Fallen angel
— Carmen men senga gapirdim — Carmen Seokjinning birinchi marta unga baqirgani va "sen" deb murojaat qilganini eshitib biroz esankiradi qo'lidagi kichik sumkasinining bandini sekin siqimladi. U sumka bandini shunchalar siqimladiki barmoqlari biroz oq tusga kirdi. Bu sukunatdan Seokjinning asab tolalari birma- bir uzilar lekin sevganining bu holatida unga baqirmaslikka harakat qilardi.
— Men.....u — Carmenning ko'zlari yana yoshlana boshlar ekan 2kun avvalgi suhbat qulog'iga chalina boshladi. Carmen ko'zlarida yosh bilan Seokjinga qarab o‘sha kungi narsalarni ayta boshladi.
Carmen yangi kelgan modelning xonasi tomon yo'l olar ekan, uni qalbida biroz iliqlik bor edi. Carmenning ko‘z oldida Namjoonning jigarrang ko‘zlari, keng yelkasi baland bo‘yi biroz kulib turgan yuzi gavdalanar ekan, U Namjoonning shaxsiy xonasining eshigi yonida to'xtadi. Eshik biroz qiya ochilgan bo‘lin ichkaridan elas- elas ovoz kelardi.
— Ha Choi xonim.....Carmen qarmog‘imda — Carmen Namjoonning og'zidan o‘z ismini yaqqol mazax bilan eshitar ekan, eshik tomom ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdi. Namjoon hech narsani sezmay kimgadir fapirishda davom etar edi.
— Bilasizmi aslida Ofeliani ilintirmoqchi edim, lekin undan menga foyda yo‘q edi, Nega deysizmi? Uning o‘z dunyosi bor uni toshbag‘ir deb hisoblayman — Namjoon qizga ko‘r- ko‘rona tarif berar ekan Carmen eshik ortidan o‘zini zo'rg'a tiyib turardi.
— Hah! Carmen... esa...u shunchalar qalbi pok va sodda qizki uni bir qarashim bilan o‘zimga sehrlay oldim — Namjoon ichkarida kular ekan Carmenning ichki dunyosining mustahkam qal'alari allaqachon birin ketin qulardi.
— Choi xonim men bunchalar sodda qizni umrim bino bo‘lin uchratmaganman....o‘sha kungi "uyushtirilgan" mashinalar to‘qnashishidan keyin u menga butkul boshqacha munosabatda, u o‘z hislarini yashira olmaydi, ko‘zlari sotib qo‘yadi. — Carmen uyushtirilgan degan so‘zni eshitishi bilan turgan moyida boshidan muzdek suv quyulgandek bo‘ldi.Carmen ortiq eshitishga chiday olmadi, qiz ko‘zlarida yosh va siniq qalb, toptalgan g‘urur bilan ortiga qaytdi. Carmen xonasiga kirib eshikni qulflar ekan, eshikka suyanib sekin yerga cho'kdi. Uning munchoq ko'zlaridan birin ketin yomg'ir tomchilari kabi yoshlar to'kila boshladi.
Seokjin bo'lib o'tgan narsalarni eshitar ekan uning jahli chiqqani yaqqol sezilar, bo'ynidan tomirlari chiqib ketgandi, baquvvat qo'llari rulni siqimlar ekan, barmoqlar oqish tusga kirib qolardi.
Seokjin mashina bir chekkaga to'xtatdi. Carmen hali ham bu kunlar ichida sodir bo'lgan narsalar uchun yig'lar ekan. Mashina to'xtaganini ham sezmadi. Seokjin mashinadan tushdi va Carmen o'tirgan yo'lovchi o'rindig'iga o'tti. Yigit qizni huddi biroz qattiq teginsa sinib ketadiganday muomala qilib sekinlik bilan quchog'iga oldi. Seokjin qizning orqasini sekinlik bilan silab unga dalda berardi. Carmen boshini Jinning ko'ksiga qo'ydi lekin yig'lashdan to'xtamasdi.
— Shshsh.....yig'lama, sening bu ko'zlaringga faqat kulib turish yarashadi yig'lash emas, menga qara men o‘sha Namjoonni oyoqlaringga tiz cho‘ktiraman uzur so'raydi u.....‘pushaymon boladi, sen esa yig‘lashni bas qil — Jin bir qo'li bilan Carmenning sochlaridan silardi. Uch kunlik ketma ket stress va uyqusz tunlardan so'ng Carmen
☆ Seul mehmonxona ☆ erta tong.
Ofelia sekinlik bilan ko'zlarini ochar ekan