O'zbekistonda o'tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiyalar Forumi ( I,II,III)
O'zbekiston, so'nggi yillarda iqtisodiy islohotlar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi faoliyati sezilarli ravishda jadal olmoqda. Toshkent xalqaro investitsiya forumi, bu jarayonda muhim rol o'ynaydi. Ushbu forum 2021, 2022 va 2023-yillarda o'tkazilib, mamlakatning investitsion muhitini yaxshilash, xorijiy investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan va ushbu kichik ilmiy ishimizda bular bilan tanishib chiqamiz.
2022-yil 24-26-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) boʻlib oʻtdi. Dunyoning turli mamlakatlarining ishbilarmon va siyosiy doiralar vakillari Forum ishtirokchilari va mehmonlari boʻlishdi.
UshbuForumda qatnashish maqsadida dunyoning 56 mamlakatidan 1,5 mingdan ortiq kishi, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari murojaat qildi.
Forum xalqaro kun tartibidagi muhim voqeaga aylanadi. Tadbir dasturi panel sessiyalari, alohida mavzularga doir muhokamalar va davra suhbatlariga boy boʻldi. Uning davomida Oʻzbekiston va mintaqa mamlakatlarining investitsiyaviy, savdo, sanoat, transport va tranzit salohiyati ochib berildi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha navbatdagi tadbirlar haqida soʻz bordi, hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni ragʻbatlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yoʻnalishlaridagi ustuvor vazifalari belgilandi.
Forum, shuningdek, mushtarak maqsadlarga javob beruvchi loyihalar va tashabbuslar doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari va amaliy jihatlarini muhokama qilish maqsadida G2G, G2B i B2B shakllarida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni oʻtkazish uchun samarali maydonga aylanadi. Dastur yakunida jami 7,8 milliard dollarlik shartnoma imzolandi.
O‘zbekistonga investitsiya kiritish o‘zini oqlaydimi? TXIF-2023 doirasida nimalar muhokama qilindi?
O‘zbekistonda 2024-yil 27—28-aprel kunlari Ikkinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. TXIF-2023da dunyoning 70 mamlakatidan 2,5 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashdi. 2022-yilgi forumga 50 mamlakatdan 1,5 ming nafar mehmon tashrif buyurgan edi.
Tadbir doirasida yuqoridagi savolga javob berish borasida ekspertlarning 30 dan ortiq muhokama uchrashuvlari, jumladan, davra suhbatlari va investitsion muzokaralar o‘tkazildi.
Jumladan, Forumning “Bank va moliya: yangi imkoniyatlar” mavzusidagi davra suhbatida ekspertlar bank ishi doimiy ravishda rivojlanib borayotgan soha ekanligi, hozirda O‘zbekiston bozorida ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Xalqaro Islom savdo moliya korporatsiyasi bosh operatsion direktori Nazim Nordali “Daryo”ga Trade Connect Central Asia+ dasturi, O‘zbekistondagi investitsion holat, mamlakat haqidagi taassurotlari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Tadbirda o‘zaro hamkorlik, xususan, O‘zbekiston korporatsiyasi va korxonalari o‘rtasida savdoni rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Agar birinchi forum doirasida jami 7,8 mlrd dollarlik 105 ta hujjat imzolangan bo‘lsa, joriy yilda TXIF-2023 doirasida 164 ta kelishuv va shartnoma imzolandi, ularning umumiy qiymati 11 mlrd dollarga yetdi. Ma’lum bo‘lishicha, erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda har bir loyihaning ijrochilari va amalga oshirish muddatlari belgilab qo‘yildi.
III Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 2024-yil 2-3-may kunlari bo'lib o'tdi.
93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Forumni 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari “CNN”, “Euronews”, “London Post”, va “Associated Press” tomonidan yoritildi.
Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati $26,6 mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi. Ma’lumot uchun: 2023 y. TXIFda $11 mlrd. 167 ta hujjat imzolangandi.
Xususan quyidagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
– “Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd.) va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish ($3 mlrd.);
– “Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1 mlrd.);
– “Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500 mln.);
Tadbirda iqtisodiy rivojlanishning eng muhim jihatlari muhokama qilingan panel sessiyalar, muhokamalar, biznes nonushta va davra suhbatlari kabi boy dasturdan iborat bo‘ldi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli markaziy mavzulardan biriga aylandi.
Toshkentdagi III Xalqaro investitsiya forumi yakunlandi, biroq rejalashtirilgan tashabbuslar va imzolangan kelishuvlar barqaror rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish yo‘lida faol ish olib borishni va’da qilmoqda. O‘zbekiston xalqaro maydondagi strategik hamkor sifatidagi rolini yana bir bor tasdiqlab, jahon sarmoyadorlari e’tiborini o‘ziga qaratib, mintaqa iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shmoqda.