Front-end texnikalar #1 - List Virtualization π
List Virtualization - bu katta turdagi ma'lumotlarni front-end qismda samarali ravishda boshqarish usuli hisoblanadi. Dasturimizni optimizatsiya qilishda bilishimiz muhim bo'lgan texnikalardan biri.
Samarali render qilish
List Virtualization faqatgina bizga ko'rinishi kerak bo'lgan elementlarnigina namoyish etgani sababli tezligi judayam yuqori bo'ladi.
Dynamic Loading
Foydalanuvchi listni scroll qilganda, ko'rinmayotgan elementlar DOMdan olib tashlanib, viewportga yangi elementlar render qilinadi.
Xotirani samarali boshqarish (aka memory management)
Faqatgina kichkina to'plamdagi elementlarni render qilish orqali memory footprinni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu esa kuchsizroq qurilmalarga juda ham muhim.
Yaxshilangan UX
List Virtualization bilan dasturimiz juda ham katta - minglagan yoki hatto millionlagan elementlarni tezlik pasaymagan holda boshqarishi mumkin va UXni yaxshilashga olib keladi.
"Yovvoyi tabiat"da π
Bu usul Facebook, Instagram va Pinterest kabi katta dasturlarda feed listini render qilish uchun ishlatiladi.
Manba: https://www.greatfrontend.com/
Telegram: https://t.me/islombekdev