Dangerous Collision — Episode
Seuldagi eng hashamatli mehmonxona zali chiroqlar yogʻdusida porlardi. Bugun yuqori moda olamida oʻz soʻzini aytgan "Hwarin" ayollar kiyimlari brendining yangi mavsumiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Yoon Ha-yoon — brendning yosh, goʻzal va nihoyatda qatʼiyatli rahbari. U oʻzining qora, nafis libosida mehmonlar orasida magʻrur qadam tashlab borardi. Tashqaridan qaraganda u mukammal, sovuqqon "Muz qirolichasi" edi.
Koʻrgazma muvaffaqiyatli oʻtdi, biroq Ha-yoon ertangi kundan xavotirda edi — erkaklar premium-klass kiyimlari boʻyicha bozorni egallagan yirik "Black Sun" brendi bilan hamkorlik shartnomasini tuzish gʻoyatda muhim.
Toʻsatdan uning yordamchisi shoshilgancha yaqinlashdi:
— Direktor Yoon, "Black Sun" brendining bosh ijrochi direktori keldi. U siz bilan shaxsan koʻrishmoqchi.
Ha-yoon oʻsha tomonga oʻgirildi. Kameralar chirogʻi ostida, qoʻlida shampan bokalini tutib turgan, qora palto va oʻtkir nigohlari bilan ajralib turgan yigitga koʻzi tushadi. Bu — Kim Min-joon edi. U moda va biznes olamiga shiddat bilan kirib kelgan, his-tuygʻulardan koʻra faqat gʻalabaga ishonadigan yosh milliarder.
Min-joon sekin Ha-yoonning qarshisiga keldi. Uning yuzida sezilar-sezilmas istehzoli tabassum oʻynardi. Choʻntagidan vizitkasini uzatarkan, past, ammo qatʼiy ovozda gapirdi:
Minjoon:Tabriklayman, Direktor Yoon. Koʻrgazma ajoyib oʻtdi. Lekin "Hwarin" kelasi oy biz bilan shartnoma imzolamasa, bu sizning oxirgi muvaffaqiyatli koʻrgazmangiz boʻlib qolishi mumkin. Chunki "Black Sun" shartlarni oʻzi belgilaydi.
Atrofdagi shovqin bir mantiya yoʻqolgandek boʻldi. Ikki yirik moda imperiyasi rahbarlarining nigohlari toʻqnashdi. Ha-yoon oʻzini yoʻqotib qoʻymadi. Yigitning vizitkasiga ham qaramasdan, uning koʻzlariga tik qaradi:
Yoon:Kim Min-joon Janoblari... "Black Sun" qanchalik kuchli boʻlmasin, "Hwarin" hech qachon tahdidlar asosida shartnoma imzolamaydi. Agar haqiqiy hamkorlik qilmoqchi boʻlsangiz, ertaga soat toʻqqizda ofisimda kutaman. Kechikkanlarni yoqtirmayman.
Ha-yoon shunday dedi-yu, Min-joonning yonidan oʻtib ketdi. Min-joon esa uning ortidan qarab, kutilmagan kuchli javobdan qoniqqandek jilmayib qoʻydi. "Xavfli toʻqnashuv" endi boshlanayotgan edi.