Today

Fallen angel

Ismimni unutsam ham seni unutmayman — Farishtam ✶

Episode 5

—•—•—•—•—•—•☆•—•—•—•—•—•

— Carmen men senga gapirdim — Carmen Seokjinning birinchi marta unga baqirgani va "sen" deb murojaat qilganini eshitib biroz esankiradi qo'lidagi kichik sumkasinining bandini sekin siqimladi. U sumka bandini shunchalar siqimladiki barmoqlari biroz oq tusga kirdi. Bu sukunatdan Seokjinning asab tolalari birma- bir uzilar lekin sevganining bu holatida unga baqirmaslikka harakat qilardi.

— Men.....u — Carmenning ko'zlari yana yoshlana boshlar ekan 2kun avvalgi suhbat qulog'iga chalina boshladi. Carmen ko'zlarida yosh bilan Seokjinga qarab o‘sha kungi narsalarni ayta boshladi.

☆ Flashback 2kun oldin ☆

Carmen yangi kelgan modelning xonasi tomon yo'l olar ekan, uni qalbida biroz iliqlik bor edi. Carmenning ko‘z oldida Namjoonning jigarrang ko‘zlari, keng yelkasi baland bo‘yi biroz kulib turgan yuzi gavdalanar ekan, U Namjoonning shaxsiy xonasining eshigi yonida to'xtadi. Eshik biroz qiya ochilgan bo‘lin ichkaridan elas- elas ovoz kelardi.

— Ha Choi xonim.....Carmen qarmog‘imda — Carmen Namjoonning og'zidan o‘z ismini yaqqol mazax bilan eshitar ekan, eshik tomom ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdi. Namjoon hech narsani sezmay kimgadir fapirishda davom etar edi.

— Bilasizmi aslida Ofeliani ilintirmoqchi edim, lekin undan menga foyda yo‘q edi, Nega deysizmi? Uning o‘z dunyosi bor uni toshbag‘ir deb hisoblayman — Namjoon qizga ko‘r- ko‘rona tarif berar ekan Carmen eshik ortidan o‘zini zo'rg'a tiyib turardi.

— Hah! Carmen... esa...u shunchalar qalbi pok va sodda qizki uni bir qarashim bilan o‘zimga sehrlay oldim — Namjoon ichkarida kular ekan Carmenning ichki dunyosining mustahkam qal'alari allaqachon birin ketin qulardi.

— Choi xonim men bunchalar sodda qizni umrim bino bo‘lin uchratmaganman....o‘sha kungi "uyushtirilgan" mashinalar to‘qnashishidan keyin u menga butkul boshqacha munosabatda, u o‘z hislarini yashira olmaydi, ko‘zlari sotib qo‘yadi. — Carmen uyushtirilgan degan so‘zni eshitishi bilan turgan moyida boshidan muzdek suv quyulgandek bo‘ldi.Carmen ortiq eshitishga chiday olmadi, qiz ko‘zlarida yosh va siniq qalb, toptalgan g‘urur bilan ortiga qaytdi. Carmen xonasiga kirib eshikni qulflar ekan, eshikka suyanib sekin yerga cho'kdi. Uning munchoq ko'zlaridan birin ketin yomg'ir tomchilari kabi yoshlar to'kila boshladi.

☆Comeback☆

Seokjin bo'lib o'tgan narsalarni eshitar ekan uning jahli chiqqani yaqqol sezilar, bo'ynidan tomirlari chiqib ketgandi, baquvvat qo'llari rulni siqimlar ekan, barmoqlar oqish tusga kirib qolardi.

Seokjin mashina bir chekkaga to'xtatdi. Carmen hali ham bu kunlar ichida sodir bo'lgan narsalar uchun yig'lar ekan. Mashina to'xtaganini ham sezmadi. Seokjin mashinadan tushdi va Carmen o'tirgan yo'lovchi o'rindig'iga o'tti. Yigit qizni huddi biroz qattiq teginsa sinib ketadiganday muomala qilib sekinlik bilan quchog'iga oldi. Seokjin qizning orqasini sekinlik bilan silab unga dalda berardi. Carmen boshini Jinning ko'ksiga qo'ydi lekin yig'lashdan to'xtamasdi.

— Shshsh.....yig'lama, sening bu ko'zlaringga faqat kulib turish yarashadi yig'lash emas, menga qara men o‘sha Namjoonni oyoqlaringga tiz cho‘ktiraman uzur so'raydi u.....‘pushaymon boladi, sen esa yig‘lashni bas qil — Jin bir qo'li bilan Carmenning sochlaridan silardi.

— Og'irlik qilyapti..
.bularning bari juda og'ir....hech kim buni tushunmaydi — Carmen ho'ngrab yig'lab yubordi.

— Men seni tushunaman.....mitti moychechak....men seni to'laqonli tushunaman — Jin uning sochlaridan silardi.

