Samolardan balandda
" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare
Raniya yana o'sha necha kunlardan buyon chiqolmayotgan xonasiga qaytib kirdi. Ko'zlaridan shash-qator yoshlar oqardi. Endi u xuddi aslida o'lgan, ammo tanasi tirik odamga o'xshardi. Qadamlari sekin, og'ir va shu bilan birgalikda madori yo'q. Raniya xonaga kirganidan so'ng eshikni yopdi-da, xona ichkarisidagi tosh oyna qarshisiga kelib turdi. Hayolidan bir so'z davomiy o'tib tinchlik bermasdi.
" Men sizga undan ko'prog'ini bera olaman. "
Bu so’zlar qizning jaroxatlangan yuragiga qayta zarba bergandek edi. Uning lablari titradi, qo'llari bo'shashgandek his etdi o'zini. Shunda nigohi qarshisidagi oynaga tushdi. O'z aksini ko'rdi va bir zum qotib qoldi.
Tartibsiz ust-bosh, hech qanday turmagi bo'lmagan yoyiq sochlar, yuzida pardoz ham bo'lmagan Raniyaning ko'zlarining tagi balki charchoqdan balki boshqa narsadan ammo qorayib ketgandi. Yig'idan qizarib turadigan ko’zlaridan yosh chiqti. Qo'llari qattiq musht bo'lib tugildi. Raniya o'zini aksiga qarashni istamadi. Bardoshi yetmay chekkada turgan moychechak solingan guldonni oldi-da tosh oynaga qarab uloqtirdi. Moychechak gullari payhon bo'ldi, yerga quladi. Oyna esa chilparchin holatda yerga birin-ketin sochildi. Shovqin butun uyni tutdi.
Qiz avval bolalikdagi qiyin kechgan kunlarini yodga oldi. Hammasi bir soniyada ko'z oldidan film tasmasidek o'tib ketdi. Onasidan ko'rolmagan mehr, otasiz o'tkazgan kunlari, yo'qchilikdan ba'zida och qolgani, onasi turmushga chiqib ketgan vaqtda uyda kichik qizaloq kun ko'rgani, o'z onasi tomonidan boshqa erkakka tortiq qilingani, tajovuzga uchragan kuni, sevgan insonisiz azobda o'tkazgan uch oyi, zolimlar qo'lida yegan kaltaklari, bir insonni o'ldirgan sahnasi va eng jonidan o'tkazib yuborgani esa Damryeongni qiynab yuborganida u mehrni endi boshqa qizdan olishga urinayotgandek ko'ringan biroz avvalgi hodisa. Raniya uni yo'qotishga hech qachon bardosh berolmaydi.
Endi uning miyasiga har xil narsalar kela boshladi. Go'yoki uning aqli o'chib qolgudek bo'ldi. Va shu on nigohi pastga, singan bir bo'lak oyna shishasiga tushdi. Raniya bir zum ham o'ylab o'tirmadi. Shishani qo'llariga olib, mahkam ushladi. Keyingi navbatda ko'zlari asta yumildi, u shishani tomog’ining bir chetiga qarab yurgizdi.
Ammo o'sha soniyada xona eshigi bosim bilan ochildi. Shovqin sabab nima bo'layotganini bilish uchun yuqoriga chiqqan Damryeong, Raniyaning xonasiga kirdi-yu ko'rgan manzarasi sabab joyida qotib qoldi. Raniyaning oyoqlari ostida shisha siniqlari sochilib yotardi, qizning qo'lidan sizilib qon tirsagiga oqib tushar, barmoqlari orasidagi o'tkir siniq shisha tomog'iga sanchilishga shay edi. Damryeong aqldan ozay dedi, uni bunday holatda ko'rib nafas olishni ham unutdi. Yuragi qo'rquvdan gupirlab urib ketdi. Agar hozir bir soniya kechikkanida qiz ko'z o'ngida allaqachon qonga belanib yotgan bo'lardi. Ammo baribir xavf hali ortda qolgan emas, manzara ayanchli ahvolda. Damryeong o'zini bosishga urindi. Lablari orasidan pichirlab, hammasi tinch ekaniga ishontirish uchun majburan tabassum qildi.
- Moychechagim..
- YAQINLASHMANG! - Raniya baqirib, bir qadam ortga yurdi.
Damryeong bir qo'lini havoda muallaq u tomon cho'zdi. Vujudi unga biror korhol bo'lishidan qo'rquvga tushayotgan bo'lsa ham, o'zini tinch tutdi.
- M.. menga qara, uni menga ber. Hammasi yaxshi qara… men shu yerdaman. Qo'lingdagini ber.. iltimos.
