December 31, 2025

«   𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬   »

𝟏𝟒-𝐐𝐈𝐒𝐌
" Aql va sevgi hech qachon birga yashamaydi "
- Albert Einstein


Barcha telbalik cho'qqisiga chiqqan hissiyotlar birlashuvidan so'ng otgan tong oppoq choyshablar orasida otgandek tuyiladi. Ochiq tanalar bir-birini bag’ridan ayrilishni istamagan holda ajraladi. Birinchilardan Taehyung istamagan holda ko'zlarini yorug'lik ta'sirida ochdi. Atrofiga uyqusrab qaradi, butun xona to'zib ketgan, kiyimlar yerda tartibsiz yotardi. Taehyungni lablariga bilinar-bilinmas tabassum yugurdi, u kechagi tunni eslar ekan lablarini hech tabassumdan to'xtata olmasdi. Mana endi uning diqqatini ochiq ko'ksiga qo'yilgan nozik qo'llar tortdiyu u shu kaft ustida kichik o'pich qoldirdi.

Raniyaning sochlari oppoq choyshab ustida yoyilib to'lqinlanib turadi, ochiq tanasi choyshab tagida va u Taehyungni bag'rida uyquga ketgan edi. Bir qo'li bilan Taehyungni belidan quchib olgan, boshi esa uning ko'ksida miriqib uhlardi. Taehyung uni o'ziga yana yaqinlashtirdi. Sochlarini silab, anchagacha uhlashini qiziqarli film tomosha qilayotgandek tomosha qildi. Ammo birozdan so'ng Raniyaning ko'zlari istamagan holda ochildiyu qarshisidagi yigitga qarab qoldi.

- Hayrli tong.. - dedi Taehyung lablarini tishlar ekan zavqini bosolmay.
- Hayrli.. - Raniya uni zavqlanayotganini ko'rib kulib yuboray deydi. Qiz asta choyshabni ko'tarib tanasini berkitar ekan Taehyung bundan qoshlarini chimirib :

- Baribir.. kecha ko'rib bo’ldim.. nega berkityapsan ? - dedi.

- Men yuvinmoqchiman shunchaki. Nonushtaga tushishimiz kerak emasmi ? tezroq tayyorlan. - Raniya ko'zlarini Taehyungdan olib qochib, tezlik bilan yuvinish xonasiga kirib ketdi.

- Kechagi tun hayotimdagi eng yorqin tun edi! gapni olib qochma!!! - Raniyaning ortidan Taehyung shunday degancha baqirib qolib ketdi. Eshik ortidan uni gaplarini eshitgan Raniyaning lablari ixtiyorsiz tabassum qiladi. Taehyung esa baxtiyor kuldi va choyshablar ustida dumaladi.

- Yana bir marta bo'lsin… - deydi u kechagi ishlarni eslar ekan.


Bugungi nonushtaga boshqa kunlardan farqli o'laroq hamma o'zi istagan vaqtda, kiyimda tushdi. Kattalar yo'qligi uchun ular bemalol bir-birlarini bilan suhbat qurib zavqli nonushta qilishdi.

- Agar ular bugun ham kelishmasachi ? - dedi Jimin.
- Yo'q bobom kechlikka kelishlarini aytdi. Odatdagidek kutib olishimiz kerak, yo'qsa kallamiz ketadi. - deb Selen hammaga birin ketin qarab qo'ydi. Butun boshli nonushta davomida Raniya bir og'iz gapirmay pastga qarab o'tiradi. Taehyung esa atayin unga qarab qo'yar, ammo qiz xuddi hech nimani sezmayotgandek nonushtasini yeyishda davom etadi. Taehyung kulib yubormaslik uchun chunonan urindi. So’ng qizni o'ziga qaratish maqsadida qoshig'ini yerga tashlab yubordi.
- Kechirasiz… - pastga egilgan yigit qoshiqni qo'liga oldi va ikkinchi qo'li bilan xotinini oyoqlarida sekinlik bilan silab yugurtiradi. Teginishdan seskanib ketgan qiz ko'zlarini kattartirib Taehyungga qarar ekan, Taehyung unga bir qoshini qoqib qo'yadi xolos. Qo'li esa tepaga ko'tarilishdi davom etadi, bu mayin harakat va asta-sekin son tarafiga yetib kelgan qo'l sabab yuragi gupirlab ketgan qiz Taehyungni qo'lidan mahkam ushlab oldi.