— B..bilasizmi.....Sonya oyimga koproq oxshardi.....u har kulganda oyimnjng siymosini unda ko'rardim — Carmen Jinning bag'rida qo'llari harakatsiz qolgandi. Uch kunlik ketma ket stress va uyqusz tunlardan so'ng Carmen Jinning issiq bag'rida uyquga ketti. Mashina ichi sukunat ichida qolar mashina ichida Jinning qattiq yurak urishi va Carmenning bir maromdagi nafasi eshitilardi.

Uxlayapti db tassavur qilila

☆ Seul mehmonxona ☆ erta tong.

Ofelia sekinlik bilan ko'zlarini ochar ekan bo'yniga urilayotgan issiq nafasni his qilib ortiga o‘girildi. Bu Yoongi edi u shunchalar chiroyli uxlar sochlari ko‘zlarini yopib turar qo‘llari esa Ofelianing nozik belidan tutib turardi. Ofelia ham Yoongiga tikilib qoldi behos Ofelianing qalbida qandaydir his uyg'ondi va Yoongining sochlarini ko'zlari qarshisidan sekin surib qo'ydi. Yoongi uyg'onmadi lekin Ofeliani yaxshiroq quchoqladi. Ofelia Yoongining bo'ynidagi taqinchoqqa qarar ekan bir yil avvalgi voqealar ko'z o'ngidan o'ta boshladi.

° Flashback. Uch yil oldin °

— Seni sevaman Yoongi — Ofelia sevgan yigitiga telefon orqali sevgi izhor qilar ekan. Ekran ortidan Yoongining qizargan yuzi ko'rinib turar ekan Ofelia ham uning javobini kutib turardi.

— Men ham seni sevaman....mitti malikam, nilufar gulim — Yoongi ham unga tabassum qilib turar ekan. Ofelia telefonga o‘pich yuborar ekan.

— Awwww.....mening jentelmenim — Ofelia juda hursand bo'lib, yuzlari qizarib ketardi.

— Azizam tezroq seni ko'rishni hohlayapman, — Yoongi Ofelianing qizarib ketishidan kulardi. Va bir ikki uch......mashinaning qattiq tormoz ovozi eshitildi, va telefon yerga tushdi.

— Yoongi....alo alo — Ofelia baqirar ekan telefon o'chdi.

° Comeback °

— Y...yoongi — Ofelia duduqlanar ekan, Yoongi hali ham uyquda ekan Ofelianing miyyasida chiyillash paydo boldi va uch yil avvalgi voqealarni har biri ko'z o'ngidan o'tardi.

Yoongi ko'zini sekin ochib yonida unga kiprik qoqmay tikilib turgan qizga qaradi. Ofelianing belidan qo'llarini tortib oldi.

— Hayrli tong yaxshi dam oldingmi....mitti nilufar — Yoongi Ofeliaga qarab sekin jilmaydi. Ofelia "mitti nilufar" so'zini eshitar ekan uning ko'zlari yoshlandi va o'ylab o'tirmay Yoongini qattiq quchoqlab ho'ngrab yig'lab yubordi. Ofelia uch yillik ayriliq va xotirasining qaytishidan keyin Yoongining yuzini eslaganidan u o'lmaganidan hursand bo'lardi. Chunki u Yoongini yo'qotgan so'ng uch kun reanimatsiyada yotti va kuchli stress sababli miyya bazi xotiralarni unitgandi.
Ofelia Yoongiga qarab turar ekan yuragi ajoyib urar qush kabi tipirchilar, Ofelianing kozlarida sog'inch uchqunlari ko'rinar ekan. Kechagi kuchli stress Sonyaning dafn marosimi hammasi bir lahzada esidan chiqdi.

— Y...yoongi nahotki bu siz....lekin uch yil oldin....mashina ovozi.....va baqiriqlar....siz qanday tirik qoldingiz — Ofelia Yoongining yuzidan ushlab gapirardi.

— Men o'lmadim lekin uch oy komada yottim....uyg'onishim bikan seni qidirishni boshladim lekin topolmadim.....va bu oy seni bu yerda ko'rdim senga yaqinlashmoqchi bo'ldim lekin sen meni tanimading — dedi Yoongi Ofelianing marjon yoshlarini artar ekan. — Bu qanchalar og'irligini bilmaysan — dedi Yoongi qoshimcha qilib.

— Nima bo'lganda ham....endi meni tashlab keta ko'rmang — dedi Ofelia Yoongini yanada qattiq quchoqlab. Yoongi qiz bilan sekin o'rnidan turib o'tirdi. Yoongi sekinlik bilan Ofeliani belini silashni boshladi. Yoongining ko'zlarida ehtiros uchqunlari ko'rina boshladi. Ofelia ham Yoongining har bir teginishidan tok urgandek bo'lardi. Yoongi sekinlik bilan Ofeliani o'ziga qarab o'tirishga undadi.

— Seni sog'indim....nilufarim — dedi Yoongi va Ofelianing lablaridan mayin bo'sa ola boshladi. Ofelia birinchi biroz hayrat va boshqacha his tuyg'u ichida qoldi lekin keyin u ham bo'saga javob qaytardi. Yoongi sekin qizning kiyimlariga qo'l yugurtirar ekan. Eshik shiddat bikan ochildi....