May 16, 2025

𝐄𝐯𝐒π₯ 𝐰𝐒π₯π₯ 𝐩𝐫𝐞𝐯𝐚𝐒π₯

πŸ—-πͺ𝐒𝐬𝐦

" U " ning o'limi

Jimin hech qanday so'zsiz unga termulib turgan do'stiga qarab qoladi, Taehyung va u 5 yil davomida bir-birini faqat 1 martagina ko'rgan edi. Jimin Taehyungga har qaraganida unda singlisini siymosini ko'rar edi. Chunki Namraning sof sevgisini qozona olgan Kim Taehyung. Jimin vanihoyat ko'zlarini pirpiratgancha Taehyung tomon yaqinlashadi, u o'tirgan stol qarshisidagi stulni ortga surib u ham o'tiradi. Taehyung esa uni so'zsiz kuzatadi, ko'z qarashlaridan tortib barmog'ini o'ynashlarigacha. Jiminda biroz noqulaylik mavjud, u xuddi Taehyung bilan birinchi marta ko'rishayotgandek edi.

γ…‘ Salom - dedi Taehyung mayinlik bilan Jiminni ko'zlariga jiddiy qarab.

γ…‘ Senga ham

Jimin qisqa javob qiladi va atrofga alanglab qaray boshlaydi, cafeda ulardan boshqa hech kim yo'q. Ikki do'st bir-biriga nimadan gap boshlashni bilmay bosh qashlashadi ammo bu sukunatni Taehyung birinchi buzadi.

γ…‘ Shu yerda ishlayabsanmi ?

γ…‘ Senga kim aytdi ? - so'radi Jimin, bir nigohini Taehyungga tashlab

- Sal avval Hoseokni uchratdim ... senga kerakligimni aytdi

Jimin qoshlarini chimirib alamli kulgancha :

- chindanmi ? - deb kesatiq kulib qo'ydi.

-Senda Namrani ko'rganim uchun ham qarshimdasan - degancha Jimin o'rnidan tezda turib ketmoqchi bo'ldi ammo :

- Aslida hech qachon seni ayblamaganman ! - degan gapni eshitishi bilan to'xtadi.

-Bir zum ham ayblamadim

Taehyung Jimin yuz o'girib turishiga qaramay o'tirgan joyida gapira boshladi …

- O'sha kuni … Namra o'lgan kun men …men u bilan tortishib qolganman. U yig'lardi … mendan xafa bo'lib uydan chiqib ketdi, men rashk tufayli uni ranjitgandim men … uni haqorat qildim rashk vujudimga shunday chuqur kirgan ediki qarshimda Namra turganini ham unutdim, Jimin men unga baqirdim, g'ururiga tegadigan so'zlar aytdim … u yig'lagancha ko'zi to'la yosh bilan uyimdan otilib chiqib ketdi … o'sha kuni men u bilan tortishmaganimda u seni oldingga bormasdi. U yig'lamasdi, uning qalbi sinmasdi …

Mana endi Jimin ortiga qaytib yana do'stining qarshisiga kelib o'tirdi va u yana Taehyungga diqqat bilan quloq sola boshladi, chunki Namraning o'limidan so'ng ular endi uzoqroq suhbat qurishayotgan edi.

Jimin

- Tushunyabsanmi ? seni aybdor deyishim ortida hech qachon ayblov bo'lmagan … men shunchaki ko'ksimdagi olovni bosishga harakat qilardim … Kechir meni Jimin … kechir do'stim - oxirgi so'zini aytishi bilan ko'z yoshlarini qo'yib yuborgan Taehyung qo'llari bilan yuzini yashirishga urinardi, qalbidagi og'riq kuchliligidan u shu yerni o'zida yuragini yulib tashlashni xohlardi. Jimin esa uni faqat kuzatdi unda biror bir his qolmagandi, u shunchaki chuqur nafas olib qayta chiqardi va nihoyat tilga kirdi :

Taehyung

- Uyga yig'lab kirib keldi - dedi Jimin singilisining o'lim kunini qayta yodga olar ekan.

- Ko'zlaridagi yosh to'xtamasdi, unda faqat sen bilan bo'lgan hodisa emas yana bir nima bor edi, u qo'rqardi nimadandir tashvishda edi, ko'zlarida qo'rquvni ko'rdim rangi oppoq va ko'zlari yosh. Menga hech narsani aytishni istamadi faqat bir narsani iltimos qilardi …

- Iltimo..s iltimos Jimin meni yolg'iz qoldirma iltimos meni meni o’ldiradi … Jimin iltimos m..meni tashlab ketma o'ldiradi … meni o'ldiradi !

- quloqlarim ostida singlimning so'nggi mana shu so'zlari hali ham eshitiladi, ba'zan kechalari Namraning yordam so'rab qichqirishlarini eshitaman, quloqlarimni qo'llarim bilan qattiq yopib olaman Namra yonimga oq libosda keladi yana o'sha so'zlarni qaytaradi … - u meni o'ldiradi …

Jiminning yuziga yosh tushadi ammo u gapida davom etadi, Taehyung uni diqqat bilan tinglardi sevgilisi haqida u bemalol uning egizagi bilan gaplashish juda yengil edi.