Hammani oldida ortiqcha harakat qilmaslik uchun ham u ovoz chiqarmayotgandi.
- Nima qilyapsan ? - pichirlaydi u.
- Bu hayajonli.. shunday emasmi ? - Taehyung yuzini qiznikiga yaqinlashtirdi.
- Biz yolg'iz emasmiz Taehyung.
- Xotinjon… istasang yuqoriga chiqishimiz mumkin..

Suhbat o'rtasida qo'rg'on eshiklari qo'ng'irog'i yangradi. Eshik ochildiyu hamma baravar o'sha tarafga qaradi. Taehyung, Raniya, Selen, Ina, Jimin va Jin o'tirgan joylaridan bobosini ko'rishlari bilan uchib tushishdi. Janob Junho, Kyungja xonim va janob Inho qo'rg'onga qaytishdi. Ular birin ketin ichkariga kirishar ekan nabiralar qator tazim qilgancha ularni kutib olishadi.

- A.. bobo.. erta qaytibsizmi ? - dedi pala-partish sochlarini shoshgancha to'g'rilab Jin.
- Hammasi joyidami Jin - Kyungja xonim o'g'illari bilan birma-bir ko'rish oldi.
So'ng ichkariga xuddi oddiy holdek birdan kirib kelgan yigitga bolalar ko'z tashlashar ekan deyarli hayronlikning eng yuqori cho'qqisiga chiqib ketishdi. Kechagi xodisalar go'yo sodir bo'lmagandek tazim qilib Yeuno uyga kiradi. Yigit mazaxona Taehyungga qaraydi. Taehyungni qo'llari shu onda jaxl bilan siqiladi, endi yana urish uchun oldinga qadam tashlamoqchi bo'ladi lekin uni Raniya qo'llaridan ushlab to'xtatadi. Hozir boboning oldida bu bemavrid.
- Ha Yeuno kel.. - deydi Junho yigitni yoniga chaqirar ekan. Yeunoning lablarida mazaxona kulgu bor. Nafaqat ayni damda Taehyung balki Jin va Jimin ham g'azabda edi. Kechagi klubda bu yigit axir ularni ukalari bilan mushtlashgan ablax.

- Bobo.. bu yigit kim ? - tishini-tishiga bosib so'radi Jin.
- Tanishing mening yangi yordamchim, Yeuno. - janob Junho jiddiy javob beradi.
- Uni.. tekshiruvdan o'tkazganmisiz ? ya’ni.. ishonchlimi demoqchi edim - Jimin Yeunoga yeb qo'ygudek tikiladi.
- Kimni ishga olish olmaslikni endi siz menga o'rgatasizmi ? - sovuq ohangda gapirib, yeb qo'ygudek nabiralariga qaradi Junho. Taehyung ayni shu damda battar asabiylashadi, qo'l tomirlari qonab ketay degandek bo'rtib chiqadi, ko'zlaridagi olov va lablarini tishlab turishi sabri tugab borayotgani isboti edi.


Janob Junho, Jin va Yeuno ish yuzasidan bir xonaga kirib ketishdi. Taehyungda jaxl tuyg'usi haddidan ortiq rivojlanib ketgani rost, u xonasiga kirib vayron qilmagan joyi qolmadi. Xotinining birinchi sevgilisi uning uyida bamayli xotir yuribtiyu u hech narsa qila olmayapti. Bundan ortiq g'azabini jilovlay olmaslik uchun sabab bo'lishi mumkinmi ? xo'sh ?

Raniya xonaga kirishi bilan ag'dar to'ntar ahvolni ko'rib istexzoli nafas chiqarib qo'ydi.

- Taehyung tinchlan.

Foydasiz ekanini bilsa ham dedi qiz.
- Xo'sh u nima uchun shu yerda deb o'ylaysan ? YANA BOBOMNI YONIDA!!!
- Men chindan bilmayman, uni maqsadini ? nima istayotganini hammasi chalkash!
- Men aytaymi… u seni istayapti u bilan ketishingni yoki meni asab tolalarimni yulib olishni!

Yigit tamoman rashk bilan aqldan ozgan. Va shu tarzda u qarshisidagi katta pardoz oynasini yerga uloqtirdi. Tushib ketgan oyna zarralari har yoqqa sochilar ekan bir qirrasi Taehyungni qo'lini tilib o'tdi. Qon yerga bir tomchi tushishi bilan Raniya u tomon deyarli uchib bordi.

- Taehyung! - havotir bilan uni qo’lini ushlab og'rig'ini biroz bosish uchun puflayman. U chindan murakkab. Agar jaxli chiqsa yoki rashk qilsa aqldan ozadi.

