January 20

Samolardan balandda

​" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare

Agar bu dunyoga faqatgina " O'lim " - deb atalmish sabab uchun kelgan bo’lsakchi? Bunda hayot bizga qarzdor bo'la olarmikin? U qarzini qanday to'laydi…?
Kechagi tun avvalgilariga qaraganda hissiyotga boy va qandaydir sirli kechdi. Tushim ham g'ayri oddiy edi, umuman olganda men uncha ko'p tush ko'ravermayman ammo kechagi tushim xuddi hayotda ro'y bergandek yodimda qoldi. Men bog'da edim, moychechaklarga to'la maskanda. Bu gullarni nima uchun sevishimni bilmayman, ammo ularni ko'rganimda xuddi ularda menga nisbatan sevgi ufurib turadigandek bo'laveradi. Qo'llarimni cho'zib ularga qo'l tekkizmoqchi edim hamki qarshimda to'satdan bir yigit paydo bo'ldi. Yuzi aniq ko'rinmasdi, u qora rangga mutloq burkangan. Negadir yuragimda qo'rquv degan so'z jumbushga keldi. Oyoqlarim ortga qadam tashladi. U boshidan oyog'igacha qora rangda kiyingan, yuzi ham berk, faqat jigarrang ko'zlarigina bu tubsizlikda chaqnab turibdi. Bo'y-basti salobatli, mendan ko'z uzmay turardi. Undan hayiqib ketdim. Bir zum bir-birimizdan ko'z uzmay tikildik, keyin esa u ko'zlarini moychechaklar tomon yo'naltirdi va ulardan bir juftini uzib menga qaradi, so'ng men tomonga yaqinlasha boshladi. Men bir uning ko'zlariga, bir qo'lidagi moychechaklarga qarardim. U qarshimda turganida yurak urishim tezligini haqiqiy hayotda ham his qildim. U men tomon qo'lidagi moychechaklarni uzatdi. Men gullarga qarab qotib qoldim. So'ng uni ko'zlariga qaradim, bu salobatli yigitning ko'zlari nima uchun bunchalik mayus? Hayron edim. Moychechaklarni olish uchun qo'l cho'zganimda birdan gullar qonga belanib ketdi. Oppoq gullar qon bilan burkandi, shunda boshimni o'sha yigitga qarata ko’tardim. Uning ko'zlaridan bir tomchi yosh oqib tushdi… shunda qo'rquv bilan soat 4:27 da uyg’onib ketdim. Va qayta uhlay olmadim.
Xonamdan ko’chaga tikilgancha soatlab o'tirdim. Soat 9:00 da ishga borishim kerak. Birdan xonamga Jinri bostirib hovliqib kirib keldi.
- Rani!! Rani yur yur men bilan!!! - u qo'limdan tortqilagancha qaysirdir xonaga yetakladi.
- Bunga qara! - u televizorni ishora qildi. Ko'zlaridagi vahima sabab tezda yangiliklar aytilayotgan televizorga e'tiborimni qaratdim.

« 7-mart kuni kecha tunda Seulning Toegyero ko'chasida yana bir daxshatli qotillik yuzaga kelgan. Ma'lum qilishlaricha jasadning peshonasidan vaxshiylarcha otib tashlashgan. Bu qotillik haftadagi ikkinchisi deb topildi. Va ikkisi ham bir manzilda sodir bo'lmoqda. Hozirgi tahminlarga ko'ra buning sababi va aybdorlar topilmadi. Iltimos Toegyero turargohida istiqomat qiluvchilar ogoh bo'ling, iloji boricha vaziyat yopilmaguniga qadar uylaringizdan chiqmasligingizni so'raymiz! »

