Dasturchilar uchun ideal dieta (1 - qism)
Nonushtamizda bizni tushlikkacha tetik ushlab tura oladigan makro va mikronutrientlar bo'lishi judayam zarur. Shuning uchun nonushtamizni superfood hisoblanadigan tuxumsiz tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
- Erkaklar: 4-10+
- Ayollar: 2-5+
- Katta miqdorda oqsillarga boy (ha, whey proteinizi choyini ichirib yuboradi);
- Tuxum tikkasiga aqlli qiladi. Chunki tuxumda miya rivojlanishi, yaxshi ishlashi uchun nihoyatta zarur bo'lgan xolin, lutein moddalari yetarli miqdorda mavjud;
- Qolaversa xolin ko'z uchun ham judayam foydali;
- Yurak uchun foydali. Ha, to'g'ri eshitdingiz, odamlarni yolg'on ma'lumotlarida aytilganidek xolisterin borligi sababli yurakka zararli emas, aslida judayam foydali;
Tuxumni foydalarini sanab tugata olmaydigan darajada nihoyatta ko'p, ayniqsa vitamin, mineral, oqsil va foydali yog'larni qanday miqdorda borlgini ko'rsangiz hayratda qolasiz.
❗️Tuxumni sarig'i xolisterinni oshirmaydi! Albatta tuxumni sarig'i bilan iste'mol qiling, chunki eng asosiy kerakli ozuqalar aynan sariq qismida.
Ha, tuxumni sarig'ida xolisterin baland lekin buni muammo deb o'ylashizdan oldin dietary cholestrol, HDL, LDL haqida o'rganing. Hullas, tuxumni sarig'i odamlar aytganidek zararli emas. Buni judayam ko'p izlanishlar allaqachon rad etgan va yaqinda Harvard o'quvchisi kuniga 27 tuxum yeb, o'zida eskperiment qib ko'rganini tomosha qilishingiz mumkin yoki Dr.Sten Ekbergni firkini ko'ring. Alternativ sifatida mol yoki qo'y go'shti ham iste'mol qilsangiz bo'ladi.
Agar ichaklaringizni salomatligini yaxshilamoqchi bo'lsangiz albatta har kuni nonushtaga suyak sho'rva qo'shishingiz kerak. Suyak sho'rvani nafaqat ichaklar uchun balki umumiy:
- Jigarni toksinlardan tozalash;
- Metabolizmni yaxshilash;
- Immunitetni oshirish;
- Suyak va bo'gimlarni salomatligini oshirishda juda katta foydasi bor;
- Ayniqsa ayollarimiz sevib sotib oladigan kollagenni tabiiy manbai, bu esa teri, soch va tirnoq kabi a'zolarga kosmetik jihattan ajoyib ta'sirini bildiradi;
- O'zingizni ta'bingizdan keb chiqib iste'mol qiling;
Tabiiy saryog' yoki do'kondan olsangiz sifatli сливочное масло
- Qalqonsimon bezni ishlashini yaxshilaydi;
- Suyak salomatligini oshiradi;
- Gormonal tizimni balanslaydi, foydali yog'lar ayniqsa erkaklardagi testesteron uchun judayam zarur;
- Immunitetni oshiradi;
- Ko'z uchun foydali;
- Tishlardagi kariesni oldini oladi;
Hullas, saryog'ni ham foydalarini sanab sanog'iga yeta olmaymiz. Albatta, nonushtangizga oz miqdorda bo'lsa ham saryog' qo'shishga harakat qiling.
Nonushta qilib bo'lganingizdan keyin, qora kofe yoki tabingizga ko'ra sut va shakar qo'shib ham ite'mol qilsangiz bo'ladi.
Kofeni ham judayam katta ko'p foydasi bor, bizga asosiy keraklilari:
- Tetiklashtiradi;
- Glyukozadan yaxshiroqdan foydalanishga yordam beradi. Shu sababli ikkinchi toifali qandli diabetni ancha xavfi kamayishi mumkin;
- Parkinson kasalligni xavfini anchagina kamaytiradi;
- Kafeinni bir iste'molni o'zida 100mg'dan oshirib yuborishni tavsiya qilmayman;
Agar sizga kofe giperaktivlik yoki ortiqcha darajada ta'sir qilayotgan bo'lsa, birozgina yengillashtirish uchun kofe bilan L-Theanine sport ozuqasini iste'mol qilsangiz bo'ladi.
Aytganimdek yana davom etishim mumkin, lekin bu haqida ko'proq o'qimoqchi bo'lsangiz Doktor Feruzni maqolasini o'qishni tavsiya qilaman.
Agar tushlikkacha qorningiz ochib qolsa, banan, olma yoki qora shokolad kabi mahsulotlarni tanavvul qilishingiz mumkin. Qolaversa, tabiiy asal, yeryong'oq, sut mahsulotlarini ham bemalol iste'mol qilavering.
Ha, bular zararli emas. Meva va qora shokoladni zararli deydigan meathead bodybuilderlardan uzoqroq yuring. Ularni ko'p qismini shunchaki har bir sekundi farmakologiya va musobaqadan oldingi ortiqcha qattiq dietalar sababli zararda o'tadi o'zi.
Hulosa qiladigan bo'lsak, ana endi nafaqat nonushtaga aynan nima yesam ekan degan savolga javob oldingiz, balki nihoyatta katta foydalaridan ham xabardor bo'ldingiz.
Qisqa hulosamiz esa:
Tuxum - asosiy oqsil manbaimiz, judayam ajoyib vitamin va minerallarga boy;
Suyak sho'rva - ichaklarimiz salomatligi uchun;
Saryog' - vitamin a mabayi, ko'zimiz va immunitetimiz uchun;
Kofe - tetiklik uchun;
Bu faqatgina dasturchilar uchun emas, aksar odamlarga bemalol to'g'ri kelaveradi.
Foydalanilgan manbalar: Webmd, Pubmed, NutritionwithJudy, Dr.Sten Erkberg, CarnivoreCure.
Dietolog yoki doktor maslahati emas. Albatta o'zingizni tanangizga nima to'g'ri kelishini yaxshi bilasiz, to'g'ri kelmaydiganlarini olmang, iste'mol qilmang.
Keyingi qismlari uchun kanalimga obuna bo'lishni unutmang: t.me/islombekdev
Sport uchun mahsus guruhimiz (faqat erkaklar uchun) t.me/sportly_chat