December 28, 2025

«  𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬   »

𝟏𝟑-𝐐𝐈𝐒𝐌
" Menga tegin, qo'lingni tekkaz, lablaringni menga iltifot qil.. men bilan birlash.. tun bizni ohangimiz bilan sokinlikni yo'qotsin… "
- Shin Raniya


Jaxldan yonayotgan ko'zlar mashinada ketar ekan go'yo hozir o'zidan olov purkab yuboradigandek tuyiladi. Mashina ruli qattiqroq siqiladi, tomirlari bo'rtib chiqqani o'zidan sovuq aura tarqatar, nafasi siqilib qoladi. Birdan hammasi nazorat chiqib ketdi. Mashina oynasi ochilib ichkaridan hammani bo'g'ib borayotgan havo tashqariga chiqib ketdi. Old o'rindiqda mashinani aqldan ozgan Taehyung boshqaradi, yonida Raniya mastlikdan holsiz holda ketardi. Ikkinchi mashinada esa Ina, Jin, Selen va Jimin qo'rg'onga qaytishmoqda. Yo'l bo'yi sukut saqlagan Taehyung mashina tezligini soniyalar sayin oshirib boradi. Oz fursatda ikki mashina qo'rg'onga kelib to'xtadi. Taehyung keskin harakatlari bilan endi mashinadan tushayotgan edi hamki yonidagi qizni allaqachon shirin uyquga ketganiga guvoh bo'ldi. Avvaliga biroz unga termulib jim turdi, so'nggida hamma narsani ohistalik bilan bajarishga urindi.

Pov Taehyung : Chin haqiqatni shunchaki aytishni istayman. U rang olib kirdi. Hayotimda faqatgina oq-qora ranglar emas, balki turfa ranglar borligini isbotlagan bu qiz. G'azab quliga aylanganim rost. Go'yo bu qiz faqat menga tegishlidek tuyiladi. Uni atrofidan hammani birma-bir yo'q qilishni orzu qilaman. Sochlarini uchirib u bilan o'ynashayotgan shamoldan ham telbalardek qizg'onaman. Faqat o'z qobig’imda o'rab qo'yishga urinayotgandekman… hech kim seni ko'rmasin, sen haqingda o'ylamasin, ismingni tilga olmasin, senga hech kim qo'l tekkazmasin… faqat men.

- Xotinjon. - deydi Taehyung hayollaridan chalg'ib endi qizni uyg'otishga urinarkan. Raniya bir siljib qo'ydiyu ammo uyg'onmadi. Qizning harakatlarini kuzatib turgan Taehyungning lablari mayin jilmayadi, vulqoni yana bosilgandek.
Yigit shu on qizni qo'llariga ko'tarib mashinadan tushiradi. Raniya uyqusirab Taehyungni bo'ynidan qo'llarini o'tkazib oldida boshini yelkasiga qo'yib uhlashda davom etdi. Uzoqdan ularni kuzatib turgan qolgan er-xotinlar o'zaro piching qilib kulishdida sekin bildirmagan holda qo'rg'onga kirib ketishdi.

- Selen qornim och.
- Yuring biror nima tayyorlab beraman hammangizga.
- Sog' bo’ling Selen biz ham tuz totmadik, endi tungi soat 2 da kechlik qilamiz. - dedi Jin ichkariga kirib oyoq kiyimini yechishi davomida.
- Atigi bir kunga ozod bo'lgandik, shuni ham bizga ko'p ko'rishdi. - noligancha lablarini burishtirdi Jimin.
- Har holda siz ancha raqs tushishga ulgurdingiz. - ko'z suzdi Ina.
- Albatta mast bo'lishga ham. - Selen qo'shimcha qilib kulib qo'ydi.
- Bu sizningcha sof zavqmi ?

Jimin avvaliga mehmonxonaga kirib o'zini devanga bor og'irligi va charchog'i bilan tashladi. Ortidan Jin, Ina va Selen kirib kelishdi.

- U yigit kim edi ?
- Taehyung va Raniyaning o'rtasidagi ish bu, biz aralashmaganimiz maq'ul. - deb qo'ydi Ina. So'ng hamma baravariga bosh irg'ashdi. Ina va Jin uyqulari kelgani bois birinchi bo'lib mehmonxonadan chiqib ketishdi.

- Hayrli tun.
- Sizga ham.

Mana endi xonada yolg'iz qolgan Selen va Jimin sukut saqlashardi. Selen Jimin mastligini sezgan holda unga suv olib kelib beradi. Jimin o'zini zo'rg'a ko'tarib suvdan bir ho’pladi. Diqqatsizlik ila qilayotgan harakatlarini deb o'ziga tikilib qarab o'tirgan xotiniga mana endi e'tibor beradi. Jiminning lablari kulgili tarzda tabassum qildi, so'ng tomog'ini qirib suvni stol ustiga qo'ydi.

- Meni qalbim malikasi bugun o'zini baxtli his ettimi ? - Jimin xotinini doimgi erkaliklari bilan siylashni istaydi. Selen yana yosh bolalardek qizarib ketadi. Jimin aynan shunday qizarishni ko'rishni yoqtirardi unga bu o'zgacha zavq berardi, hech qanday ichkilik yoki klublar bera olmagan his.