Ikkimizning ham etimiz junjikib ketdi. Qo'rquvdan xatto tanamdan sovuq ter ham chiqti. Jinri ikkimiz bir-birimizga qarab tildan qoldik.
- Biz Toegyeroda yashaymiz.. - dedi Jinri titragancha.
- Rani agar keyingisi biz bo'lsakchi?
- Aljirama! shundoq ham yuragim tovonimda! endi nima qilamiz?
- Qo'rqyapman.
- Men ham, balki vaziyat yumshaguncha senikida yashab turarmiz? - dedim unga.
- Yo'q! meniki bo’lmaydi.
- Nega? - qoshlarimni chimirgancha unga olayib qarab qo'ydim. Dugonam aybdorona o'zini o'qqa cho'qqa urar ekan asab tolalarim qisqarib ketdi.
- Gapirsangchi?!
- Men.. 4 oylik ijara pulini to'lamaganman.. agar uy egasi ko'rib qolsa meni so'yib tashlaydi nima qilay?! - sochlarim tikka bo'lib ketdi.
- Yo'q sen aqldan ozganmisan! nima qilding shuncha vaqt??
- Go'zallik saloni uchun ishlatdim.. tirnoqlarimga qara.
- Shu tirnoqlaringni deb ertaga yoki bugun qotillarga tayyor o'lja bo'lmasak bo'lgani! - ko'zlarimni suzdimda xonamga kirib ketdim. Bunaqada ishga kech qolishim tayin. Tezda tayyorlanib uydan yugurgilab chiqib ketdim. Quloqlarimga quloqchinimni tiqqancha boyagina eshitgan qotillik haqidagi xabarni esimdan chiqarishga urindim. Atrofda odamlar kam ehtimol hozir hamma tashqariga chiqishga qo'rqib qolgan. Menku qo'rqmayapman deya olmayman, albatta qo'rqyapman. Lekin ishga borishim qo'rquvimdan ustunroqda. Yo'qsa haydalib ketishim tayin.

- Kech qolding! - tanbeh bera ketdi xo'jayinim kelishim zahoti o'qrayar ekan.
- 10 daqiqa holosku janob Narang.
- San'at hech qachon kutib turmaydi, u besabr. Sen esa bosh ro'ldagi aktrisasan unutma! bundan fahrlanishing kerak. - uqtirdi xo'jayinim. Uning gapida jon bor. To'g'ri janob Narang qattiqqo’l, u meni xo'jayinim. Aytgandek, Narang sohib aytganidek men mana shu teatrda aktrisaman. Bizning teatr Seuldagi eng mashxur va eng zo'rlaridan deb aytolmayman. Ammo o'ziga yarasha mashxur va ajoyib edi. O'z ishimni yaxshi ko'raman, doim turli ro'llarda o'z mahoratimni ko'rsatib odamlar olqishini eshitishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak men uchun. Yaqin orada teatrimiz tomonidan yangi spektakl ko'rinishi rejalashtirilgan. Bu aftidan bizning teatrda qo'yilgan - eng yaxshisi va eng a'losi bo'ladi. Chunki bu safar biz - Rameo va Julietta tragediyasini tanladik. Eng hayajonli tarafi esa Julietta obrazini men gavdalantiraman. Tan olaman qo'rquv yuqori darajada, ba'zida kechalari bilan uhlamay tayyorlanaman. Julietta… uni his-tuyg'ularini o'zimda kechirib ko'rmagunimcha uni tushunolmasam kerak.
- Raniya xonim! - uzoqdan spektakl ishtirokchilari meni chaqirishdi.
- Bugun kechgacha tayyorgarlik qilib ko'rishimiz shart! Tomoshaga bor yo'g'i 2 hafta qoldi biz esa haligacha tayyor emasmiz bu qanaqasi! - o'shqirdi janob Narang.
- Libos ishlari bo'yicha bir ikkita muammolar hal qilinmagan, va spektakl uchun bor yo'g'i 5 million von ajratilgan. Bu yetmaydi.. - ma'lumot berdi mening sahna hamkorim Lee Tein. U Rameo ro'lini ijro etadi, ko'rinish jihatidan ancha kelishgan, sutdek oppoq va qirmizi labli yigit. Ba'zida men bilan suhbatlashib turadi, doim yordamga tayyor juda xushmuomila.
- Shuning uchun teatrimizga boy bir insonni taklif qildim. Agar unga ishimiz yoqsa bizga hamkor bo'ladi… agar aksincha bo'lsa aniq bu teatr yopilib ketadi. Va biz honavayron bo'lamiz.. - o'ksinadi xo'jayinim kichik teatrimizning har bir burchagiga ko'z tashlar ekan, mehnatlari uchun achinib. Yuragim hayiqib ketdi, atigi bir yildan beri bu yerda ish boshlagan bo'lsamda teatr hayotim mazmuniga aylanib ulgurgan edi.
- Tein, Raniya ikkingiz ertangi ko'rinish uchun yaxshiroq tayyorlaning! Biror nojoyi ish bo'lsa maoshingizdan kesib tashlayman! - janob Narang do'q qildida raqqosalar ishini tekshirishga ketdi.
- Qani yaxshiroq ishlang! ishyoqmaslar!