Damryeongning qo'llari qaltiradi, lablari esa titrardi. U sekin qadam tashlab yaqinlashishga urindi. Ammo Raniyaning keskin harakatlari uni to'xtatib qo'yayotgandi.
- Gulim iltimos… bunday qilma, menga bu azobni ravo ko'rma.
- Men bunday yasholmayman… hammani azobga qo'yaverishdan charchadim. - Raniya yana ortga yurdi.
Damryeongning ko'zlari faqat uning qo'lidagi o'tkir shishaga qadalgandi. Ba'zan uni oshiqqa aylantirgan ko'zlarga, va yana uni mahrum qilishga chog'lanayotgan oyna bo'lagiga.
- MEN KETMOQCHIMAN… HAMMASIDAN QUTILISHNI ISTAYMAN! SIZNI O'ZIM BILAN AZOBGA TORTAVERISHDAN CHARCHADIM… - bu dardli ammo shu bilan birgalikda baland aytilgan gaplar xonani to'ldirdi. Raniyaning kuchli yig'idan ovozi bo'g'ilib qoldi. Ammo baribir ich-etini kemirayotgan bu so'zlarni tashqariga chiqarib, so'zlashda davom etdi. U boshini ko'tardi. Qarash qiyin bo'lgan manzaraga, Damryeongning charchoqdan, qo'rquvdan qizarib turgan havotirli ko'zlariga tikilib qaradi. Eng qiyini esa u ko'zlarni so'litib qo'ygan sabab o'zi ekanini tan olish hissi. Raniya ko'zlarini yumdi, qaray olmadi.
- Siz loyiq emassiz! Har kuningizni meni asrash bilan o'tkazolmaysiz! Men esa bular bilan hech qachon kuchli tura olmayman. CHARCHADIM! Har kuni o'zimni qo'lga olishdan, hech narsa bo'lmagandek yashashdan, o'tmishimni unutishga urinishdan charchadim! Men ko'zlarimni yumganimda ham tinchlik topolmayman! LEKIN QO'LIMDAN KELMAYAPTI! TUSHUNYAPSIZMI?! QO'LIMDAN KELMAYAPTI! - Raniya boshini changallab, ko'zlarini mahkam yumdi. Ichidagi og'riq shu qadar kuchli ediki, uni so'zlar bilan ifodalashga uringan sari o'zini battar yo'qotayotgandek edi. U shishani qattiqroq siqti, o'ziga yaqinroq botirdi.
- Gulim, bo'ldi…
- BO'LMADI! MENI TINCH QO'YMAS EKANSIZ BO'LMAYDI HECH QACHON TUGAMAYDI! MEN O’ZIMNI-O'ZIM YO'Q QILMAGUNIMCHA BO'LMAYDI! SIZNI HAYOTINGIZDAN KETMAGUNIMCHA…
- YETAR!!! - Damryeong shunchalik qattiq baqirdiki, Raniya titrab ketdi.
Qiz bir zumda jimib qoldi. Raniya qimirlamasdi. Uning ko'zlari Damryeongning yuzidan uzilmasdi. Ilgari uni har qanday vaziyatda o'zini boshqara oladigan, hech kimga zaifligini ko'rsatmaydigan inson deb bilardi. Ammo hozir uning qarshisida o'sha kuchli Damryeong emas, sevgan ayolini yo'qotishdan qo'rqib, ko'z yoshlarini yashirishga ham kuchi qolmagan bir inson turardi. Damryeong yig'ladi. Juda qattiq yig'lab yubordi. Raniya uni yig'laganini balki hech qachon ko'rmagani uchun ham qotib qolgandi.
Damryeong ko'p bora o'zini tutdi. Yig'lamadi. U ojiz emasdi. U yig'lamasdi. U erkak edi. Erkaklar esa yig'lamaydi. Damryeong buni unutdi, u ovoz chiqarib, yig'ladi. Balki qattiq qo’rqib ketganidan, balki ancha vaqtdan beri ichida yig'ilib kelgan alamdan.
- YETAR DEDIM, YETAR! - deya u yana baqirdi. - O'LMOQCHIMISAN? YAXSHI TO'SQINLIK QILMAYMAN MARHAMAT O'LDIR!
Qizning barmoqlari bo'shashdi. Ko'zlari katta ochilgancha uning yuziga tikilib qoldi. Lablaridan biror so'z chiqmay, faqat titrab turardi.