- Yomon bo'ldi deya olmayman, biroz zeriktim holos.
- Men esa faqat raqs tushdim.. negaligini aytaymi ? senga maftun bo'lganim uchun. - Jiminning gapini eshitib Selen bor ovozi bilan kulib yubordi.
- Maftun bo'lsa raqs tushishi kerakmi ?

- Ichimdagi sig'mayotgan muhabbat ta'siridandir balki ? bo'lishi mumkin emasmi ? hislarim ustidan kulyapsanmi ? - Jimin qizga ayyorlik bilan qarab birdan tashlanib qoladi, qochishga ulgurmagan qiz erining teginishlaridan kulishni boshlaydi.
- Tegmang!!
Jimin uni tinmay qitiqlab kuldirdi. Tinkasi qurigan qiz vanihoyat uni qo'lidan ozod bo'lishi bilan ter bosgan peshonasini artib qo'ydi.
- Buyoqqa kel. - yigit qizni qo'liga ko'tarib oladi, hech qanday qarshiliksiz qiz ham uni bo'ynidan quchib oladi. Ular shu tarzda mehmonxonadan chiqishdi. Uyda hamma o'z xonasiga ketgan, kattalar esa yo'q. Bunday sokin va o'zgacha holat avval bo'lmagandek.

- Kimligingni bilisanmi malikam… - yigit uni qo’llarida ko’targan holda zinalardan yuqoriga ko’tariladi.

- Kimman ? - dedi qiz yigitning yuziga qiziqish bilan tikilar ekan.

- Mening sirli sehrimsan… sen bilan hammasi oy nuri kabi sokin va shirin. Sen mening ruhimdagi tinchlik va iliqliksan, qalbimdagi gulsan har daqiqa yonimda ochilasan, hayotimdagi eng mayin va sirli yorug’liksan… angladingmi ? - Jimin xotinining o'ziga maftun etuvchi tabassumiga qarar ekan shu on lablarini uniki bilan birlashtiradi. Butun uy bo'yi o'z xonalarigacha lablar bir-biridan uzilmaydi. Faqatgina lablar harakatlanadi. Jimin uni xonaga olib kirishi bilan eshikni yopdida Selenni sochlarini silab peshonasidan o'pib yotog'iga yotqizib qo'ydi.

- Uhla kichkina malika.. orom ol.


Taehyung qo'lida ko'tarib kelgan xotinini yotoqqa yotqizib qo'ydi. Sochlarini ikki yonga silagancha tarab tepasida unga anchagacha tikilib qarab o'yga tomdi. Qiz charchoq sabab miriqib uhlar yigit esa uni tomosha qilishdan hech zerikmasdi. Go'yoki bu eng qiziq mashg'ulotdek. Taehyung uni yuziga, lablariga, kipriklari hammasiga tegadi. Diqqat bilan tikiladi.
- Uni sevasanmi ? - pichirladi Taehyung.
- O'sha yigit paydo bo'lganidan beri senga shu savolni bergim keladi, ammo javobingni eshitishdan qo'rqyapman.

Raniyaning yumiq ko'zlari ustidan kichik bo'sa qoldirgan Taehyung yana unga gapirishda davom etadi.
- Bilasanmi, qisqa muddat ichida aslida hayot faqatgina mol-mulk, yoki mansabdan iborat emasligini angladim. Qisman sen sabab. Endi bobomni taxtini orzu qilmayapman… men seni orzu qilyapman.

Raniya uyqu ta'sirida biroz bezovtalanib Taehyungning qo'yniga o'girilib unga yaqinroq yotib oldi. Bu harakatdan lab chetida kulib qo'ygan Taehyung qizga qulayroq bo'lishi uchun biroz pastroq tushdi.
- Aytmasang ham buni bilaman, senga men bilan uhlash yoqadi. - u yana pichirlaydi.
- Uhlab yotganingda sen bilan gaplashish ajoyib ekan, zarda qilavermaysan. Bilasanmi… men Yeunoni o'ldirishim mumkin edi. Birgina harakatim bilan uni yo'q qila olaman, ammo… sen uni sevasan degan o’y ich-etimni kemiryapti. Men seni unga berolmayman albatta, lekin sevgan insoningni o'limini ko'rib azoblanishingni ham istamagan bo'lardim. U hozir nafas olayotganining sababi sensan…

Ichki hislari sabab Raniyaga tikilishdan charchamagan yigit uning hididan to'yib chuqur nafas oldida yuzini uniki bilan birlashtirdi.

- Oramizda 1sm ham masofa yo'q ammo sening xattoki shu yaqinliging ham menga kamlik qilyapti.. yetmayapti. - Taehyung shunday deyishi bilan qizning ko'zlari asta ochila boshladi. Raniya unga juda yaqin masofada o’zidan ko'z uzmay yotgan yigitga qarab u ham jim qoldi.
- Uyg'otib yubordimmi ? - so'radi Taehyung. Raniya shunchaki bosh silkidi.

- Suv.. suv ichgim kelyapti.

