Front-end dasturlash
March 3

React 19'da nima yangiliklar bor?

Bu o'zgarishlarni ko'rgan Vue va Angularchilar:

Reactni ba'zilar qanchalik hate qilmasin, eng tez rivojlanayotgan va eng mashxur kutubxona ekanligi barchaga ma'lum. Huddi shuningdek, React 19 - versiyasida ham judayam ajoyib o'zgarishlar kelmoqda. Keling ushbu o'zgarishlar bilan tanishib chiqamiz.

Agar uzun maqola o'qishga erinsangiz kanalimda ovozli xabar orqali o'zim o'qib, tushuntirib berganman: https://t.me/islombekdev/300

React compiler

Tan olamiz, React ba'zida keraksiz re-render ko'payib ketishi mumkin. Albatta bu muammoni qo'lda hal qilishga useMemo, useCallback va memo kabi API'lar mavjud, ammo aniq keyslarda ishlatishga o'ylanib qolish yoki bular sababidan ba'zi muammolar ham kelib chiqishi kuzatiladi.

Hullas huddi shunday bosh og'riqlarni to'xtatish uchun, React compiler boshqacha yondashuv qo'llaydi. U Reactni mental modeliga ta'sir qilmagan holda kodlarni avtomatik ravishda optimizatsiya qiladi.

"Qo'ysezchi okya, Reactda compiler nima qilsin"

deyishingiz mumkin, lekin bu allaqachon Instagramda, productionda ishlamoqda. Shaxsiy fikrimcha, React 19'dagi eeeng zo'r o'zgarishlardan biri - bu albatta React compiler.


"use client" and "use server"

"use client" va "use server" full-stack React frameworklari uchun bundler xususiyatlari hisoblanadi.
"use client" bundlerga <script/> teg generatsiya qilish uchun ko'rsatma bersa, "use server" esa tRPC mutationlar kabi POST endpointlar yaratadi. Ikkalasi yordamida client-side interaktivlik va kerakli joyda server-side logic'dan foydalangan holda reusable componentlar yaratish imkoniyatini beradi. Nextjs'chilar allaqachon bu imkoniyatdan foydalanishyapti.

Actions

Yana bir ajoyib o'zgarishlardan biri - bu Actions. Nextjs'dan xabari borlar, klientdan serverga ma'lumot yuborish uchun Server actionsdan foydalanib ko'rgan bo'lsa kerak. Endi ushbu imkoniyatdan client only bo'lgan dasturlarda ham foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

Actions <form/> kabi DOM elementlarga funksiya pass qilish imkonini beradi.

<form action={search}>  
  <input name="query" />  
  <button type="submit">Search</button>
</form>

Hullas formlar bilan ishlash ancha osonlashadi, shunchaki funksiyangizga "use server" so'zini qo'shish orqali kodni serverda execute bo'ladigan, xohlasangiz sinxron yoki asinxron holatda amalga oshirishiz mumkin. useFormStatus, va useFormState hooklari orqali esa form submissonni lifecycle'iga yoki current state, response'siga access qilishingiz mumkin.


Server components

Sahifani birinchi martta yuklanishi sekinligi yoki SEO bilan bo'ladigan muammolar ham server components orqali hal qilinishi mumkin. Server components haqida ko'p yozib o'tirmayman, ko'pchilik SCni imkoniyatlarini allaqachon bilsa kerak, chunki Nextjsda aaancha oldin stabil holatda ishlashni boshlagan, endi esa Reactda ham stabil bo'lishi kutilmoqda.

Asset loading

Stylesheet yoki fontlar yuklanayotganda, screen flickering bo'lishi kabi muammolar endilikda ushbu feature orqali hal qilinadi.

Asset loading, Suspense'ni resurslarni yuklash lifecylce'i bilan birlashtirildi. <style>, <link>, va <script>kabi elementlardagi kontentni UIga ko'rsatishga tayyor ekanligini tekshirishi sababli assetlarni yuklash, smooth va muammosiz amalga oshiriladi.

Document metada

<title>, <meta>, and metadata <link> teglarini component treeda xohlagan joyda ishlata olishingiz uchun built-in support qo'shildi! Bu barcha client-side code, SSR, va RSC muhitlarida bir hil ishlaydi. Oldinlari ushbu muammoga React Helmet kabi qo'shimcha kutubxonalar orqali yechim qilinar edi, endi esa Reactni o'zida ham full support bo'ladi.

Web components

React 19 da Web components dan ham foydalanish imkoniyatlari qo'shiladi. Endi faqatgina 100% Reactni o'ziga moslangan kutubxonalarnigina emas, masalan Web component sifatida qo'shilgan date pickerni bemalol ishlatish imkoniyati bo'ladi.

Hooks

Aynan React 19 da yangi hooklar chiqarilmagan bo'lsa ham, eski hooklar yanada yaxshilandi. Masalan useEffect'da effeklar run bo'lganda control qilishga ko'proq imkoniyatlar qo'shildi. useMemo va useCallback ham yanada yaxshilangani haqida o'qidim, lekin aynan nimasi o'zgargani haqida ma'lumotim yo'q.

useImperativeHandle funksional komponentlarda ref kabi obyektlar yaratish uchun soddalashtirilgan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Xulosa

React 19 shunchaki kichkina update emas, ayni bizga kerak bo'lgan bir nechta yaxshigina o'zgarishlar bilan kelyapti. Reactdagi shu kabi ajoyib o'zgarishlardan, ushbu kutubona yordamida tuzayotgan dasturlarimiz future-proof ekanligiga ishonchimizi komil qilsak bo'laveradi.

Kanalimga obuna bo'ling: https://t.me/islombekdev


Foydalanilgan manbalar:


React docs

dailydev

Web Dev Simplified

Mehul - Codedamn