Chalkashlik
Jungkook bilan Soojin parkda bir soat mazza qilib aylanishdi. Bugun Jungkook Soojin nima desa aytganini qildi. Soojin bugun o‘zidan yo‘q xursand. Bir tomondan esa xafa. Ertaga ketishidan. Bugun sevgilisi uni butun aytganini qilyapti. Jungkook Soojinni qo‘lini ushladi. Hayotida birinchi marta Jungkook Soojinni qo‘lini ushladi. Soojinni yuragi boshqacha bo‘lib ketdi. Ikki yil sevishgan bo‘lsada Jungkook bugun Soojinni qo‘lidan tutdi. Soojin uchun qanday baxt.
Jungkook-Soojin yur tungi klubga boramiz.
Soojin o‘ylanib qoldi. Aksini olganda Soojin unday joylarga borishni xohlamas edi. U yerni atmosferasi unga yoqmasdi. Lekin Jungkook uchun bugun o‘zgacha bo‘lishni oxirgi uchrashuvi unutilmas bo‘lishini o‘yladi.
Soojin- Mayli. Siz nima desangiz shu.
Jungkook bilan Soojin tungi klubga kelishdi. Tashqarida ichib olganlar juda ko‘p edi. Ba‘zi birovlari o'lguncha ichib olib o‘zini bilmay tashqarida yotardi. Yoshlar bo‘lsa para bo‘lib quchoqlashib klub ichiga kirishardi. Klub ichiga kirishganida, alkogol va tamaki hididan Soojin yuzini burishtirdi. Kalta ko‘ylak Kiyib olgan qizlar o‘zidan katta chollarga, erkaklarga yopishardi. Hatto ba‘zilari og‘iz burun o‘pishardi. Kimlardir rashq tushish bilan
Soojin-Aa men ichmayman. Men ichib ko'rmaganman.
Jungkook- Qanday qizsan. Bir marta men uchun ich.
Soojin- Mayli. Yoqmasa ichmayman.
Jungkook-Ho‘p sevgilim.
Lekin ichsang xuddi jannatda yurganday bo‘lasan.
Soojinni Jungkook majburlab alkogol ichishga ko‘ndirdi. Soojinga boshida alkogol yoqmadi. Keyinchalik bu unga yoqa boshladi. 6 qadah ichdiyu, zumda barini unutdi.
Soojin- Jungkook yur raqsga tushamiz.
Soojin bilan Jungkook raqsga tushishdi. Davra bugun yondi. Soojin bu kunni tugashini hech xohlamas edi. Jungkook birdan Soojinni belidan ushlab o‘ziga tortdi. Soojin darrov ko‘zini Jungkookga qaratdi. Jungkookni ko‘zi Soojinni labida edi. Jungkook labini Soojinni ingichka labiga bosdi. Jungkook biroz muddat labini qimirlatmay turdi. Keyinchalik Soojinning labida harakatlantira boshladi. Soojinni labidan shunday ehtiros bilan o‘pardiki. Jungkookni kuchli qo‘llari Soojinni belida edi. Soojinni mitti qo‘llari Jungkookni bo‘ynida edi. Bugun ikki yoshga hech kim halaqit bermasdi. Bugun ikkisi boshqa dunyoda edi.
Soojin- Bugungi kun uchun rahmat Jungkook.
Jungkook- Bugungi kun juda ajoyib bo‘ldi.
Soojin- Ha. Bilasanmi Jungkook
Soojin- Men senga telbalarcha oshiqman. Sen sevaman Jeon Jungkook.
Jungkook - Men ham seni sevaman. Kel bag‘rimga.
Jungkook Soojinni bag‘riga bosdi. Jungkookni bag‘ri shunchalik iliq ediki, Soojinni bu quchoqdan hech chiqib ketishni xohlamas edi.
Jungkook bilan Soojin qanchadir vaqtgacha shunday qilib turishdi.
Jungkook-Bo‘ldi Soojin. Uyingga kir. Kech bo‘ldi.
Soojin-Mayli Xayrli tun. Yaxshi dam oling.
Soojin ertalab juda kech uyg‘ondi. Yotgan joyida o‘tirib kechagi voqealarni bir-bir analiz qila boshladi. Va birdan o‘rnidan sapchib turdi.
Soojin- Axir bugun Jungkook uchib ketadiku. Men nima qilib o‘tiribman. Telefonim qani. Soat nichchi bo‘ldi. 09:12 bo‘ldi. Axir Jungkook 9 yarimda uchadi. Voy menga Jungkookdan xabar kelibdi.
Xayrli tong Soojin. Ketmasimdan oldin seni bir bor ko‘rishni xohlardim.
Soojin tezroq tayyorlanib aeroport tomon shoshdi. Va nihoyat yetib keldi. Lekin afsuski kech keldi. Jungkook allaqachon uchib ketgandi. Uning smsidan uchib ketganini bilsa bo‘lardi.
Seni oxirgi bor ko‘ra olmadim. Eh attang, seni ketmasimdan oldin ko‘rishni xohlagan edim. Men yo‘q paytimda o‘zingni ehtiyot qil. Seni sevib qoluvchi Jungkook.