- LEKIN… LEKIN AVVAL MENI O'LDIR! SEN NIMA DEB O'YLAYSAN? SEN O'ZINGNI YO'Q QILGANINGDAN KEYIN MEN ERTAGA NAFAS OLAYOTGAN BO'LAMANMI? YO’Q! BUNCHALIK XUDBIN BO'LMA ILTIMOS MEN HAM INSONMAN MEN HAM QIYNALYAPMAN AXIR… Mana bu yerim… har seni ahvolingni ko'rganda siqib og'riydi. Nima qilsam ham o'tib ketmayapti. - Damryeong yig'idan xiralashib qolgan ko'zlarini kostyumining bir chekkasiga ishqalab qayta-qayta artdi. Uning ko'zlari kuchli yig'idan qizarib ketgandi. U bir qo'lini ko'ksiga olib bordi va yuragini ishora qildi.
- BILAMAN! MEN QOTILMAN, BILAMAN INSONLARNI KIPRIK QOQMAY O'LDIRGANMAN XUDDI AYTGANINGDEK.. Ammo bilasanmi men bu yo'lni o'z xohishimga ko'ra tanlamadim… tanlov menda bo'lsa edi chekka qishloqda och-nahor kun ko'rishni tanlamasmidim? Bir chaqalik maosh uchun peshona terimga botib mehnat qilmasmidim? Taqdir menga tanlagani shu bo'ldi! MENI BOLALIGIM QANI? NEGA MENI BIR BUYUMDEK SOTISHDI? NEGA JONIM OG'RISA HAM HECH KIM KELIB BOSHIMNI SILAMADI? NEGA YASHAB QOLISH UCHUN AXLAT QUTILARDAN BIR BO'LAK NON QIDIRDIM? YARATGANGA TUNLARI YOLVORIB YIG'LAGAN VAQTLARIM YONIMDA KIM BOR EDI? NEGA MENDAN HECH KIM " SEN YAXSHIMISAN? " DEB SO'RAMADI? NEGA?! SENINGCHA MENGA BARIBIRMI? - Damryeong hansirar, ko'z yoshlari daryodek oqib yuzini yuvishdan to'xtamasdi. U yana shoshqaloqlik bilan ko'zlarini artdi.
Raniya esa uni sukut ichida faqat tinglardi. Sevgilisining ichida yig’ilib qolgan gaplarini u shuncha vaqtdan beri eshitmagani uchun o'zini-o'zi lan'atlardi. Ko'zlarini Damryeongning yig'idan qizargan ko'zlaridan sira uzolmadi. Yuragi ming bo'lakka bo'lindi. Ammo baribir jim edi.
- Men har kuni qabristonga borardim… kimni jonini olgan bo'lsam o'shani tuproqqa o'zim qo'yardim. Men ilk marta " Qotil " degan tamg'ani olganimda qanday ahvolga tushganimni xotiramdan o'chirdim. Nega bilasanmi..? - u bir muddat gapirolmadi. Nafasini og'ir ichiga yutdi, lablarini tishladi. Go'yo og'ir bir yukni yelkasiga qayta ortishni istamagandek.
- Bu shunchalik og'ir kechgan ediki… - Damryeong, boshini yonga burib nigohini olib qochdi.
Raniya alamli jilmaydi, ammo keyin boshini pastga egdi. Yelkalarining harakatidan yig'layotgani aniq bilinib turardi. Xonada og'ir sukunat jo'sh urdi. Ikkisi ham bir-biriga biror narsa demay boshqa tarafga qarab jim turishdi. Balki har kim o'z hislarini to'kib olishi uchundir? Ammo keyin Damryeong nafasini ichiga yutdi-da Raniyaga qaradi. Qizning qo’llarida hali ham o'sha lan'ati shisha bo'lagi joniga azob berib turipti. Damryeong " Biroz chida " deb o'ziga eshitiladigan ohangda pichirladi. Keyingi navbatda esa pastga egilib, yerga sochilgan shisha bo'laklaridan birini u ham qo'liga oldi.
- Joningga azob ber.. lekin meni ham o'zingdek ahvolda topasan. Agar joningga qasd qilmoqchi bo'lsang.. yaxshi istaganingni qil. Ammo bilib qo'y xatto bir soniya kutmay ortingdan ketaman! - Damryeong qo'lidagi shisha bo'lagini yuqoriroq ko'tarib, Raniyaga ko'rsatdi. Raniya boshini " Yo'q " degandek chayqab yigitga havotirli boqdi.
- Sen o'lsang, men yashamayman. O'zingni azoblashdan avval men haqimda ozgina o'yla.
Damryeong uning ko‘zlariga tikilib turardi. Raniya esa boshini tinmay chayqardi. Ko‘zlarida qo‘rquv, yuzida esa endigina anglab yetgan dahshatli haqiqatning izlari bor edi. U Damryeongning qo‘lidagi shisha bo‘lagiga emas, uning ko‘zlariga qarardi. Chunki ilk bor sevgan insonining nigohida o‘ziga nisbatan bunday og‘riqni ko‘rayotgandi. Damryeong uning qo‘rquvga to‘la nigohini ko‘rib, achchiq kulib qo‘ydi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshni artishga ham urinmadi.
