Frilans haqidagi miflar | IT Business School
• Men hech narsani bilmayman, mening xizmatlarim hech kimga kerakmas...
Agar siz ham shunday hisoblasangiz, o'zingizga ishonmaysiz va haqiqatdan ham, hech narsani bilmaysiz. Lekin atrofga qarang — aqli zaiflar, chala ekspertlar va "qo'li qiyshiq" dasturchilar ko'p. Siz bir narsani chindan xohladingizmi, uni qila olasiz. Qisqa vaqt ichida yuqori darajaga chiqish mif emas.
• Men xizmatlarim qancha turishini bilmayman...
Eng yaxshi yo'l — bepuldan boshlash. Shundagina siz o'zingizning 1-mijozingizni topasiz, u bilan gaplashishni o'rganasiz, real proyektlar qanday bo'lishini bilib olasiz. Aslida frilans "bajar, mana pul" degan narsa emas. Shunaqa vaziyatlar ham bo'ladi-ki, mijoz iloji yo'q yoki byudjetga to'g'ri kelmaydigan narsani so'raydi, ammo buni unga tushuntirishni iloji bo'lmay qoladi. Frilanserlar shiori — Клиент всегда прав!
• Xizmatlarim uchun qancha so'rashni bilmayman...
Kichik summadan boshlang. Vaqti-vaqti bilan narxlarni oshiring. Ko'p so'rashdan qo'rqmang. Mijoz bilan savdolashishdan qo'rqmang.
• Ko'p so'rashga uyalaman...
Uyalmaslik kerak. Agar sizning xizmatingiz rostdan ham shuncha tursa, siz haqsiz. Va yana, siz ko'chadagi gadoy emassiz-ki, "so'raydigan". Sizga pulni hadya emas, qilgan ishingizga to'lashadi. Va bunda ko'p pul talab qilishga haqqingiz bor.
Asosiy miflar tugadi, maslahatlarga o'tamiz.
Maslahatlar
• TZsiz ishlamang!
Agar byudjet oshib-toshib ketsa ham, TZsiz ishlamang. O'zingizga yomon bo'ladi. TZ olganingizda uni ogohlantiring, "Faqat shuni qilaman, ortiqcha narsa qo'shish yo'q" deb.
Chunki TZsiz ishlasangiz, u xohlagan payt xohlagan fichani qo'shishni so'raydi. Hatto, "mana shu saytga o'xshagan" degani ham yaramaydi, chunki saytning server tomoni dasturchiga ayon.
• Ism — brend
Artemiy Lebedev, mashxur grafik dizayner, artlebedev studiyasi asoschisi. Shaxsan men uni ismini eshitsam, dizayn hayolimga keladi. Chunki u bu mashxurlikka blogi orqali erishdi. To'g'ri kelgan narsaga burnini suqdi, odamlarni troll qildi, xullas shu orqali o'zini jalb qildi. Men uning portfoliosini ko'rganman, jalb qiluvchi narsa yo'q, ammo uning mijozlari katta odamlar. Men sizga "siz ham shunaqa blog qiling, to'g'ri kelgan narsaga burin suqing" demoqchimasman, shunchaki shaxsiy blogingizni yuriting. Atrof muhit haqida holisona fikr yuriting, shundagina sizni ham odamlar taniy boshlaydi.
• Qayerdan mijoz topsam bo'ladi?
Frilans-birjalar degan javob ham eskirdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkinligi haqida bilasizmi? Bu o'zingiz uchun qilingan SMM. Telegram, Instagram, Youtube'da shaxsiy blogingizni oching, Youtube'ga har xil videodarslar, Telegramga shaxsiy fikrlar, Instagramga portfolioni joylashtirish mumkin. Obunachilaringizni o'ldim deganda 3%i mijoz bo'ladi.