Shu bilan kechqurun soat 22:48 larda ishimizdan ozod bo'ldik. Qanchalik tez ketishga harakat qilsam, janob Narang shuncha ko'p tayyorlantirar edi. Ba'zan uyga tongda borgan vaqtlarim ham bo'lgandi, ammo bugungi qotillik xabarlaridan so'ng kechasi ko'chada yolg'iz yurishga qo'rqayotgandim. Kamiga boyagina Jinri qo'ng'iroq qilib sinfdoshlari bilan qayergadir dam olgani ketganini xabar qildi. Oyim ham yo'q… sumkamni olib teatr chiqish eshigi oldida turib qoldim. Negadir ko'zlarim yoshlana boshladi, bu ulkan va beshavqat dunyoda yolg'iz o'zim qolib ketganim uchunmi yoki ko'chaga chiqqani qo'rqayotganim uchunmi anglolmadim. Shu vaqt baxtimga qayerdandir Tein kelib qoldi. Ayni damda u ko'zimga farishta qiyofasida ko'rinib ketdi.
- Hoy Kang Raniya! uyingga ketyapsanmi? - Tein qarshimga kelib turdi.
- Ha endi ketmoqchi bo'lib turgandim, senchi?
- Men ham ketyapman, a.. haligi.. - yigit biroz bosh qashlab duduqlanardi, negadir uni bir zum mendan uyalyapti degan hayolga borib qoldim.
- Nimadir demoqchimisan?
- Haligi.. kuzatib qo'ysam qarshi emasmisan? - ayni ichimdagi gapni aytdi. Qo'rquvdan o'lay deyapman taklifiga yo'q deyolarmidim.
- Albatta nega endi yo'q? Xursand bo'lardim. - Teinni yuzi nurdek yorishib ketdi. Ikki yuzi olmadek qizarib ketganiga ahamiyat bermaslikka urinishni boshladim. Mashinasi yo'qligini ko'chaga chiqqanimizda yer tagiga kirib ketay degancha aytib o'tdi. Piyoda meni uyim taraf yurdik, yo'l ancha uzoq va bu vaqtda taxi topish ham qiyin kechdi. Yo'l bo'yi Tein menga bir nimalarnidir gapirib kelar, men esa xuddi o'zimni eshitayotgandek tutib bosh irg'ab qo'yardim. Tushunib, eshitgan yagona narsam uning bir do'sti sevgani bilan ajralibti. Bu menga nega qiziq hayronman. Vanihoyat biz mahallamizga yetdik, yana meni allaqanday qo'rquv chulg'ab oldi. Hozir kimdir kelib ikkimizni o'ldirib ketsachi? Qo'rquvdan muzlab qoldim, shunda Tein ustidagi jaketini yechib meni ustimga yengil yopib qo'ydi. Uyalganimdan qayerga qarashni bilmay, unga shunchaki kulib qarab qo'ydim.
- Bu bizni birinchi birga sayr qilishimiz bilasanmi? - dedi Tein hayollar og'ushida.
- Sayr? - dedim ajablanar ekanman.
- A.. demoqchiman uyingga kuzatib qo'yishim.
- Shunday. - suhbatni tezda yakunladim, u o'zini odatdagidek tutmayotgani uchun o'zimni noqulay his eta boshladim. Vanihoyat uyimga yetib keldim, Teinga tazim qilib rahmat aytib tezroq juftakni rostlamoqchi edim u meni bilagimdan ushlab to'xtatdi.
- Kang Raniya! haligi… senga bir gap aytmoqchiman. - yigit hayajondan titray boshladi. Men unga boshdan oyoq nazar tashladim. U menga nima demoqchi? Shunchalik muhim.
- Qanday aytsam ekan.. seni ertaga ishdan so'ng kechki ovqatga taklif qilmoqchi edim.

Hayron qoshlarimni ko'taribman, u battar uyalib ketdi. Nima shunda bu uchrashuvmi? Og'zim ochildiyu, biror nima deyolmadi. Ahmoqona harakatlarimni deb uni ham noqulay vaziyatga tushirib qo'ydim. Ikkimiz ham noqulay vaziyatdan chiqolmay hunob bo’ldik. Ammo endi men javob berishim lozim. Lekin unga nima deyman?

- A.. bu kutilmagan taklif bo'ldi. - chaynaldim.
- Shunchaki kechki ovqatmi? - tushunsam ham o'zimdan ahmoq qiyofasini yasab oldim. U ham yelka qisib qo'ya qoldi.
- Unda ertaga javobimni aytaman.
- Yaxshi.. seni kutaman. - Men unga jaketini yechib, tutqazdim tezroq ketishini ishora qilgandek. Tein menga qo'l siltab o'zi ortiga qaytib ketdi. Men ham uyga yugurgilab kirib ketdim. Uyga kirgach sovuq dush qabul qildimda, bor og'irligimni yotog'imga tashlab o'ylay boshladim. Uyda bir o'zim edim, xatto derazani ochishga cho'chirdim. Teinni taklifini ham o'ylayapman, Jinri bo'lganida nima degan bo'lardi? - O'ylanadigan narsa emas u bilan uchrash! - degan bo’lardi aniq. Tein bilan shu vaqtgacha doim yaxshi munosabatda bo'lganmiz, ko'p spektakllarda birga ro'l o'ynaganmiz. Ba'zida tomoshabinlar bizni bir-birimizga mos ekanimizni aytishardi. Rameo va Julietta obrazini ham biz ikkimizga berishganida u shunday quvondiki, bir on u Rameo bo'lgani uchun emas men bilan juft bo'lgani uchun xursand bo'lyapti deb o'ylab qoldim. Uni rad etishim uchun o'ylashimcha hech qanday sabab yo'q.. u yaxshi yigit, kelishgan, mehribon. Bir nima deyolmayman, ichimdagi bir tovush doim meni ortga tortib turadi.