- Qo‘rqdingmi? - dedi u ovozi titrab. - Menga biror narsa bo‘lishidan qo‘rqdingmi?
Raniya lablarini qattiq qisdi. Yana boshini chayqadi. Damryeong unga qarab turar ekan, ichidagi g'azabni boshqarolmay qattiq baqirib yubordi.
- MEN HAM QO'RQDIM!
Raniya cho'chib ketdi, lekin boshini egib jim turaverdi. Qo'llaridagi shisha sekin sirg'alib yerga tushdi.
- MEN HAM QO'RQDIM.. XATTO SHUNCHALIK QO'RQDIMKI HAR SONIYADA YIG'LASHGA TAYYOR EDIM! SHUNDAY EKAN BUNI QULOG'INGGA QUYIB OL, O'LSANG MENI HAM O'LDIRASAN!.. TUSHUNDINGMI MENI?
Raniya yig'i aralash bazo'r bosh irg'adi.
- Meni o'zing bilan jarohatlayverma… ketsang ortingdan ketar darajada sevaman seni..
Damryeong oxirgi so'zlarini aytdi-yu so'ng, ortiga qaradi. Qo'lida siqib ushlab turgan shishasini tashlamagan ko'yi eshik tomon yurdi. Keyin esa ortiga bir bora qaramay eshikdan otilib chiqib ketdi.
Eshik qarsillab yopilganidan so'ng Raniya yerga o'tirib qoldi. Go'yo endi ichi bo'shab qolgandek, qilgan ishi qanchalik noto'g'ri bo'lganini anglagandek. Raniyaning yig'isi kuchayib ketdi, u ikki qo'llarini lablariga bosib ovoz chiqarmaslikka urindi. Yerda o'tirgan holatda uyoqdan-buyoqqa tebranib Damryeong aytgan hamma gaplarni o'ziga yana va yana qayta-qayta takrorlab aytdi. Qo'llaridagi qizil qon endi uning yuziga tekkan, ko'ylagining qanchadir qismini ham bulg'ab bo'lgan. Raniya og'riqqa e'tibor bermas, faqat yigitning birinchi marta yig'lagan holatda ko'rganini eslagan onida qo'llarini musht qilib, sochlarini changallab battar yig'lardi. Damryeong kuchli edi, hech qachon yig'lamasdi, qaddini tik tutardi, viqori o'tga moy sepguvchi edi. Raniya uning hozirgi singan, ko'zlari qizargan, yig'idan shishgan, qaddi bukilgan va ojiz ahvoliga aybdor deb o'zini topdi. Raniya ikki qo‘li bilan boshini changalladi. U o‘zini oqlashni istamasdi. O‘tmishi, boshidan kechirgan azoblari, qalbidagi bitmas yaralar bularning hech biri Damryeongning ko‘z yoshlarini ko‘rganidan keyingi aybdorlik hissini yo‘qota olmasdi.
U yigitni sevardi.
Shunchalik qattiq sevardi-ki, uning ko‘z yoshlarini o‘zining eng katta og'rig'i deb qabul qilayotgandi. Ammo bu safar yig‘lab, o‘ziga achinish bilan cheklanib qolishni istamadi. Raniya sekin boshini ko‘tardi. Ko‘zlarini artdi, biroq yoshlar yana oqib tushdi. U devorga suyanib, zo‘rg‘a oyoqqa turdi. Bir muddat qimirlamay turdi-da, xona bo‘ylab sochilib yotgan oynalarga qaradi. So‘ng eshik tomon yurdi. Har bir qadami og‘ir edi. Oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmayotgandek, butun vujudi holdan toygan edi. Shunga qaramay, u eshikni ochdi va yo‘lakka chiqdi. Xonalarga birma-bir kirib yigitni izlay boshladi. Yo'lakning oxirgi o'ng tomonidagi xona eshigi qulflangan, va tutqichga biroz qon tekkan edi. Raniya qonni ko'rganidan so'ng, Damryeong shu xonada ekanini fahmladi. Tutqichni ushladi ammo pastga tortmadi. Shu holatda bir necha daqiqa qimirlamay turdi. So'ng lablari bukilib, ko'zlaridan yana yosh chiqib ketdi. Yo'lak uzra sukunat avvaliga o'z hukmini o'rnatdi-yu, keyin Raniyaning jarangli ovozi bunga nuqta qo'ydi.
- Bilaman meni eshityapsiz… - uning ovozi tobora sustlashib, o'rnini yig'i qoplab oldi.
Raniya eshikka suyandi, qo'lini yuqori ko'tarib ikki marta taqirlatdi. Hech qanday javob yo'q.
