September 10, 2019

Zamon shumaxerlari

Soat 18:20

Namangan shahrining Boburshoh ko'chasida Namangan xaqqulobod yo'nalishi bo'ylab damas qatnovi mavjud shundoq borsangiz haydovchilar ko'tarib mashinasiga olib chiqib qo'yadi chunki navbat ko'p damas haydovchilarining raqobati kuchli, negadir bu raqobat narhlarga ta'sir ko'rsatmaydi.

Men ham bir damas avtomashinasining orqa o'rindig'iga o'tib o'tirdim.

Mashinada 4ta yo'lovchi bor men beshinchi bo'lib chiqibman. Yana ikkita odam olamiz dedi haydovchi.

Naqd yarim soat odam to'lishini kutdik.

Ohiri bir qiz yuklari bilan kelib men ikki kishiga to'layman yuklarimni joylab bering dedi

Haydovchiga ham hush yoqdi shekilli darrov yuklarni ortdi.

Mashina yo'lga chiqdi.

Yo'lda:

Orqa o'rindiqdaligim uchun ozgina chuqurga tushish ham menga ikki barobar ta'sir qiladi.

Lekin damas tushayotgan chuqur ham ozgina emasdi.

Sekin tezlik o'lchagich ya'ni spidometrga qaradim tezlik sakson, bechora haydovchi buzni tezroq eltib qo'yay deb tez yurayapti

shunday deb o'ylagingiz keladi.

Lekin unday o'ylamaysiz. To'g'rida ahir u keyingi daromadga shoshilayapti ahir kech tushib qoldi.

To'g'ri bu uning tirikchiligi. Ammo fuqarolar hayotidan bu afzal bo'lishga sabab bo'la olmaydiku.

Ko'p pul topaman deb biron bir falokatga uchramasdan ozgina kamroq pul topib sog'salomat oilasi bag'riga kirib borishga nima teng kela olardi.

Yo'lovchilarga ham menimcha shu ma'qul tushsa kerak.Ular ham ertalab ishga o'qishga otlanib kechga qaytishda avtohalokatga uchrayman deb chiqmaydi uyidan. Mashinada shu hayol bilan bo'lib Norin tumanining cho'ja posti (YPX maskani) oldiga kelib qolganimni sezmay qolibman mana uzun yo'lga burildik endi tezlikni ko'ring (YPX hodimi nazorat qilayotgan bo'lsa hop hop , agar yo'q bo'lsa) 100-110 atrofida mening ko'cha xon tantanalar majmuasining oldida emas undan uch ko'cha narida lekin meni ko'chamni oldida to'htashi uchun xon tantanalar majmuasining oldida to'xtab yuboring deb aytaman tormoz bosilib mashina to'xtaguncha ko'chhamni oldida bo'laman.

Tushib telimni soatiga qarayman

Soat 18:40 yigirma daqiqada men

salomat kelganimga shukr qilib uyimga kirib ketaman.

Sog' salomat kelganimga shukr qilib uyimga kirib ketaman.

Kimdir ishonar kimdur ishonmas lekin bizning yo'nalish shunday qatnovdan iborat.