Han daryosi, soat tungi o'n birlar atrofida doimgidek uyoqdan-buyoqqa kelib ketayotgan suv oqimi. Yengil shamol, biroz sovuq bo'lgan havo va bu shamolga o'zini tutib turgan yigit tashqi tarafdan sokin ko'rinsada, ammo butunlay qonga belangan qo'llarini u doim shu suvda yuvishini hech kim bilmasdi. Mayin sovuq shamol uning tim qora sochlari bilan o'ynashar, daryo hidi esa uning ichidagi vulqonni biroz bo'lsada bosishga ko'maklashayotgandi.
- Shamollab qolasiz.. - Jimin ort berib o'z hayollari og'ushiga g’arq bo'lgan boshlig'ining oldiga keldi. Yigit hanuz lom-lum demasdi, qo'llari muzlab qolgan bo'lsada joyidan qimirlamadi. Bu savlat, bu bo'y, bu sochlar, bu nigoh o'tkirligi va chuqurligi xatto shu daryo qaridan ham chuqurroq edi. Jimin og'ir yutundi.
- Nimalarni o'ylayapsiz?
- Ertangi kunimizni Jimin… ertaga qancha qon to'kishimizni.. - yigit Jiminga o’girilib so'ng mashinasi tomon yurib ketdi. Ortidan Jimin ham bordi va rulga o'tirdi.
- Yangi partiya tez orada keladi, yangi joy topishimiz kerak janob, iloji boricha tezroq.
- Won bilan qidirib ko’rdingizmi?
- Ha bir qancha variantlarni ham saralab chiqdim, avvalgisidan ishonchliroq bo'lmasa bu safar pand yeyishni istamayman. - shivirladi Jimin. Yigit umuman Jiminga qaramasdi, na uni tuzuk eshitardi, na qarardi.
- O'z yigitlarimizdan ham sotqinlar chiqyapti, qardoshmiz, jondoshmiz deganlarimiz ham bizga oyoq qo'yishyapti.. bugunning o'zida 3 tasini tutdik.
- Kim?
- Gun, Sangho va Gihun. - ikkilanibgina yuz o'girdi Jimin. Boshliq yuzini yerga qaratdi va o'z ukasidek bo'lib qolgan Jiminga yaqinroq keldi.
- Farqi yo'q… ular orasida sen bo'lmasang bo'lgani. - va Jiminning o'ng yelkasiga urib qo'ydi. Mamnun va hijolatomuz jilmaygan Jimin xo'rsindi.
- Ularni nima qilay? esingizda bo'lsa Gihunning singlisini shaxsan o'zingiz chet elga o'qishga jo'natgan edingiz, Gunni esa butunlay pul bilan siz taminlagansiz. Bu itvachchalarni…
- Eski omborlarimizdan biriga hozircha olib bor, ertaga o'zim shug'ullanaman.
Jimin mashinani haydagancha Seulning qorong'u ko'chalaridan to'g'ri boshliqning manziliga ketdi. Yo'l bo'yi oynadan tashqarini kuzatib ketayotgan yigit kecha tunda Toegyero ko'chasida Raonni qanday o'ldirganiyu, Raonning so'nggi so'zlarini yodiga oldi.

" Senlarda ham yurak borku axir!!! "

- Kecha Raon menga qarab, senlarda ham yurak bor deb aytganini eshitdingmi? - gap boshladi boshliq.
- U shunchaki qattiq qo'rqib ketgan edi. - Jimin mashina boshqargancha yo’lga qarab dedi.
- Menimcha u adashdi.
Jimin kulimsiradi.
- Sevib qolsangiz shu gaplaringizni eslaysiz janob.
- Meni sevib qoladi deb o'ylamayotgandursan? - qattiq ohangda o'shqirgan boshlig'idan cho'chib tushgan Jimin hoda yutgandek jim bo'ldi.
- Yo'q demoqchi edimki men ham sizdek o'ylardim avval, keyin Doonani uchratdim mana qarabsizki hozir dunyodagi eng romantik yigitman. - tirjaydi Jimin.
- Sen bilan farqimiz katta. - u boshqa gapirmadi. Cho'ntagidan tamakisini qo'liga olib lablari orasiga soldi va qarshisidagi binoning tepa qavatiga bir ko'z tashlab o'tib ketdi. O'tkir tamaki hidi mashina ichida yoyildi. Yigit sochlarini ortga tarab, tamakisini pufladi. Bir necha soniyadan so'ng mashina Toegyerodan chiqib ketdi. Bu vaqtda esa Damryeongning nigohi tushgan binoning aynan o'sha derazasi ortida kichik teatr aktrisasi o'z hayollariga berilib uyquga ketdi. Aksar hikoyalar borki… taqdirning o'zi bizni o'zi istagan inson tomon yetaklaydi. Zero bizning istagimiz tubdan farq qilsada.

#Muallif - Kang Raniya