- Iltimos… asiraga aylantirgan ko'zlaringizni ko'rishdan mahrum qilmang meni.. - Raniya eshikka suyangan holatda pastga sirg'alib o'tirdi. Bir qo'li bilan hali ham eshikni taqirlatardi.
- Balki men sizga yuk bo'lmasam hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylagandim. O'zimdan sizni uzoqlashtirishga urindim-u ammo sizni yo'qotish degan narsani ko'tarolmadim. O'z qonimga o'zim botyapman.. jonimdan o'tib ketdi. Menga keraksiz… siz yonimda bo'lmasangiz nafas ololmayapman… iltimos eshikni oching..
U titrayotgan qonli kaftlarini eshik tutqichiga cho‘zdi. Go‘yo tutqichdagi yigitning qon iziga tegsa, uning og‘rig‘ini o‘ziga tortib oladigandek. Xonadan esa haligacha na bir sado, na bir nafas tovushi eshitilardi. Bu sukunat Raniyaning bo‘g‘ziga xanjardek sanchilar, har bir soniya uni umidsizlik ummonining eng tubiga tortib ketayotgan edi. U eshik tagida bukilgancha, yigitning ismini takrorlab, so‘nggi madori qolguncha iltijo qilishdan to‘xtamadi.
- Iltimos.. uzr so'rayman..
Yana bir necha daqiqa o'tdi. Raniya eshikka suyangan ko'yi tinchib qoldi. Ammo haligacha ko'zlarining bir chetidan yosh tomardi. U yana so'nggi umid bilan eshikni taqirlatdi. Lablari sekin pichirladi.
- Tuk, tuk, tuk..
Shu on to'satdan eshik tutqichining shiqirlagan ovozi eshitildi. Raniya boshini eshikdan uzoqlashtirib tepaga qaradi. Eshik ochildi. Xuddi yillar mobaynida zulmatda qolib endi quyoshni ko'rgandek hisni tuygan qiz Damryeongni qora ko'zlarini ko'rishi bilan yig'isi kuchayib ketdi. Yigit eshik ortida qancha vaqt chidadi bilolmadi, ammo hozir yuragiga quloq tutdi. O'zini uzoq ushlab turolmay xuddi qizning bo'yi qatori pastlab uni shunday kuch bilan bag'riga tortdi-ki, go'yo birlashib ketadigandek. Qo'rqdi, balki yana Raniya o'zini olib qochar, yana o'zidan itarar deb kutdi. Lekin Raniya yigitni baquvvat, keng yelkalari orasiga yuzini ko'mib piqillab yig'lab yubordi, nozik qo'llari kiyimini mahkam siqib ushladi qo'yib yuborishni istamagani uchun. Yigitning ko'ngli chuqur yengillik ortida qayta kuchga kirgandek bo'ldi. U qancha vaqt qizdan uzoq turdi, sochlarini silay olmadi, iforini tuya olmadi, kaftini uniki bilan birlashtirolmadi. Damryeong bunga mukkasidan ketgan edi. U chuqur yengillik bilan nafas oldi-da, yuzini qizning sochlariga ko'mib ustidan o'pdi. Ikkisi ham bir-biridan ajralolmay ancha vaqt qimir etishmadi. Ular sog'inishgandi. Sevgi iforini, moychechak gulini.
Bu quchoq hech qanday so'zsiz davom etdi. Keyin Raniya sekin boshini uning yuzi tomon ko'tardi. Ko'zlar to'qnashib, bir muddat ikkisi ham nafas olishni unutib qo'ydi. Damryeong uning ko'z yoshlarini artdi. Raniya esa unga mahliyo edi.
- Eng qorong'u kuningda ham bir kun tundan tongga aylanadi sevgilim. Sen menga qo'l uzatishni o'rgan… tongni birga kutib olamiz. - dedi Damryeong, ko'zlarini qizdan uzmay.
- Qo'l uzatsam mendagi siniqlar sizga og'riq bersachi?
- Siniqlaring mening kaftimni tilib yuborsa-da, har holda yuragim urib turadi. Menga shuni o'zi kifoya. Sen faqat meniki bo'l, men uchun yasha. - Damryeong gapirishi davomida qizning qonga botgan qo'llarini, o'zining qo'llari bilan birlashtirdi. Modomiki o'zining ham kafti kesilgan va qon oqaverganidan qotib qolgandi.
Raniya bir muddat javob qaytarmadi. So'ng boshini quyi ko'tarib dedi.
- Sizni sevaman.
