Fallen angel
Seul — 2-mart — Payshanba soat 9:00
Dafn marosimi davom etar ekan, marhumaning jasadi yoqilish arafasida ekan Kim xonim nuriydiydasining tanasi yoqilishiga chiday olmadi. Kim xonimning ahvoli keskin og'irlashib ko'z oldi qorong'ulashar edi. Carmen buni sezgandek Kim xonimning yoniga yaqinlashdi.
— Buvi ahvolingiz yaxshimi, Buvi nimalar bo'layapti — Carmen Kim xonimning qo'lidan tutti.
— Carmen men chidolmayman, Sonyamni oxirgi kunini ko'rolmayman, ko'tarolmayman — Kim xonim yig'layverganidan ko'zlari shishib ketgandi, zo'rg'a ko'zlarini ochib turardi. Carmen buvisining ahvolini ko'rib ikki barobar ezilar ekan, bir burchakda hissiz turgan singlisining yoniga keldi.
— Ofelia — Carmen Ofelianing yoniga kelib gapirdi. Lekin Ofelia Carmenni rshitmasdi bir nuqtaga termulgancha hissiz o'tirardi.
— Ofelia, hoy senga gapiryapman — Carmen Ofeliani yelkasidan turtdi.
— H..ha nimadir bo'ldimi — Ofelia duduqlanib gapirarkan, Carmen Ofeliaga tikilardi.
— Buvimning ahvoli yomonlashmoqda, marosimni o‘zing davom ettira olasanmi — Carmen bu gaplarni hijolat bilan aytar ekan, Ofelia Carmenning ko‘zlariga bir qarab qo‘ydi, Keyin shunchaki bosh irg‘adi.
— Ofelia o‘zingni qo‘lga ol men buvimni shifoxonaga joylashtirib imkon qadar tez qaytishga harakat qilaman — Carmen shunday deb Ofelianing yelkasini qo‘li bilan sekin silab unga taskin berganday bo‘ldi va ketti.Ofelia yana o'zining ichki og‘riqlari bilan yolg‘iz qoldi.
Sonyaning jasadi yoqilishini bir o‘zi kuzatib turar ekan. Ko‘z oldida o'sgan singlisining yosh ketishi, gulday qizning bu qadar xo‘rlik ichida vafot etishi, bu juda og‘ir edi. Ofelianing ko‘z o'ngida Sonya bilan yoshlikdan boshlab o‘tgan xotiralari jilvalanardi.
Dafn marosimi nihoyasiga yetar ekan. Ofelia qanchalar og‘ir bo'lmasin o‘z qo‘llari bilan Sonyaning kulini urnaga soldi va uni ham joylashtirdi. Ofelia hali ham shok holatidan chiqolmayotgani uchun ishlarini tugatgach o'zini katta xonaning sovuq poliga tashladi.
— Hamdardlik bildiramiz Kim xonim — dedi Sonyaning sinf rahbari.
— Shu maktabingizni boshingizga ag‘darmasam Ismimni boshqa qo‘yaman miss Han, singlimning har bir azobi uchun har biringizgs tovon to‘lataman — Pichirlagan bo‘ldi Ofelia.
— Kim xonim hamdardlik bildiramiz — Har kim shu gapni takrorlar Sonyaning surati yoniga oq gullarning qo‘yib ketar lekin ularning yuzida zarracha achinish yo‘q edi buni juda oson sezsa bo‘lardi. Ofelia ularga hech narsa demas shunchaki bosh irg‘agancha bu dunyodan uzilib hayolan onasi bilan gaplashardi.
Marpsim mihoyasiga yetar ekan ta'ziya bildirish uchun kelayotgan odamlar ham ancha siyraklashib qolgandi. Odamlar katta binodan chiqib ketar ekan bino qarshisiga qora mashina to‘xtadi. Mashinaning haydovchi eshigi ochilar ekan undan Yoongi tushib keldi va qora kiyimli odamlarga qiyo ham boqmay asosiy xonaga o'tti. Yoongining qo‘llari asabiylikdan siqilar, ko‘zlari esa bir insonni uning mitti nilufarimi qidirardi. Yoongi nihoyat yerda o‘tirib qolgan shok holatdagi qizni topdi uning yoniga yugurin kelib sekin Ofelianing qarshisiga cho‘kdi.
— Ofelia — Yoongining yo‘g‘on ovozini eshitgan Ofelia boshini ko‘tardi. Lekin bir og'iz gapirishga kuchi yetmasdi.
— Menga qara ko‘zlaringni mendan uzma, o‘zingni qo‘lga olishing kerak tushunyapsanmi — Yoongi Ofelianing yelkalarini ushlab qizni o'ziga qarashga majbur qilayotgandek bo‘lardi. Ofelia nihoyat ertalabdan beri saqlanib turgan ko‘z yoshlarini qo'yib yubordi. U xo'ngrab yig'lar ekan Yoongi Ofeliani bag'riga bosdi.
Yoongi's mind
Uning bunday yig'lashini ko'rish men uchun og'ir, mening nilufarim avvallari faqat kulardi ku qayerda qoldi mening mittivoyim.
Oradan qancha vaqt o'tgani noma'lum lekin Ofelia kuchli charchoq va stress tufayli Yoongining qaynoq bag'rida uyquga ketgandi. Yoongi buni payqab uni sekin kelinlik uslubida ko'tarib oldi.
— Nima bo'lsa bo'lsin seni tashlab qo'ymayman — Yoongi Ofelianing so'lg'in yuziga qarab qo'yar sekinlik bilan o'z mashinasi tomon ketardi. Yoongi Ofeliani yo'lovchi o'rindig'iga yotqizib, o'zi haydovchi o'rindig'iga o'tirdi, dvigatelni o't oldirib sekinlik bilan mashinani joyidan qo'zg'atdi. Yoongi qizni tinch uyqusidan uyg'otmaslik uchun mashinani juda sekin haydar, har bir chuqurlikka etibor berar, mashinani silkinishiga yo'l qo'ymasdi. Oradan 15daqiqa o'tib mashina besh yulduzli mehmonxona qarshisida to'xtadi. Yoongi mashinadan sekinlik bilan tushib ort o'rindiqda hech narsa sezmay uxlayotgan Ofeliani ko'tarib oldi va mehnonxonaning kirish eshigi tomon yo'naldi. Yoongi qizni ko'tarib lift tomon borar ekan mehmonxona xodimlari biroz hayrat aralashilarga tikilishardi. Lift binoning to'rtinchi qavatiga chiqib to'xtagach Yoongi liftdan chap tomonga qarab yura boshladi. Yoongi 993-xona eshigini ochib xona ichiga kirdi va Ofeliani to'g'ri yotoqqa olib borib yotqizdi va ustjni mayin ko'rpa bilan yolib qo'ydi.