- Namraga tinchlantiruvchi dori berdim, u birozdan so'ng uhlab qoldi menga esa undan … Yunadan qo'ng'iroq bo’ldi. O'sha vaqtlari Yuna dadasi bilan yolg'iz yashardi, otasi ba'zan ichib kelib unga qo'l ko'tarardi Yuna menga yig'lab qo'ng'iroq qildi. Otasi unga tarsaki tushirganini aytdi, men jaxlimni bosolmadim va uydan otilib chiqib ketdim. Yunani oldiga borib uni uyidan olib ketdim va ijaraga boshqa uyga joylashtirdim. Namra qulupnayni juda yaxshi ko'rardi, do'konga kirib unga qulupnay sotib oldim kayfiyatini ko’tarish uchun … Uyga qaytdim qo'limdagi kalit bilan uy eshiklarini ochib ichkariga kirdim, singlimni chaqirishni boshladim :

- Namra ! melegim qani men senga nima olib kelganimni ko'rchi - deb tabassum bilan uy ichiga kirib borar ekanman qarshimdagi katta stol ustiga … Namraning o'lik tanasi … - Jimin shu so'zlarni aytishi bilan yuzlari qizarib ketdi va yig'lab yubordi. Taehyung ayni damda shok holatida edi, chunki u Namraning o'lganini bilardi, qay tarzda o'lganini emas. Yigitning yuzlarida deyarli quruq joy yo'q, ko'zlaridagi yosh to'xtamay oqardi, qalbidagi og'riq pasayish o'rniga battar kuchaydi. Uni hozir na Jiminni ovutishga kuchi yetadi, u shunchaki joyida qotib qoldi.

- Tushunyabsanmi Taehyung ! sen meni aybdor deb to'g'ri aytgansan ! MEN ! MEN TASHLAB KETDIM MEN AKA EMASMAN ! MANA NEGA MEN O'ZIMNI AYBDOR DEYMAN, CHUNKI BU HAQIQAT MEN MEN O'LDIRDIM SINGLIMNI O'LIMIGA MEN AYBDORMAN - Jiminning qichqiriq shu so'zlari Taehyungni yuragini teshib o'tdi. Lekin u alamli tabassum bilan o'rnidan turdida do'stini bag'riga bosdi.

Taehyung va Jimin

U Jiminning quloqlariga yaqin kelib shivirladi :

- Aybdorlar safida Taehyung va Jimin - degancha Taehyung mayus va og'riqli jilmaydi. Ular 2 daqiqa shunday turishdi va yana qayta joylariga o'tirishdi.

- O'shanda men Namrani shifoxonaga olib bordim chunki u hali o'lmagan edi, ammo nafas olishi zaif usti boshi qon, operatsiya 4 soat davom etdi ammo javob " Saqlab qololmadik ". U o'ldi …

Taehyung POV :

γ…‘ O'rningga men o'lsam bo'lmasmidi … Yagonam kechir meni himoya qila olmaganim uchun. O'liming bunchalik daxshatli ekanini 5 yildan so'ng bilyabman, shunchaki meni kuchim yetmayabdi sensiz kun o'tkazyabman ammo tobora kuchsizlanaman men seni abadiy sog'inaman …

- for Namra.

Jimin mana endi ko'z yoshlarini alam bilan artdi va ko’zlarida olov chaqnay boshladi.

- Taehyung u o'lmadi … uni o’ldirishdi. Bu qotillik edi - Jiminning bu so'zlari Taehyungni qo'llarini musht bo'lishiga sabab bo'ldi, uning ko'zlaridagi olov butun dunyoni ostun ustun qiladigan darajada qattiq va kuchli.
- Men seni topaman ! - dedi Taehyung qotilni hayolidan o'tkazib.
- Men u ablaxni 5 yildan beri qidiraman - dedi Jimin

Jimin

- Politsiya o'sha odamni o'ligini topishganini aytgan ammo bunga ishonish qiyin balki bu rostdir men bilmayman - Jimin biroz sochlarini ortga olib chuqur nafas chiqardi.
- Men nafas olishni istayman, odamlar menga buni taqdir deb aytadi men bunga ishonishni istayman.

Taehyung qizarib ketgan ko'zlarini yumib boshini ortga tashlab nafas ola boshladi.

- Jimin singlingni unutolmayman ammo uni o'limini unutishni xohlayman, balki hammasini boshidan boshlash vaqti kelgandir - dedi u qo'llarini siqib.

- Vaqt allaqachon kech bo'lgan, kel hayotga qaytamiz do'stim - dedi Jimin Taehyungga qo'l cho'zib tabassum qilgancha. Bunga javoban Taehyung ham tabassum bilan uni qo’lidan tutdi.

- Kel hayotga qaytamiz !

Taehyung va Jimin

9-qism tugadi