Damryeong tabassum qildi. Bu tabassum ancha vaqt ichida qilingan soxta kulgular ichra, eng samimiyi bo'ldi. U bu so’zlarni eshitish uchun jonini berishga ham tayyor edi axir. Balki asl baxt va Raniyaning davosi ham aynan shu edi. Kichik sevgi izxor va Damryeongning iliq quchog'i, qora ko'zlari. Raniya yigitning qonga va yoshga belangan yuziga qarab, hayotidagi barcha zulmatlar aynan shu nigohlarda erib bitayotganini his etdi. Uning sevgisi iztirob va fojialar ichida toblangan, o‘lim chegarasidan qaytib kelgan javohirdek porlardi.
- Endi menga so'z ber, seni nima qiynayotgan bo'lsa men bilan bo'lishasan. Yoningda dalda bo'lishimga qarshilik qilmaysan. Mendan uzoqlashmaysan! Senga meni yolg'iz qoldirishga ruxsat bermayman! Men bilan birga nafas olasan, men bilan birga yig'laysan, men bilan kulasan. Sen va men - bizmiz tushunyapsanmi? Ayro emas. - Damryeong ikki kafti bilan uni yuzidan ushlab ko'zlariga tik qaratdi. - So'z ber.
Raniya ko'z yoshlarini ichiga yutgan ko'yi, yengil bosh irg'ab qo'ydi.
- So'z beraman…
Damryeong uni o'z xonasiga olib kirdi, ikkisi ham xonadagi tartibsizlikni birgalikda tozalashdi. Bir-birining qo'liga malham surtishdi. Raniya undan kichik masofaga bo'lsa ham uzoqlasholmay qoldi. Boshini yigitning ko'ksiga qo'yganda, uning yurak urishini har eshitganida go'yoki ahvoli barqarorlashayotgan edi. Raniyaga hech qanday ruhshunos kerak emasdi. Unga Kim Damryeong kerak edi. Endi qiz tushuna boshladi, aslida Damryeongni o'zidan uzoqlashtirib har ikkisini ham azobga qo'yayotganini, o'ziga biroz rahm qilmasa bu Damryeong uchun adolatsizlik edi, qilgan gunohi esa shunchaki tasodif va o’zini himoya qilishga bo'lgan harakat edi. Raniyaga buni qabul qilish oson kechmadi. Lekin endi u Damryeongni qo'llaridan tutishga qarshi emasdi. Ular birgalikda pastgi qavatga, nonushtaga tushishdi. Odatda Raniyaning xonasiga Doonaning o'zi chiqardi, qizning o'zi esa tashqariga sira chiqolmaydigan bo'lib qolgandi. Doona va Jimin stol ustiga birin-ketin qovurilgan tuhum, quymoq va pechenyelarni qo'yishayotgan edi. Ikkisi ham tepadagi shovqinni eshitgan bo'lsa-da, ularni bezovta qilmaslik uchun yoki noqulay ahvolga solmaslik uchun ham chiqishmagandi. Ammo Doona havotir oldi, u har dam zinadan bir qadam yuqoriga chiqdi. Lekin hijolat chekib yana pastga tushdi.
Damryeong xonaga Raniyaning yelkasidan yengil quchib kirib kelar ekan, ularni ko'rgan Doona va Jimin harakatdan to'xtab qolishdi. Raniyaning yuzida tabassum, Damryeongga qarshilik qilmayapti, xonasidan vanihoyat tashqariga chiqti, ahvoli barqaror. Doona uni boshdan oyoq tekshirar ekan, quvonchdan ko'zlari xatto yoshlanib ketdi.
Tepada nima bo’ldiki, hammasi joyiga tushdi? O'yladi u.
- Hayrli tong. - Damryeongning ko’zlari baxtdan porlardi. Lablari tabassum qilishdan hech to'xtamas, qizning yonidan uzoqlasholmasdi.
- Juda hayrliga o'xshaydi. - dedi Jimin, tezda stol atrofiga yana bir stul qo'shib.
- Rahmat, janob Park. - Raniya Jimin qo'ygan stulga ohistalik bilan o'tirdi. Yonidan Damryeong joy oldi.
- Sizda hammasi yaxshimi? Raniya? - hamma joylashib, nonushta boshlaganidan so'ng sekin gap boshladi Doona. Havotiri ohangidan sezilib turgani, Damryeongni biroz tashvishga soldi. Raniya oddiygina jilmayib, bosh irg'ab qo'ydi. Ular qizg'in suhbat qurishmasa ham, orada bir-birlari bilan kulishib qo'yishdi. Raniya ko'p gapirmadi, u faqat Damryeongga termulib o’tirar, u kulsa kular, so'zlarini maroq bilan tinglardi.
U men uni yonida ekanimda, undan uzoqlashishni bas qilib kaftimdan tutishiga qo'yib berganimda jilmayar ekan.