Taehyung darhol o'rnidan turib ulardan biroz uzoqroqda turgan stakanga suv quyib qizga olib keldi. Raniya unga qo'l cho'zdi ammo qo'li havoda muallaq bo'sh qoldi.

Pov Raniya : Harakatlariga tushunmay unga qaradim. Avvaliga yonimga kelib menga yaqinlashdida, menga olib kelgan suvni o'zi ichti. Men shunchaki uni kuzatib turdim nima qilmoqchi ekanini tushunmadim tabiiyki. U suvni ichti ammo yutmadi, og'iz bo'shlig'ida ushlab turgan holda menga burildida qo'li bilan lablariga ishora qildi. Butun tanam seskanib ketganini sezdim. Mendan… suvni lablaridan ichishimni istayapti. Uni istaklariga tushunish qiyin..

Noiloj qolgan qiz chuqur nafas oldi. Taehyung undan ko'z uzmay turadi. Raniya lablarini yalab Taehyungga yaqinlashdi, qo'llarini uni yelkasiga qo'yib ko'zlarini yumgan holda lablarini unikiga ohista tekkazdi. Shu on keskin harakat bilan Taehyung Raniyani belidan ushlab yotoqqa yotqizib o'pa boshladi. Og'iz bo'shlig'iga o'tgan til sabab tomog'idan o'tgan suvni his qilgan Raniya birinchi marta suvni ta'mi bunchalik mazali ekanini biladi. Taehyung uni endi qo'yib yubormaydi, o'pishda, ruhini so'rib olishda davom etadi. Uning harakatlari shunchalik yoqimliki unga qarshilik qilishni iloji yo'q. Raniya doim Taehyungga istagan ishini qilishga qo'yib beradi. Taehyung qizni o'ziga ipsiz bog'lagan. Raniya esa uning bo'sasiga oshiq bo'lgan.

Uzluksiz bo'layotgan bo'sa uzilib Raniya hansiray boshladi. Nam bo'lgan yuzi va lablarini artib biroz qaddini ko'taradi. Suv uning yuziga tekkan edi.
- Chanqog'ing bosildimi xo'sh ? - lablarini yalaydi Taehyung. Yuragi ko'ksidan otilib chiqay degan holda. Raniya hayajondan o'lib qolay deyayotgandi. Ammo biroz nafasini rostlaganidan so'ng tabassum qildi. Taehyungga yaqinlashib yigitni sochlarini siladi. Qizning harakatlaridan hayron bo'lgan Taehyungga esa bu yoqardi. U hozir qizni o'ldirib qo'yishni ham istaydi.
- Nega bundaysana ? - tabassum ila yigitni sochlarini silashda dedi Raniya Taehyungga termular ekan.
- Senga yoqadimi ? - hissiy ko'zlarini og'ir ochib yumdi Taehyung.
- Judayam… - bu gal Raniyaning o'zi uni o'pishni xohlaydi. Qiz sekin ammo yoqimli harakat qiladi, Taehyungning jingalak sochlarini silagan holda lablaridan ohista o'padi. Oddiygina kichik o'pich tufayli yurak ritmi tartibsizlanib ketgan yigit esa og'ir yutunadi.
- Senga.. tegishimni xohlaysanmi ?
- Hamma narsadan ko’proq…
- Sen men asrashim kerak bo'lgan hissan… men tega olmaydigan, meni aqldan ozdirgan hissan, telbaga aylantirgan.. - Taehyung mana endi avval hech qachon qo'l urmagan, qo'rqib kelgan ishini qilmoqchi. Qizning ko'ylagini ohistalik bilan gapirishi davomida pastga tushirib.

- Agarda sen ham buni istasang…
- Menga tegin… qo'lingni tekkaz, lablaringni menga iltifot qil.. men bilan birlash.. tun bizni ohangimiz bilan sokinlikni yo'qotsin… avval his qilmagan tuyg'umni his etay… iforingdan aqldan ozmoqdaman… harakatlaring telbaga aylantiradi… hislarimiz jilovini yo'qotsin… hech narsani o'ylama… faqat ikkimiz… sen va men… avval bo'lmagan olamimda sen bilan birlashishni istayman… meni o'p.. menga tegin iltimos… Kim Taehyung..

Taehyung hayotida davomida bunday his qilmagan o'zini. Qizning gaplari… Taehyungni nazoratini yo'qotishga majbur qildi. Butun tanasida hayajonni his qilgan on bir zum ham vaqt yo'qotmay qizni butunlay egalladi.

- iltimos.. menga tegin.. mendan hech qachon uzoqlashma.. menga tegishli bo’l

Lablar yana qayta birlashdi. Atrofni zulmat qoplaganiga qaramay haligacha bir-biriga to'ymagan yigit va qiz aqldan mahrum bo'lishgan edi. Taehyung uni lablaridan juda qattiq, so'rib, to'xtovsiz o'padi. Raniya esa unga javob qaytaradi. Uzluksiz uzilmagan bo'sa bilan bir qatorda xonaning har bir burchagiga Taehyungning va Raniyaning kiyimlari birma-bir shoshqaloqlik bilan yechib otiladi….


𝟏𝟑-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢.