October 29, 2020

EyeEm.com — smartfon kamerasi orqali biznes manbayi.

eyeem.com sayti

Anchadan beri oddiy smartfon orqali pul ishlash haqida yaxshiroq narsa topishga harakat qilardim. Ammo hammasi kompyuterga borib taqalardi, chunki kompyuter IT biznes uchun eng yaxshi qurilma.

Lekin smartfonning kamerasi orqali yaxshigina daromad qilish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Batafsil pastroqda 👇

Avval saytga kirdim. Sayt ingliz tilida, barchasi tushunarli, menimcha oddiy odam ham saytdan qiynalmay foydalana oladi (unikal UX)

Qidiruv bo'limining pastki qismidagi biror bo'limni tanladim. Bu siz va biz sevgan Business bo'limi :)

Bu rasmning nomi «Man sitting on white phone while looking» (To'g'risi, bu kishini men erkakka o'xshatmadim :) )

Hayron qolgan tomonim, shu rasm 200$ turar ekan.

Va bu naqd 2.061.441 so'm degani. Qarang-a, shu rasmni ham olganlar bordir?

Maqsadga o'tamiz

Sizda ham shunday smartfon bormi? Agar bo'lsa, o'zgacha rasmlaringizni sotishingiz mumkin. Pullar menimcha elektron-hamyonlarga tashlab beriladi.

https://www.eyeem.com/sell-your-photos bu yerda esa batafsil tushuntirilgan. Siz ham bu orqali pul ishlashingiz mumkin, sizdan 2 ta narsa talab qilinadi

• Kreativlik

• Sifatli smartfon

Sizlar bilan IT Business School edi, keyingi maqolalarda ko'rishkuncha!

👉 @ITBusiness_School