O'yladi Raniya zimdan unga tikilishni to'xtatolmay.
Qancha vaqt bu ahvolda yurganimni bilmayman. Xuddi og'ir kunlarim aslida uhlagan, va endi uyqudan uyg'onganman. Qanchalik gunohkorman, nima qilganman endi bari ahamiyatsiz. Men shunchaki uning tabassumi uchun tuzalishni xohlayman.
Soat kechki beshlar atrofida birga tashqariga chiqdik. Ochiq havo bilan yuzlashmaganimcha negadir xuddi yillar bo'lgandek, yuzimni shamolga tutib berdim. Yengillik… sochlarim shamolda tebranib yoqimli hissiyot bag'ishlardi. Ortimga qaradim, uydan chiqishni xohlamagandek. Lekin nimadir meni ushlab, qolayotgandek ham tuyildi. Ammo teatrga borishni juda istayotgandim. U meni sevimli ish joyimga olib kelganida, ko'zlarimni chiroqlari yonib kichik ko'chada e'tibor tortayotgan katta " Myeongdong teatri " degan yozuvdan uzolmay hayolga botdim. Bu yerga ilk kelgan vaqtimni, ilk marta sahnaga chiqqan kezimni, Narang sohibdan dakki eshitgan kunlarim-u, Kim Damryeongni uchratgan kunimni esladim. Ko'zlarim yoshlandi, ammo qalbimda tabassum. Orzularim ummonida sho'ng'igan yerim shu teatr edi. Ichkariga kirar ekanmiz, u qo’llarini kaftimda qattiq siqib ushladi. Men bir kaftimga, bir yuziga qarab qo'ydim. U esa indamay oldimladi. Qulog'imga chalingan shovqindan diqqatim buzilib, qarshimdagi sahnaga qaradim. Sahna ustida ilk marta men yo'q bo'lgan tayyorgarlik ketayotgandi. Hech kimga halaqit qilmaslik uchun turgan joyimizda qotdik. Men avval doimgidek ishlardan noliyotgan dugonam Soyonni, keyin esa allanimadandir miriqib kulayotgan Teinni ko'rdim. Janob Narang ularga tabiiyki dakki berib qolgan ishchilarga buyruq berib, so'kib turardi. Ularni chetdan kuzatar ekanman, bu damlarni qisqa muddatda ancha sog'inib qolganimni tushundim. Bir vaqt Soyonning nigohi menga tushib, daf'atan turgan joyida sakrab, qichqirib yubordi. Uning baqiruvidan so'ng hamma biz tomon o'girildi-yu, baravariga yugurib kelishdi. Ularni ko'rib ko'zlarim yoshlandi-da, kulgancha birinchi Soyonni bag'rimga bosdim. To'g'ri u bilan yaqinda uyimizda ko'rishgandik, ammo ahvolim havas qilgudek emas vaqtda edi.
- Rani, o'zingmisan? - Soyon ko'zlari chaqnab meni boshdan oyoq ko'zdan kechirdi. - Ko'zlarimga ishonmayman.
- Raniya ahvoling yaxshiga o'xshaydi, ko'rganimdan xursandman. - dedi Tein.
- Men yaxshiman. Sizlarni bu yerda ko'rmaganimga xuddi yuz yil bo'lgandek.
- Ha ancha ishdan qochding. - Narang sohib birinchi marta menga biroz hazilomus ohangda gapirdi. Balki janob Kim shu yerda bo'lgani uchundir.
- Yangi spektaklga tayyorgarlikmi?
- Ha, bu gal " Hamlet " tanlandi. Shakespearening mashxur fojiali dramasi. - ma'lumot berdi qizlardan biri.
- Afsuski bu safar bosh rolda emasman, Hamletni men olishni xohlagandim Jehaga berib yuborishdi. - deb Tein, araz qilgandek Narang sohibga qarab qo’ydi.
- Seni novcha bo'ying bilan oriq tanang unga mos kelmasdi ham. Hamlet kelishgandir. - dedi Soyon.
- Ko'nglimni ko'tarding Soyon.
- Raniya teatrga qaytish haqida o'ylab ko'rdingmi? - mavzuni keskin o'zgartirib, so'radi janob Narang.
Raniya jimib qoldi. Hayolida uni teatrdan qanday o'g'irlashgani, va o'sha mudxish kundagi hamma narsa aylandi. Lablari titradi, kiyimining bir chetini mahkam siqib, javob berishga shoshilmay jim qoldi. Ammo teatr hayotining bir qismi edi. Raniya ketolmasdi, bu yerni sog'inardi.
- Menimcha qaytaman.
- Qayt albatta, hayotdagi Rameoyingni topding-u, ishni unutding qo'yding.
