligidan ozod qilib, yagona  markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro  urushlarga barham berish bo‘lsa, ikkinchi  davri (1386-1405) ikki yillik, uch yillik,  besh yillik, deb ataluvchi boshqa  mamlakatlarga yurishlari bilan  xarakterlanadi. 

7. Turg'un Fayziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishicha, Amir  Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan.

Ammo, sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni,  suyukli nabiralari Muhammad Sulton  Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo  va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi. 

8. 1405 yil 8 fevralda sohibqiron Amir  Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand  taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo  (1384-1411) o‘tirdi.

9. Ibn Arabshohning  bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton  Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408-yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan. 

10. Amir Temurning 1395 yilda  To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi  ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod  bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.

Termiz davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Mardanova Muyassar.