May 8, 2020
“SAXOVAT VA KO‘MAK” umumxalq harakati amalda!
Joriy yilning 28-29 aprel kunlari “SAXOVAT VA KO‘MAK” umumxalq harakati tashabbusi doirasida Qo‘shko‘pir tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali hamkorligida saxovat tadbirlari tashkil qilindi.
Qo'shko'pir tumanining Yangilik, Xadra va Qotog'on qishlog'larida istiqomad qiluvchi 60 ta ehtiyojmand xonadonlarga 10 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan iste’mol savatchalari yetkazib berildi.
Savobli ishga “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali hodimlari va volontyorlari munosib xissa qo‘shdi.