Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1 2 3 (O' zbekistonga Nima Beradi)tahlili
Toshkent xalqaro investitsiya forumi ilk bor 2022-yilda mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Forum maqsadi mamlakatimizning bor investitsiya salohiyatini va jozibadorligini namoyish etish orqali xalqaro hamjamiyatning biznes doira vakillari hamda investorlarini ko'proq jalb qilish va bu orqali mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish va ish o'rinlarini yaratishga,mamlaktimiz sarmoyaviy imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilagan.Forum doirasida bugungi kunda dolzarb bo'lgan yashil energiya,innovatsion sanoat va qishloq xo'jaligini raqamlashtirish masalariga alohida to'xtalib o'tildi.O'ylaymanki, bu sohalarga oid investitsion loyihalar kiritilishi sohaning rivojini barqarorlashtiradi va yangi texnika va texnilogiyalar kirib kelishi natijasida ishlar samaradorligi oshadi sohalarga yangi kasblar kirib keladi.Bu esa o'z o'rnida ish o'rinlarining ko'payishiga sabab bo'ladi.
Forum 2024- yil ham uchinchi bor tashkil etildi.Forumda qatnashuvchilarning statistik ko'rsatkichlariga nazar solsak :
Bu raqamlar shuni anglatadiki, forum yildan yilga o'z mavqeini oshirib bormoqda.Bu esa mamlakatga kirib kelishi mumkin bo'lgan investorlar va biznes doira vakillari sonining ham o'sishiga sabab bo'ladi.Forumdan ko'zlangan asosiy maqsad ham zotan mamlakatga investorlar oqimi kuchaytirish deb o'ylayman.
Forumning mamlaktimizga beradigan afzalliklariga keladigan bo'lsak, O'zbekiston quruqlikda joylashgan dengizlardan uzoq mamlakat bo'lsada uning imkoniyatlari yetarli.Mamlakatimiz foydali qazilma boyliklariga boy hududda joylashganligi investorlar e'tiborini jalb qilishi aniq deb o'ylayman. Bu esa mamlakatimiz qazilma boyliklaridan foydalanish uchun ularni qazib olish, qayta ishlash va mahsulotlar tayyorlab, o'z ehtiyojimizni to'laroq qondirishga va albatta eksportga mahsulot chiqarish orqali sanoat sohasida foydali biznes faoliyatlarining paydo bo'lishiga imkon beradi deb o'ylayman.
Yuqoridagi fikrlarimga qo'shimcha sifatida forum ishtorokchilari o'z intervyularida aytib o'tgan fikrlarini ha keltirish mumkin.Forum qatnashchilaridan bo'lgan Amerika qo'shma Shtatlarining "GE VERNOVA" kompaniyasi Yevropa bo'yicha sotuv bo'limi boshlig'i Jose Aguas tomonidan bildirilgan fikrlarga ko'ra mamlaktimizda kimyo,metallurgiya sohalariga yaratilayotgan sharoitlar va bizda mavjud bo'lgan metallurgiya uchun muhim va noyob bo'lgan elementlarning ko'pligi ta'kidlab o'tdi.
Yana bir aytib o'tish mumkin bo'lgan jihatlardan biri bu mamlakatimiz infratuzilmasiga kiritiladigan investitsiyalarni ham ko'payishidir va o'ylaymanki, bu sohalarga ham investitsiya kiritilishining ko'payishi mamlakat uchun juda katta foyda keltiradi.Men bu soha hamma sohalardan ham muhim deb o'ylayman.Ayniqsa,bizning mamlakatimiz uchun chunki biz rivojlanayotgan mamlakatmiz va yildan yilga mamlaktimiz aholisi keskin oshib bormoqda va bu o'z navbatida yangi va qulay infratuzilmani talab qiladi.
Bu sohalarga esa bugungi kunda investitsiyalar davlat kafolati ostida kiritilayotganligi investorlarni jalb qilishda muammo bo'lishi aniq bo'lib qolmoqda.Fikrimcha forum investorlarni jalb qilish mexanizmi. Bu kabi forumlar yoki mexanizmlar orqali investorlar ishonchini qozonib, Ularni investitsiyalarni qo'rqmasdan kiritishiga imkoniyat yaratamiz.Va bu bizga sohalarimiz uchun investitsiyalar oqimini ko'paytirishga xizmat qiladi deb hisoblayman.
yashil energiya,innovatsion sanoat,raqamlashtirish,samaradorlik,eksport,infratuzilma.