Raniya yoqimli kulib yubordi-da Damryeongga hiyol qarab qo'ydi. Ular shu suhbatni uzoq muhokama qilishdi. Ba'zida Narang dakki berar, ba'zida Tein hazil qilib hammani kuldirardi. Raniya ularning suhbatini chetdan maroqla eshitar ekan, Damryeong uning go'zal chexrasidan ko'zlarini uzmay kuzatdi. Qancha vaqt Raniya tabassum qilmadi, ko'zlarida faqat yosh, lablari qurigan, Damryeongdan faqat uzoqlashgan, qancha vaqt uning kaftidan tutmagandi. Damryeong shu hayollarni o'ylab endi Raniyaning qo'llariga qaradi. Ikkisi qo'l ushlashib turardi. Damryeong mamnun tabassum qildi. So'ng Soyonga imo qilib teatrdan tashqariga chiqishini imladi. Soyon avvaliga hech narsani tushunmagandek ko'rindi, keyin esa do'stlariga nimanidir bahona qilib tashqariga chiqib ketdi. Damryeong esa Raniyaga uni tashqarida kutishini aytib Soyonning ortidan ketdi. Ikkisi ochiq havoga chiqishganida teatrdan eshitilayotgan shovqin biroz tin olib, orada sovuq sukunat paydo bo'ldi. Soyon savol to'la nigohini yigitga qaratib, gapirishini kutdi.
- Meni nega chaqirdingiz?
Damryeong qo'llarini cho'ntagiga tiqdi, va sigaretini chiqarib bittasini lablari orasiga soldi. Soyon undan ko'z uzmay, xatto biroz hayiqib turgandi.
- Sendan bir narsa so'ramoqchi edim.
- So'rang.
- Raniyaning oilasi haqida qanday ma'lumotga egasan? - dedi Damryeong, teatr tomon bir qarab qo'yib.
- Hammasini bilaman, dugonam axir. Onasini o'zingiz yaxshi bilasiz. Otasi adashmayotgan bo'lsam Raniya bolalik vaqtida ularni tashlab ketgan. Bir o'gay singlisi va o'gay ukasi bor. Onasining boshqa turmushidan bo'lgan. Raniya ko'pincha yolg'iz yashagan, mendan ko'proq Jinridan so'rasangiz balki yana biror narsa bordir. Ammo nega bu hozir sizga kerak bo'lib qoldi?
Damryeong avvaliga indamay, sigaret tutunini havoga puflab turdi. So'ng qo'lini cho'ntagiga yana takror soldi-da allaqanday kichik qutichani chiqardi. Soyon bejirim naqshli bo'lgan kichik qutiga hayron qarab turar ekan, Damryeong uni ochgan zahoti qo'llari bilan ochilib qolgan og'zini yopib ovozsiz qichqirib yubordi.
- Bu uzuk!
- Ha, men unga avvalroq bermoqchi edim… Ammo vaziyat o'zing bilganingdek edi. - yigitning ovozi mayuslashdi.
Uzuk shunchalik nafis va chiroyli ediki odamning ko'zi qamashardi. Markazida naqt o'n sakkiz karatli oq va sariq oltindan yasalgan moychechak bor edi. Bir chetiga esa bir ming to'qqiz yuz to'qson sakkizinchi yil o'n birinchi aprel soni yozilgandi. Damryeong buni aynan Raniya uchun yasattirgandi. Barcha mol mulkini topshirib yuborganda unda faqat manashu uzuk qolgandi. U bermoqchi edi. Ammo o'sha mudxish kundan so'ng hammasi tubdan o'zgarib ketdi.
Damryeong lab chetida bilinar-bilinmas jilmaydi.
- Qo'lini so'ramoqchiman.. - deb pichirladi, Soyonga qarab. U qizning oilasi haqidagi ma'lumotni balki qizining to'yiga kelishni istagan biror kim bordir degan maqsadda bilishni xohladi.
Soyon baxtdan yig'lab yuboray dedi. Dugonasining quvonchi u uchun juda muhim edi, shuncha azobdan keyin endi baxtli bo'lishini o'ylasa to'lib toshib ketayotgandi.
- U rozi bo'larmikin?
- Nimalar deyapsiz? Rozi bo'lmas ekanmi? Naqt quchog'ingizga qo'nadi.
Damryeong yengil kulib qo'ydi.
- Bilasizku, sizni jonidan ortiq sevadi.
Yigit ichkariga ko'z tashlab, hamkasblari bilan suhbatlashib turgan sevgilisini zimdan kuzatdi. Raniya ham u tomonga qaradi. Damryeong bilan ikkisi bir-biriga yengil jilmayib qo'yishdi. Xuddi bir-birining tabassumini bir-biriga sovg'a qilgandek.