« 𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬 »
" Dunyodagi eng og'ir narsa - bu sevgining o'zaro emasligini bilgan holda sevishda davom etish "
- Ms.Kang
- U uyimizdan ketganidan so'ng butun hayotim izidan chiqishini bilmagan edim. Taehyung ketdi… ertasi kuni esa biz dafn marosimidamiz… men Raniya, aloqam bo'lmagan ish uchun qurbonlikka tanlangan qizman. Ayni damda bobomning qabriga qarab turibman. Kecha tunda u ishlari yuzasidan uydan chiqib ketdi. Tongda esa bizga o'lgani haqidagi xabar keldi… bu qanday bo'lganini tahmin qilyapman. Bobom menga yurishni o'rgatgan, kuchli bo'lishni o'rgatgan, chin ma'noda meni Raniya qilgan bobom edi. Unga buni qilganlarni sog' qo'yib qo'yolmayman…
Bugungi tong hammasini ketayotgan izdan chiqarib tashlaydi. Kim xonadoni.
Hotirjam o'rindig'ida tamakisini tutatayotgan Kim Junho shuncha yillik qasosini asl egasidan vanihoyat oldi. Nabirasi uchun Raniyaga tegolmadi. Lekin uning bobosidan o'chini oldi. Hammasi shu yerda tugadi. Xonada besh kishi bor. O'rindiqda hotirjam o'tirgan qariya, yonida yordamchisi bilan. Qarshisida esa aqldan ozayotgan uch nabirasi.
- Bobo nima qilib qo'ydingiz??! - jazavaga tushgan Taehyung sochlarini siqimlab uyoqdan-buyoqqa yurishda davom etadi.
- Uni ahvoli qanday.. ekan? - pichirlaydi. Taehyung umuman Shin Hwanning o'limi uchun tashvishda emas. U xotinining ahvoli haqida tashvishlanyapti. Endi Raniya qaytadimi ?
- Hwan bo'lmaganda xotining bo'lardi… shuni xohlarmiding?
- AMMO UNI AZOBLANISHINI HAM XOHLAMAGANDIM!!!!
- Ovozingni pasaytir… Taehyung. Bir qizni deb erkakligingni ham unutib qo'yganmisan!!!
- SIZ O'RTAMIZGA DEVOR O'RNATDINGIZ!! ENDI HECH QACHON YUZIMGA HAM QARAMAYDI! NIMA QILIB QO'YDINGIZ BOBO!!! NIMA QILDINGIZ!!! MING LAN'AT!!! - Taehyung g'azabdan eshikni bor kuchi bilan itargancha xonadan chiqib ketdi. Janob Kim chuqur nafas oldi.
- Buni qanday qildingiz bobo? - so'radi Jin.
- Yolg'on xabar bilan omboriga chaqirtirdim.. va o'sha yerda otib o'ldirishdi. - Junho kecha tundagi Shin Hwanning o'limini eslaydi. Jin va Jimin bir-birlariga qarashar ekan endi aniq yaxshilik bo'lmasligini tushunib yelka qisishdi.
- Shin Hwanga achindim demang faqat. - Junho qaqqayib turgan ikki nabirasiga hafsala bilan qarab qo'ydi.
- Hwanga emas, ukamga achindim bobo.. ukamga! - Jimin bobosidan yuz o'girib xonadan u ham chiqib ketdi.
- Raniya… yetar qizim tur ketamiz. - dedi Shin Dongha hali ham bobosini qabri oldida hayollarga berilib o'tirgan qiziga.
- Buni Kimlar qildi to'g'rimi? - qiz boshini ko'tarmastan savolga tutdi. Ammo Donghadan sado chiqmaydi.
- Dada?
- Tahminlarcha shunday, ammo bunga seni aralashishingni qat'iyan man qilaman! Otamni qasosini o'zim olaman! sen esa..
- U meni bobom edi!
- Aralashmaysan!
- Dada!
- Raniya! buni menga qo'yib ber. Yetarlicha bu o'yinlarda qo'g'irchoq bo'lding.. endi Taehyung bilan ham hammasi tugaydi.
Raniya bu ismni eshitishi bilan otasiga bosh ko'tarib qaraydi.
- Shundoq ham ajrimga imzo qo'yib bo'lganman.
- Aytmoqchimanki qizim, uni gaplariga hech qachon ishonma, Kimlardan har narsani kutish mumkin ekaniga bugun ishonch hosil qilding, seni sevmaydi..
Raniyaning qo'llari musht bo'lib tugildi.
- Hammasi yolg'on, Kim Taehyung - dunyodagi eng razil ablaxning nabirasi. Raniya u senga yolg'on gapirgan. U ham bobosining ortidagi itvachcha.
Qiz haqiqatda mayuslashganini yaqqol sezish mumkin. Raniya xo'rsinib yana bobosining qabriga gul qo'ydi. Shu vaqt uzoqdan kimdir uning ismini baqirib aytgancha ular tomon yaqinlasha boshladi.
Raniya va otasi o'sha tomonga baravar qarashadi va o'zlari tomon havotir bilan yugurib kelayotgan Taehyungni ko'rib qotib qolishdi.
Raniya o'rnidan sekinlik bilan turdi. Endi Taehyung bilan janjallashishga tushmoqchi bo'layotgan otasini etagidan ushlab to'xtatdi.
- Dada bizni yolg'iz qoldira olasizmi?
- Nima? unga haddini bildirib qo'yish kerak! istaganida yoningga kela olmaydi va ajrimga ham qo'l qo'yishga majburligi uchun! - Dongha qiziga yaxshilab qaraydi. Raniyaning gaplari jiddiy edi.
- Dada iltimos, gaplashib olishim kerak.
Bu paytda Taehyung ularning yoniga kelib bo'ldi. Janob Dongha bir Raniyaga va bir Taehyungga jaxl bilan boqdiyu mashinasi tomon ketdi. O'rtada og'ir sukunat hukm surmoqda. Taehyung ko'zlari qizarib ketgan, va qo'li musht holatida turgan xotiniga afsus va nadomad bilan tikildi. Qiz esa unga nafrat bilan.
- Bobongni oqlash uchun qarshimdamisan? yoki qo'lingda qo'g'irchoq bo'lgan vaqtlarimni aytib endi ustimdan kulganimi? - dedi u.
Pov Taehyung : Seni bir marta ko'rish uchun allaqanday ahmoqona bahonalar sabab qarshingga chiqishni istayman. Azoblanishing meni ham butun a'zoyi badanimni xuddi to'k urgandek azoblamoqda. Menga nafrat bilan boqishing, lablaringni tishlab yig'lab yubormaslikka harakat qilishing, qo'llaringni siqib turganing uchun ham tomirlaring yuzaga chiqib turganini ko'rishni istamayman. Agar bu seni azoblasa, agar sen yig’laydigan bo'lsang bu qasos menga desa ming yillik bo'lmaydimi… voz kechaman!
O'zimni aybdorona his qilayotganim uchun boshimni egdim.
- Afsusdaman haqiqatdan ham.
- Afsusdasan? balki o'zing qilgandirsan buni? axir bobom seni oyingni o'ldirgan edi! - u yelkamga musht bilan ura boshladi, men qimir etmasdim. Barcha alamini olsin faqat mendan.
- Seni azoblaydigan ish qila olishimga ishonasanmi? - Taehyung Raniyaga chuqur nigohini qaratdi. Qiz bir zum shu nigohga sehrlanib harakatdan to'xtaydi. Ikkisi bir-biriga qaragancha bir muddat turishdiyu ammo qiz endi chidab turolmay Taehyungga tarsaki tushirdi.
- Agar hayotimga kirib kelmaganingda balki bular sodir bo'lmasmidi?
Yon tarafga burilgan yuzini qayta xotiniga qaratgan Taehyung chuqur nafas oladi.
- Bu ishlarga aloqam yo'q ishon, meni xatto xabarim bo'lmadi.
- AMMO JIN URGUR BOBONG QILDI BUNI!!! HAYOTIMIZNI SENIKINI HAM MENIKINI HAM BARBOD QILDI U!! ENDI QANDAY QILIB BIZ DAVOM ETA OLAMIZ TAEHYUNG!!! QANDAY!!!
Chidab turolmay uni bag'rimga tortib oldim. U tinimsiz baqirar, ko'ksimga urishdan to'xtamas men esa uni hididan to’yib nafas olardim.
- Ajrimga imzo qo'y!
- Hech qachon..
Raniya Taehyungni itarib undan uzoqlashdi.
- Ortiq yo'limdan chiqma! yuzingni ham ko'rishni istamayman, endi imkonsiz! o'zingga boshqa qo'g'irchoq top, va unutma bobongga yetkaz! meni qo’limda o'lim topishini ta'minlayman!
- Undan avval meni o'ldir… o'zingni mendan tortib oladigan bo'lsang avval meni o'ldir.. - ketayotgan qiz ortidan dedi Taehyung. Raniya esa ko'zidan chiqqan bir dona yoshni yengiga artgancha otasi tomon ketib qoldi.
Oradan bir hafta o'tdi. Ko'p marta ajrimga imzo qo'yishim uchun meni majburlashdi. Har gal rad javobini beraverishdan charchadim. Axir baribir ajrashmayman. Har kunim xonamda yolg'iz o'tmoqda. U meni bir muddat ko'rmasa yaxshi bo'lar deb yoniga bormadim. Lekin voz kechish niyatim yo'q. Albatta yonimga qaytaraman.
Taehyung shularni o'ziga o'zi xonasining tashqi tomonidan gapirib o'tirar ekan qo'rg'on eshigi oldiga bir mashina kelib to'xtaydi. U yuqori qavatdan buni kuzatib turgandi. Zum o'tmay mashina eshigi ochilib Raniya ko'rinish berdi. Yuqoridan buni kuzatib turgan Taehyungning oyoq-qo'li bo'shashib ketar ekan, 1 hafta ko'rolmagan xotinini endi ko'rgani uchun ham ichida allaqanday hislar ufuradi. Raniya mashinadan uzoqlashib eshik oldiga keldi. Taehyung esa uni yoniga shoshinqirab yugura boshladi. Zinalardan otilib tushgan yigit hovliga chiqdida eshikni qo'riqchilardan avval o'zi ochdi. Taqirlatishga ulgurmagan qizning qo'li havoda muallaq qolib ketar ekan u Taehyungni qarshisida ko'rdi. Chin ma'noda ikkisi ham hayratda. Raniya bu yerga shaxsan o'zi balki ajrim masalasida kelgandir. Ammo baribir Taehyung muhimi uni ko'rdi.
- Xotinjon… - yana hammasi avvalgidek. Taehyung tabassum qilgancha qizni bag'riga otiladi. Raniya esa qarshilik qilmadi, Taehyung to'yib olishiga ruxsat bergandek.
- Seni… ko'rganimdan juda juda xursandman sevgilim meni.. - Raniyaning sochlaridan silab nafas olgan Taehyung sekinlik bilan endi uni yuziga qaradi.
- Agar ajrim masalasida kelgan bo'lsang…
- Bu masalada emas! - endi tilga kirdi qiz.
- Yoningga qaytish uchun keldim…