Pomodoro haqida.
Maqolani boshlashdan oldin 1-2 ta savolga javob berishingizga to'g'ri keladi.
- Ish bajarish jarayonida ko'p chalg'iysiz va uni bajarishga ko'p vaqt ketadimi?
- Buyurtmalarni vaqtida bajara olmaysiz va bu uchun ko'p aziyat chekasizmi?
- Chalg'ish sabab ishga bo'lgan e'tibor yo'qolib, juda ko'p vaqt sarflayabsizmi?
Unda Pomodoro aynan siz uchun! > https://pomofocus.io/
Pomodoro'ning asosiy afzalligi shunda-ki, u orqali produktivlikni oshirib, vaqtni tejash mumkin. Saytga kirganingizdan sizga taymer beriladi, standart taymer - 25 daqiqa. Uni sozlamalar bo'limidan o'zgartirish mumkin.
Pomodoro - pomidor so'zidan olingan, vazifalar ham pomidorlarda sanaladi. Masalan, rasmni montaj qilish kerak, bu uchun 2-3 ta pomidor sarflash mumkin. Yoki, kanalga post yozish kerak. Bunga 1 ta pomidor yetadi. Bitta pomidor = 25 daqiqa.
"Add Task" bo'limi orqali biror topshiriq qo'shiladi. Keling, masalan post yozish deylik.
Topshiriq qiyinlik darajasiga qarab, "Est Pomodoros" ga qiymat beramiz. Hozirgi topshiriq oson va bu uchun 1 ta (25 daqiqa) pomidor yetadi.
Barchasi tayyor bo'lgandan so'ng esa, START'ga bosamiz va buyurtmani bajaramiz. Bu orada chalg'imaslikka harakat qilish kerak, chunki pomidorning vaqti tugab qoladi.
Bitta pomidor vaqti tugagandan so'ng, qo'ng'iroq chalinib, saytning rangi o'zgaradi va 5 daqiqa dam olish vaqti beriladi. Bu vaqtda faqat dam olish kerak. Masalan, ko'z mashqlari yaxshi maslahat. STARTga bosib, dam ola boshlaymiz. Tanaffus tugashi bilan, yangi topshiriq qo'yib, yana ishni davom ettiramiz.
Bu orqali nima olish mumkin?
• Vaqtning tejalishi;
• Ishning produktivligini oshirish;
• Boshqa ishlar uchun ko'proq vaqt ajratish (oila, hobbi)
- Agar qiziqqan bo'lsangiz, https://pomofocus.io/ sayti orqali ishni boshlayversangiz bo'ladi. Barchasi o'z qo'lingizda.
👉 @ITBusiness_School / #pomodoro