ยซย ๐๐ง๐ฌ๐ข๐๐ข๐จ๐ฎ๐ฌย ย ยป
" O'zingni sevishga majburlab endi meni tashlab ketishga haqqing yo'q! "
- Insidious
Pov Raniya : Taehyung xonadan chiqib ketganidan so'ng biroz xonada o'tirdim. Chunki juda asabiy holatda edim. Asabiylashgan vaqtim qo'llarim titraydi. Suv ichish uchun xonadan chiqib ketayotganimda mehmonxonadagi ovozlarni beixtiyor eshitib qoldim va joyimda to'xtadim. Boshqalarni gapini tinglashni yoqtirmayman ammo bunisi menga taalluqli edi.
- Raniya senga hali ham yillar avvalgidek qarayotganiga ishonching komilmi ? - divanlardan birida o'tirgan Junho qarshisida tik turgan yigitga qaraydi. Yeuno lab chetida mazaxona kuldi. Xuddi u soxtadek.
- Uni ko'nglida qolib ketganman, u aniq bir kun meni oldimda hislariga yengiladi. Juda ajoyib tomosha uyushtiryapsiz janob.
- Shundayโฆ bir kun nafrat bilan Taehyung uni yo'q qila olsa ishimiz tugaydi. Xuddi yillar avval Hwan Dahyeni o'ldirgani kabiโฆ
Pov Raniya : Nafasim bir zum to'xtab qolgandek qotib qoldim. Yeuno ? va janob Junho ? aslida ular meni yo'q qilmoqchimi ? ammo nega ? shu o'ylar bilan bir nuqtaga qarab turar ekanman eshik birdan ochilgani sabab cho'chib ketdim. Janob Junho gaplarini eshitganimni aniq sezdi. Nigohidan hayiqdim ammo uning oldida men ojiz qolmayman.
- Siz.. siz
- Bizni poyladingmi ? - jiddiy ohangda gapirdi u. Butun rejalari barbod bo'lganini sezgan chol.
- Negaโฆ? nega bunday qilyapsiz!
U chuqur nafas oldi, qo'llarini cho'ntagiga solib Yeunoga chiqib ketishi uchun ishora qildi. Yeuno qizga hissiz ko'z tashlab qo'ydida indamay chiqib ketdi. Raniya hali ham talvasada edi. U shunchaki janob Junhodan ko'z uzmasdi. Tomog'iga bir nima tiqildiyu Taehyung uni o'ldirishi haqidagi gapni tahlil qila boshladi. Shunda ular bilan Taehyung ham birgami ? barchasi shunchaki o'yinmidi ?
- Bilishni istaysanmi ?
- Ayting.. nega Taehyung meni o'ldirishi kerak? barchasi shunchaki sizni chirkin o'yiningizmidi?! meni o'yinchoq qildingiz..! Taehyung ham.. menda qanday husumatingiz bor!!!
- Aniqrog'i senda emas bobong bilan o'rtamizda. - degan Junho o'zini hotirjamdek tutishga uringan holda divaniga qulayroq joylashib oldi. Raniya esa uning shundoq qarshisida turgandi.
- Raniya Kyungja aslida Taehyung, Jimin va Jin ning haqiqiy onasi emas.
- Nimalar deyapsiz??!
- โฆ Ularning haqiqiy onasini ismi Dahye, u ancha yil avval oโlgan. Aniqrog'i o'ldirishganโฆ seni bobong tufayli.
- Bobom?โฆ yolg'on gapiryapsiz!
- Ortiq senga tushuntirib o'tirmayman bu haqida na Taehyungni na boshqa birovni xabari bor, bilishni istasang bobongdan so'ra. Dahye ismini aytib ko'r eslay olarmikin ?
Shu tariqa u qo'rg'ondan butunlayga ketdi. Bobosining oldiga.
Taehyung bobosiga umidsiz nochor insondek boqadi. Janob Junho nabirasidan hozir qizning ketishiga e'tiborsizlik qilishini kutardi. Ammo Taehyung bunday qilolmadi. Soat kechgi 21:38.
- Xonangga kir Taehyung. Qizni esa esingdan chiqar, seni bunday xotining bo'lmagan hech qachon - shunday tasavvur qil. - janob Junho shunday degancha o'ziga ishonch bilan yuqoriga ko'tarilib ketayotgan edi hamki Taehyungning bobosiga nisbatan birinchi marta etirozli qaytargan javobi sabab joyida to'xtab qoldi.
- U meni xotinimโฆ va shunday bo'lib qoladi! - dedi u qat'iy bobosiga qarar ekan. Bobo shunchaki lom-mum deyolmadi, axir shu vaqtgacha Taehyung hech qachon unga bunday muomila qilmagan va xatto buyruqlariga etiroz ham bildirmagan.
Junho ortiga o'girilib nabirasiga qaradi. Taehyung bir nuqtadan ko'z uzmay turardi, qo'llari musht bo'lib tugilgan, lablarini qattiq tishlab turadi ammo keyin chuqur nafas chiqarar ekan bobosiga qaraydi.
- Uni olib kelaman..
- Kimdan izn so'rayapsan sen?! men kelmaydi dedim ortiq bungaโฆ
- MEN QAYERDA BO'LSAM XOTINIM HAM O'SHA YERDA MENI YONIMDA BO'LADI!!!! - to'satdan yangragan baqiriq ovozi butun qo'rg'onni tutdi. Taehyung bobosiga qarata o'shqirar ekan bobosining hayronlik darajasi eng yuqori cho'qqida edi.
- Nima deding?
- Men aytdim boboโฆ men.. men ketdim..
Shunday degancha Taehyung na onasini, na akalariyu va bobosining to'xtatishiga qaramay eshikdan otilib chiqib ketdi.
2 soatlik yo'lni, 1 soatda bosib o'tgan Taehyung janob Shin Hwanning uyi qarshisida turardi. Atrofni qo'riqchilar o'rab olgan. Qo'rg'on balandligi va xuddi qal'aga o'xshashini tasvirlash mushkul. Go'yo butun boshli qalโadan birgina qizni olib chiqish kerak bo'lgan ilojsiz ishdek edi bu. Taehyung qo'riqchilarga Raniyani olib ketmoqchi ekanini aytdi. Qo'riqchilar esa avval janobiga hisob berishi kerak.
Janob Hwan biroz sukut saqlaydi. Nabirasini baxtsizlikka jo'natgan uning o'zi. Qancha o'zini aybdor his qilmasin bu yigit baribir endi uning dushmanini nabirasi. Qariya o'rindig'idan turar ekan oynadan Taehyungga qaraydi.
- Ketsin.. unga beradigan qizim yo'q meni.
Yigitlardan biri Taehyungga ketishini aytdi. Ammo bu - Kim Taehyung. Taehyung o'zini hotirjam tutgancha qo'riqchilarga bosh irg'ab qo'ydi. Ammo keyin birdan ichkariga yugurib kirib ketdi. Yigitlar qancha to'xtatishga urinishsada u hovli o'rtasida baqir-chaqir qilib o'ziga kerakli insonni qidiraverdi.
- Janob! bizga ortiqcha muammo kerak emas!! janob Taehyung!
- RANIYA!! RANIYA!!!
- Janob iltimos! bas qiling! - Taehyungni 7 ta qo'riqchi ushlab tashqariga olib chiqish uchun sudirashadi. Ammo shunda ham unga arang bas kelishyapti. U faqat oldinga chiranadi, Raniya uchun.
- RANIYA! MEN KELDIM! ESHITYAPSANMI BARIBIR SENI OLIB KETAMAN!! RANIYA!
Taehyungni hamma eshityapti, janob Hwan va Raniyaning otasi janob Dongha ham. Ular eshik oldida Taehyungni harakatlarini kuzatishar, ammo sukut saqlashardi.
- TASLIM BO'LMAYMAN QANCHA QOCHISHGA URINMA BARIBIR SENI OLIB KETAMAN! RANIYA! MENI ESHITYAPSANMI! MENI TASHLAB KETISHGA HAQQING YOโQ! SHUNCHAKI KETOLMAYSAN!!
Hovlida jimlik paydo bo'ldi. Hammayoq sukunat, va faqat Taehyungning hozirgi so'zlari yangraydi.
- O'ZINGNI SEVISHGA MAJBURLAB ENDI MENI TASHLAB KETISHGA HAQQING YO'Q!! KETOLMAYSAN! RANIYA!
Vanihoyat uni tashqariga chiqarishga muvoffaq bo'lishdi. Eshikdan otib yuborilgan Taehyung eshik yopilishidan avval uzoqdan ko'ringan Shin Hwanga qarata ogohlantirish berishga ulgurdi.
- U MENI XOTINIM! UNI MENGA SIZ TUHFA QILGANSIZ ENDI OLIB QO'YOLMAYSIZ! BUNGA YO'L QO'YMAYMAN HECH KIM UNI MENDAN TORTIB OLOLMAYDI! QASAM ICHAMAN QO'RG'ONINGIZNI OSTUN USTUN QILIB BO'LSA HAM UNI O'ZIMGA QAYTARAMAN ASLIDA BO'LISHI KERAK BO'LGAN JOYGAโฆ ya'ni meni yonimda..
Va eshiklar yopildi. Janob Hwan esa bir o'g'liga ko'z tashladida yuqori qavatga chiqdi. Xonalardan birining eshigini ochgan bobo oyna oldida o'yga botib Taehyungga qarab turgan nabirasini ko'rib og'ir ko'zlarini yumdi.
- Qizimโฆ - hech qanday javob kelmadi. Qizning hayollari bu dunyoni tark etgan. Uning o'ylari eshikdan hozirgina uloqtirilgan Taehyungda qolib ketdi.
- Raniya..
- Hozir emas boboโฆ hozir gaplashishni istamayman.
Bobosi ortiq gapirishni istamadi. U tushundiki qiz hammasini eshitdi.