- MEN YAXSHIMAN!! - qo'lini tortib oladi u.
- Menda nima ayb?! nega menga jaxl qilasan?
- Uni sevasanmi ? - Taehyung endi asl o'zini qiynayotgan kechinmani yuzaga chiqardi. Raniyaning yuzi keskin o'zgaradi.
- Nimalar deyapsan ?
- Shunchaki javobingni ayt Yeunoni sevasanmi? agar seni qo'yib yuboraman desam u bilan ketasanmi ? yoki Amerikaga birga ketmoqchimidingiz ? - Taehyung unga qadamma qadam yaqinlashib keladi.

- T.. Taehyung aljirama bunday gap yo'q!
- UNDAY QANDAY GAP BOR!!! BIR NECHA YILLAR AVVALGI SEVGILING NEGA UNDA AYNAN TO'YIMIZ BO'LISHI BILAN SENI O'ZINIKI QILGISI KELIB QOLDI?!!!

Raniya yelkasida turgan og’riq ila devorga zarb bilan urildi.
- Meni o'yinchoq qilmoqchimidingiz ? pullarni mendan olishing bilan ishing hal bo'lardi to'g'rimi? va sevgiling bilan Amerikaga ketarding… topdimmi ? - Raniyani yuziga Taehyungning sovuq nafasi uriladi, eshitgan gaplari esa aqlga sig'maydi. Nahotki Taehyung u haqida shunday o'yga bora oldi ?

- Men bilan o'tkazgan kechagi tuning… u bilsa nima bo'ladi ? - lab chetida jilmayadi yigit.
- Lablaringdan har o'pganimda menda uni tasavvur qilarmiding ? Kecha… tunda.. birga bo'lganimizda ham uni tasavvur qilganmi…

Taehyungni yuziga tarsaki tushdi. Shu zahoti u bir qadam ortga yurdi. Raniya hansirab nafas olar ekan Taehyungni gaplari unga juda og'ir zarbadek bo'lib tekkandi. Taehyung ortiq gapira olmadi. Chunki Taehyung hech qachon sevgi va aqlni birga ushlab turolmaydi. Axir Kim Taehyung g'azab quli.

- Ko'zimdan yo’qol Taehyung…

Taehyung mushtini qattiq siqqancha xonadan otilib chiqib ketdi. Xatto bobosidan ham qo'rqmay qo'rg'ondan ruxsatsiz ketdi.


- Kechgacha klubda ichkiliklar bilan kunimni o'tkazdim. Har doim jaxlim chiqqanida aqlimdan mahrum bo'laman, g'azabga qul bo'lganman. O'sha vaqtda nima deyayotganim, xatti-harakatlarim hech birini anglamasdim. Bugun unga gapirgan gaplarimni endi aqlim tahlil qilyapti. Hozir qo'rg'onga qaytyapman. Uzur so'rashim kerak. Biroz oshirib yuborganim rost, u yigitni uyimizda ko'rganimda qo'limdan hech narsa kelmagani meni yanayam asabiylashtirdi.

Uyga qaytar ekanman hozir ruxsatsiz ketganim uchun bobomdan dakki yeyishim aniq. Hammasi jonimga tegdi.

Taehyung eshikni ochib ichkariga kiradi. Shu zahoti uni qarshisiga onasi Kyungja xonim chiqti. U esa havsala bilan beparvo va hotirjam oldimlab yurish davomida gapiradi.

- Bobom xonasiga chaqirdimi.. shundoq ham oldiga boraman ammo avval Raniya bilan gaplashib olishim kerak.

- O'g'lim… bobong chaqirgani yo'q. - Kyungja xonim hijolatlanib bir-nimani aytishga urinayotgandek dedi. Taehyung hayron ortiga o’girildi.

- Nahotki… qiyomatni boshlaydimi deb o'ylagandim.
- Taehyung…

Taehyung onasini eshitmay zinalardan yuqoriga ko'tarilmoqchi bo'ldiyu ammo onasining bir gapi uni joyida to'xtatib qo'ydi.

- Hozir emas oyi Raniya bilan gaplashishim kerak.
- Taehyung.. Raniya ketdi..

Taehyungni rangi oqarib ketdi. Shu vaqtda kimdir uni qalbini yulib olib ketgandek.

- Nima? - dedi lablari titrab.
- Raniya ketdi va u qiz boshqa bu uyga qaytib kelmaydi! - yuqori qavatdan janob Junhoning shunday degan ovozi yangradi.
Taehyung bobosidan buni eshitishi bilan oyoqlari bo'shashib ketdi. Ko'z oldida barcha turfa ranglar yo'qoldi. Yana hammasi oq-qora. Axir u qizsiz endi yasholmaydi. Lekin Raniya ketdi.


𝟏𝟒-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢.