Samolardan balandda
" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare
Vaqt tongning quyosh chiqish daqiqalarini ko'rsatib tovush chiqardi. Tongimni yaxshi kayfiyatda ottirib 2 kundan buyon bormagan manzilim tomon bordim. Spektaklimizga homiylik qilishni kim bo'yniga olgan bo'lsa ham unga albatta minnatdorchiligimni bildirishni o'zimga maqsad qildim. Kayfiyatim a'lo darajada bo'lgani uchun ham kelishim bilan Tein bilan chala qolgan kechligimizni bugun qilishga so'z berdim. Bugun biz qo'yilishi kerak bo'lgan ba'zi " Rameo va Julietta " romanidagi sahnalarni ilk marta o'zimiz sahnalashtirib ko'ramiz. Shu sabab kiyimimni alishtirish uchun doimgi men uchun ajratilgan xonamga kirib ketdim. Menga berilgan qaymoq rang, etaklari jingalak bo'lgan va juda nafis ko'ylakni egnimga kiydim. Uning yenglari hiyol hilpirar yoyilgan sochlarim bilan juda tabiiy mos ko'rinardi.
- Raniya biz tayyormiz. - ma'lum qildi Sohyun, qizni ko'ylagiga boshdan-oyoq nazar tashlar ekan.
- Xuddi malikalardek.
Raniya o'ziga nisbatan aytilgan maqtovdan jilmayar ekan oyog'idagi oq tuflini qulayroq kiydida Sohyunning ortidan sahna tomon ketdi.
- Sizlarni yana bir bor teatrimizda ko'rganimdan ochig'i xursand bo'ldim. - hammani ko'zdan kechirib suhbatni boshladi Narang. Raniya va Sohyun ham ularga qo'shilib turib oldi. Katta teatr sahnasida ular qizil parda ortida tayyorgarlikni boshlashdan avval o'zaro kichik majlis deb bo'lmaydigan ma'lumotlarini bo'lishishdi.
- Omadimiz chopgan ko'rinadi, hamkorimiz bizning spektaklga homiy bo'lishga roziligini bildirdi. - Narang shunday deyishi bilan hamma baravariga qarsak chala boshladi. - Ammo! u avval bizni mahoratimizni o'z ko'zi bilan ko'rishi lozim, u birozdan so'ng shu yerda bo'ladi. - yutundi erkak bir qoshini yuqori ko'targan ko’yi, gapida davom etib.
- Unga nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatib qo'ying! Myeongdong jamoasi olg'a!
Yana hamma baravariga qiy-chuv qilar ekan, spektaklning ilk sahna ko'rinishi boshlandi. Spektakl hikoyachisi o'z nutqini ravon so'zlar ekan, asta-sekin Gregory va Sampson rolidagi aktyorlar sahnaga qadam tashlab chiqa boshlashdi. Raniya bir qancha vaqt ularni parda ortida kuzatib turdi, so'ng u ko'rinish beradigan sahna hali beri kelmagani bois qahva ichish uchun ichkariga kirib ketdi.
Myeongdong teatri qizil yozuvlari ko'rinish berganidan so'ng BMW rusumli mashina chuqur tovush chiqargan ko'yi joyida to'xtadi. Eshik hiyol ochilar ekan qora ko'zoynak taqqan, sochlari tim qora jingalak, bo'ylari baland, qoshlari kamon simon yoyilgan va egnida qora kiyimi uni yanayam savlatli qilib ko’rsatib turgan yigit mashinadan tushdi. Bugun u yolg'iz, hech qanday haydovchi va hech qanday yordamchi yo'q. U aynan bugun yolg'iz ko'rishni istadi. Uni shu teatrga hamkor bo'lishga majbur qilgan, necha kundan buyon hayollarini chulg'ab olgan his bilan yolg'iz yuzlashib ko'rgisi keldi. Yigit dadil qadamlarini bosgancha kichik, ko'rimsizgina bo'lgan teatr ichi tomon yurdi. Ichkari bo’ylab kirib borar ekan birinchi navbatda ko'zlari sahna o'rtasida janjal qilayotgan, 1300-1400 yillarda odamlar kiyadigan liboslarni kiyib olgan aktyorlarga tushdi. O'zaro kichik tayyorgarlik bo'layotganini tushungan yigit shunchaki joyida ularni kuzatib turishdan boshqasiga o'tmadi. Ammo bir ikki soniyada o'zining ismini uzoqdan eshitgan zahot o'sha tomon qattiq, va qo'rqinchili nigohini ko'tardi.
- Janob Kim Damryeong! marhamat qiling, xush kelibsiz. - pardalar o'tib yigit tomon yaqinlashib keldi Narang soxta mulozamatlarini yo'l-bo'yi valdirab kelgancha. Damryeong unga javob ham qaytarmaydi, chunki u ko'ringani kabi ko'ngilga xush yoqadigan erkaklardan emasligini juda yaxshi biladi.
- Shaxsan o'zingiz ko'rishni istaganingizdan boshim osmonga yetdi ochig'i. Sizga eng muhim sahnalarimizdan kichik parchani ko'rsataman. Marhamat o'tiring.
- Umid qilamanki, vaqtim besamar ketmaydi. - Damryeong sahnadan birozgina uzoq bo'lgan, ammo tomosha yaxshi ko'rinadigan qizil rangli o'rindiqlardan biriga o'tirdi. Nigohlari jiddiy, tirsagi o’rindiqqa suyangan ko'yi lablarini yengil silab tomoshani kuzatar ekan, ahmoqona tuyila boshlagan bu tomoshada u o'zini juda zerikarli his etayotgandi.
- Hayvonot bog'idagi hayvonlarni tomosha qilayotgandekman. - esnagan yigit bir zum qilgan qaroridan endi afsuslanishni boshlagan edi. Ammo beparvo ko'zlarini pirpiratgan yigitning ko'zlari keyingi sahnada paydo bo'lgan qizga tushar ekan yumilish haqida xatto unutib qo'ydi. Ha, bu o'sha kun u uchratgan qiz edi. Mana endi yigit uchun qiziqarli sabab paydo bo'ldi, u qaddini tiklab qulayroq o'tirib olar, lab chetida mayin jilmaygan ko'yi qizning mahorat bilan ijro etayotgan ro'lini tomosha qila boshladi. Raniya qaymoq rang ko'ylakda, sahnada vazminlik bilan raqs tushardi. Bu romanning " Kapuletti uyidagi maskarad balida Julietta ijro etgan raqs " sahnasi edi. Rameo Juliettani ilk uchratgan sahna…
Raniyaning nafis qo'l harakatlari, har-bir harakat mobaynida ohista jilmayib qo'yayotgan lablar…, qalin qora qosh kamon simon, uzun kipriklar shundoq o'zining chiroyini ifodalab turardi. Qiz sahnadagi boshqa aktyorlarni go'yo o'z go'zalligi bilan yo'qotib yuborgan edi. Yigit undan boshqa ijrochilarga umuman qaramas, zero bu sahnada aynan o'sha romanda yozilgani kabi tasvirlangan boshqa qizlar, ochiq sochiq ko'ylaklarda o'ynamoqda. Ammo janob Kim Damryeongning ishqi xuddi Rameo singari sahnadagi o'zining Juliettasiga tushdi. Tein sahnaga o'sha oshiq yigit Rameo rolida qadam tashladida Raniyaga qarab romanda aytilgan so'zlarni endi aytishga chog'landiyu bu so'zlar boshqa tarafdan eshitildi.
- Men ilgari hech qachon haqiqiy go'zallikni ko'rmagan ekanman…
Yo’q. Bu so'zlar Tein tomonidan aytilishi kerak edi. Axir bu Rameo Juliettaga aytgan so'zlar ediku. Ammo bu Kim Damryeongning lablari orasidan ixtiyorsiz chiqdi. Hammaning nigohi baravariga tomoshabinlar o'tiradigan joyga qaratildida, Raniya mana endi o'ziga qarata qotib qolgan nigohlarga e'tibor berdi. Bu tanish chexrani qayerda uchratgan? Nega xuddi bu yigitning so'zlari unga shunchaki romandagi so'zlar kabi emas, haqiqiy hayotda Raniya uchun aytilgandek tuyildi?
- Ohhh janob Kim! romanni o'qiganmisiz? - Narang tezda sahnadan tushib yigit tomon hayratomus yurib keldi. Albatta hayratlanarli, kimsan qotil, mafia narko biznesi qirollaridan biri Ramoe va Julietta romanini mutolaa qilgan ekanmi?
- Yo'q unday emas.. men shunchaki o'sha sahnani eshitganman. - Damryeong mavzuni burgancha Raniyadan ko'zlarini olib qochishga urinar ekan ammo bu safar qizning nigohi hech boshqa tomonga qaray demasdi. Aslini olganda Damryeong hech qachon " Rameo va Julietta " romanini o'qimagan, va xatto eshitmagan. O'sha so'zlar romanniki emas… yo'q!
- Balki Rameoni o'zingiz o'ynarsiz. - yoqimsiz, qora tishlarini ko'rsatib mazaxona tovush chiqardi Narang badbo'y ichimligidan ho'plar ekan. Teinning qaxrli ko'zlari boy hamkorga tushdi. U so'zlari boshqa odam tomonidan aytilgani, va aynan Raniya uchunligi uni jaxlini batafsil chiqara yozdi. Damryeongning ko'zlari yana qizda. Ular nega bir-biriga bunday qarab qolganini xatto anglashmasdi. Hech kim bunga e'tibor qilmadi, ammo Narangning sinchikov tomoni mavjud. Va bu aynan unga hozir juda kerak. Avvaliga erkak Damryeongga so'ng esa u tikilib qolgan qizga qaradi. Bundan nimanidir ko'zlagan bo'lgan ko'yi Narang tulkisimona jilmayib qo'ydi.
- A.. tanishtirishga ijozat bering. - Narang Raniyani ishora qilar ekan, Kim Damryeongning e'tibori aynan unga tushgani uchun qizga mamnuniyat bilan kuldi.
- Bu bizni sahnamiz Juliettasi.. - yigitning chuqur tikilishi qizni yurak ritmini tezlashtirar, noqulaylikdan qo'llarini bir-biriga jipslashtirib oyoqda zo'rg'a tik turardi.
- Kang Raniya xonim. - urg'u berdi Narang, ayyorona. Raniya tezda kichik tabassum qilgancha Damryeongning qarshisida tazim qildi. Yigit esa pinagina ham buzmasdi. U faqat o'ziga eshitilarli ohangda pichirladi.
- Demak… Kang Raniya xonim…
Narangning ishorasi bilan hamma ichkariga kirib ketdi. Ular qatori Raniya ham. Narang endi vaziyatni qo'lga oladi, Damryeong Raniya ko'zdan g'oyib bo'lgunicha undan ko'z uzmaydi. Ammo qiz qizil pardalar oralagan ko'yi ro'yodek g'oyib bo'ldi. Yigit og'ir nafas chiqarar ekan, keyingi navbatda qahrli yana o'sha holatiga qaytib yonida tixirlik qilayotgan Narangga ko'z tashladi.
- Menga spektakl yoqti.
- Atigi 3 daqiqalik sahnaning o'zidanmi? - mazaxona kuldi erkak. Ammo o'ziga qaragan ikkita qo'rqinchili o'limni yuziga solib turuvchi nigohni ko'rgan zahoti dami ichiga tushib ketdi. Damryeong o'rnidan qo'zg'aldi.
- Bugun kechqurundan teatrga bizning qurollar olib kirilishni boshlaydi, joyni hozirla. Odamlaringni ogohlantir.
Narang tazim qildi.
- Ha yana, Narang… agar biror bir sotqinlik isi dimog'imga kelib urilsa… - Damryeong erkakni iyagiga belida turgan qimmatbaho, ammo qo'rqinchili bo'lgan qurolni olib tiradi va gapida davom etdi.
- Ishonaver… oilangni kiprik qoqishga ulgurmay jasadini topishingni kafolatlayman.. - pichirladi. Og'ir yutungan Narang ko'ksidan otilib chiqay deyotgan yuragini his qilar ekan, Damryeong uni mazaxona tabassumi va kesatiq teginish bilan yonidan o'tib ketdi. Asabiylik va haqoratlanish hissi. U hech qachon bu yigitga bosh ko'tarib qaray olmaydi, hech qachon bu o'zidan kichkina bo'lgan bolakayga ovoz ko'tara olmaydi, sansiray olmaydi, tagi past yetimvachcha! - deya haqoratlay olmaydi. Aniqrog'i Kim Damryeongga hech kim bunday qilolmaydi. Bu o'lim tomon o'z oyog'i bilan yurib borishdek gap.
- Hali ko'ramiz.. Kim Damryeong. - Narangning uzoqdan parda ortidan mo’ralayotgan Raniyani ko'rishi bilan yuziga kulgu yugurdi. Sal avval Damryeong bu qizga qanday e'tibor qaratganini eslar ekan, g'arazli o'ylari yanayam kengayardi.
- Meni najot farishtam..
U kim? Nega unga qaraganimda ichimda allaqanday qo'rquv va bo'shashish hisi paydo bo'ldi? U shunchalik chuqur menga tikildiki, nafasim bo'g'zimga kelgandek bo'ldi. Titrab ketdim, balki u menga qaraganda allaqanday shavhoniy hislari uyg'onib qolgandir. Ahh jin ursin, esingni yig' Rani. Unday emas..
- Hoy Kang Raniya!
O'z hayollari bilan eshik oldida turib qolgan Raniya o'zining ismi eshitilgan tomon qaradi. Vaqt allaqachon kechki soat 20:32 ni ko'rsatib turibdi. Ish vaqti tugagan, Teinga berilgan va'da esa o'z kuchida. Qiz bergan va'dasini yodga olar ekan, ishtiyoqsiz hafsala bilan ho'rsindi. Tein uning yoniga keldi va bir qoshini ko'targancha jilmaydi.
- Ketsak bo'ladi.
- Yaxshi.
Yarim soat deganda ular Bukchon hududida joylashgan kichik va o'rtacha arzonlikda bo'lgan Yukjeon an'anaviy koreys taomlari tayyorlanadigan kafega kelishdi. Odamlar uncha ko'p emas, bu yerda zodagonlar umuman yo'q desa ham bo'ladi. Shisha oyna tashqarisidan kafening ichki tomonini yaqqol ko'rish mumkin. Sodda ammo o'zgacha hudud. Qiz ichkariga kirishi bilan ovqat hidi dimog'iga urildi, u o'zini noqulay his etadi. Bu yer, va uning sherigi uning qulay makoni emasdek.
- Kel o'tir. - Tein jentelmenlardek qiz uchun stulni ortga surdi. Raniya sekingina stulga o'tirdi. Keyingi navbatda esa Tein ham. Noqulay sukunatni ofitsiant qiz buzar ekan, Tein o'zi va qiz uchun ramyon va teokbokki buyurtma qildi.
- Bu yerning taomlari mazali.
- Ha, olib kelganing uchun rahmat.
- Senga ham. Xo'sh… ishga qaytganimiz uchun xursandmisan? - suhbatni boshlaydi Tein qiz bilan o'rtadagi noqulaylikni olib tashlash uchun.
- Ha albatta, boshqa ishda o'zimni tasavvur qila olmasdim, hamkor rozi bo'lgani yaxshi bo'ldi… - qiz gapirishdan to'xtaydi. U yana o'sha homiyning o'tkir, zulmatga botgan nigohlarini esladi va eti jimirlab ketdi.
- U menga g'alati tuyildi. - dedi Tein.
- Nega?
- Bilmayman, qarashlari shavhoniy… nima bo'lganda ham undan uzoqroq yur.
- Men qachon unga yaqinlashibman?
- Yo'q men shunchaki aytyapman, yaxshi odamga o'xshamaydi. - asabiylashdi yigit. Shu onda ovqatlari birin-ketin stol ustiga tahlanadi.
- Raniya… aslini olganda bu yerga seni faqatgina kechki ovqat uchun taklif qilmadim.
Yigit o'rnidan turib, biroz nariroqda turgan bir dasta gulni qo'liga oldi. Va qayta joyiga kelib o'tirdi.
- Bu senga. - gullarni qizga uzatdi. Qiz hayron tomog’idagi ovqatni yutolmay, hunob bo'lar ekan dastadagi lily gullarini qo'liga oladi.
- Buni uchrashuv deb hisoblamayman, ammo rahmat.
- Yo'q bu uchrashuv emas, uchrashuv uchun taklif. - davom etdi Tein, vaziyatdan zavqlangan ko'yi.
- Birinchi marta teatrda ish boshlaganimiz, va sen bilan ilk juft bo'lib ijro etgan ro'llarimiz vaqti.. seni sevib qoldim. O'zimda jur'at to'plashim qiyin bo'ldi, ammo bugun vaqti ekan. Endi cho'zib yurishni istamayman. Men bilan uchrashishingni sendan so'ramoqchiman. Kang Raniya… sevgan qizim bo'lasanmi?
Soat 20:34 larda ishdan chiqti. Yonida bir yigit bor edi, qorachadan kelgan, qirra burunli, sodda kiyingan. Ularni qay tarzda suhbat qurishiyu, ovqatlanishlari, va so'ngida yigit unga gul berishini hissiz kuzatib turardim. Negadir bu meni tishlarim bir-biriga qattiq bosilishiga sabab bo'lyapti.
- Bir ishorangiz bilan yigitni yo'qotaman.
- Shart emas.. balki yigitidir. Buni menga qizig'i yo'q ketamiz! - o'zini beparvo tutishga chunonan harakat qilayotgan yigitning tanasi negadir hislarini sotib qo'yardi. Jimin xo'jayinining o'zini tutishini zimdan kuzatgan ko'yi lablarini tishladi.
- Qo'llaringiz bunday demayapti.
Yigit musht bo'lib tugilib turgan qo'llariga nihol qarar ekan, o'zi bilmagan holda ularni bo'shatib Jiminga ko'z suzib qo'ydi.
- Bir ko'rishda qizni yoqtirib qolmadingizmi ishqilib? - Jimin atayin yana xo'jayinini noqulay ahvolga solishga urinadi. Lablari kulib yubormaslik uchun tishlandi. Zimiston ko'cha bo'ylab ikki yigit kechki sayr qilishar ekan, ularni ortidan odamlari ham qo’riqchidek yurishda davom etardi. Damryeongning ustida qora jaket, kunduzgidek rasmiy uslubda emas, sochlari ham taralmagan ammo kelishgan ko'rinadi. Qo'llari esa cho'ntagiga solingan, u juda kamgap ammo qo'rqinchili darajada sokin inson edi. Jimin esa aksi, u Kim Damryeongning eng ishongan odami, yo'ldoshi edi. Lablari bo'rtib chiqqan, sochlari uzun, bug'doycha yuz teri rangiga ega ko'rinishidan oddiy sodda yigitdek ko'rinadigan erkak.
- Aljirama! - ovoz ohangi balandladi.
- Unda nega qurol-yarog'larimiz xavfli yo'llar bilan omborga joylashtirilayotgan vaqti biz allaqaysi bir qizni ketidan kuzatib yuribmiz? Kamiga siz uni atigi ikkinchi bor ko'rishingiz bo'lsa? yoki ilk ko'rishdagi muhabbatmi bu?
Jimin darhol jim bo'ldi. Damryeongning qaxrli va o'limga tahdid qilib turuvchi nigohidan u doim hayiqib turgan. Negadir bugun uning kayfiyati yo'qqa o'xshaydi.
- Jimin.
- Jim bo'laymi?
- Ha!
- Ammo janob tushunishga urinyapman, miyamda ikkita tahmin bor, birinchisi siz ilk ko'rishdagi muhabbatga yo'liqqansiz, ikkinchisi esa qiz bechoraga shavhoniy ko'z bilan qaragansiz? bir marta tun o’tkazmoqchimidingiz?
Negadir bu safargi savollardan yigitning yuziga kichik tabassum yugurdi. U shunchaki Jiminning gaplarini eshitib yurishi davomida kuldi.
- Va rejangiz barbod bo'ldi uni yigiti bor ekan? - boshini yon tomonga egib xo'jayinga qaradi Jimin.
- Ikkinchi variant biroz to'g'riroq. - ahmoqona ammo Jiminni ishontirish uchun qo'llangan yolg'on.
- Demak siz qizni yoqtirib qolmadingiz, shunchaki uni…
- Ta'mini totib ko'rmoqchi edim desak to'g'ri bo'ladi. - dedi u. Keyingi soniyada atayin lablarini tishlar ekan Jiminning yuzi uni ko'rib burishib ketdi.
- U bilan aloqa qil…
Damryeong gapini yakunlashga ulgurmasidan Jimin ahmoqona yuz ifodasini xo'jayinidan uzib undan oldimlab ketib qoldi.
- Hooy hazillashdim qayoqqa?
- Umrim bino bo'lib sizdaka ablaxni ko'rmaganman! - orqa o'girmay baqirdi Jimin.
Kun juda og'ir o'tdi. O’ylarimni to'g'irlab olmasam bo'lmaydi, kechki ovqatdan so'ng charchagan tanamni uyga zo'rg'a sudirab olib kela oldim. Sumkamni bir burchakka otdimda, egnimdagi kiyimlarimni alishtirish uchun yechdim. Yengil tungi ko'ylagimni ustimga tashlar ekanman, ochiq qolgan derazamni yopib qo'ydim. Xuddi kimdir meni kuzatib turgandek noqulay bo'ldim. Jinrining yoniga borishga ham toqatim bo'lmadi. Teinga bergan javobim… Albatta rozilik bermadim, lekin rad ham etganim yo'q. Undan bunday dil izxori eshitishim hayolimga ham kelmapti, gangib qoldim. Bu haqida o'ylab olishim kerakligini aytib tezroq qochib qoldim. U yaxshi yigit, ammo unga nisbatan o'zidek hislar yo'q menda. Nega tobora kunlarim og'irlashib, qorong'u tumanga kirib ketayotgandek tuyilyapti? Bu nimadan dalolat beradi?…. Va yana o'sha homiy yigit. Uni yigit deb ham bo'lmaydi, savlati butun teatrni yutib yuboradigandek, butunlay qora. O'sha nigohlarni hech unuta olmayapman. Menga nima qildi?
Qiz kichik yotog'i ustida ko'rpaning tagiga kirib, bugungi kunini ham o'y-hayollari uzra tahlil qilar ekan zum o'tmay ko'zi ilinganini sezmadi.
Bir necha daqiqa avval Jiminga uni yolg'iz qoldirishini aytib o'zi aniqlagan manziliga yetib kelgan yigit bir necha qavat tepada joylashgan derazadan ko'z uzmay turdi. So'nggida esa xuddi o'sha derazaning qavatiga qarama-qarshi bino tomiga ko'tarildi. Bu binoning yuqori qavatidan yigit istayotgan uy ichkarisi yaqqol ko'rinib turardi. Yo'q, bugungi yerda hammasi tushunarsiz. U nega bu yerga kelganini, nega qizning manzilini aniqlaganini va nega uni kuzatayotganini o'zi ham bilmaydi. Qora ko'zlar pardalar ortida ko'ylagini yelkasi uzra pastga tushirib, ochiq tanasini ko'rsatgan qizda qotib qolar, undan na ko'zlarini olib qocholardi, na hayollari qizdan uzoroqqa keta olardi. Qizning oppoq yelkalari, qora rangdagi kichik kiyimlaru, tanasi va daryodek tinniq sochlar hiyol qo'zg'alar yigitning og'ir yutunib qo'yishiga majbur qilardi.
- Sen bilan nega bu ishlar sodir bo'layotganini anglolmayapman.- pichirladi Damryeong Raniya derazasini yopganini kuzatib turar ekan.
- Balki bu shavhoniy hislarimdir… ammo men bu tanaga, intilmadim. Hayotim davomida qanchadan qancha mukammal ayollaru, ularning har qanday erkakni hissini qo'zg'atuvchi tanalarini ko'rdim. Ammo hech biri… hech kim menda bunday hisni uyg'ota olmagan. Bu meni yeb bitiryapti, savolimga javob topishni istayman. Seni kuzatish, kim bilan, qayerda kimlar bilan uchrashayotganing, nimalarga qiziqasan?, qanday ovqatlarni yoqtirasan?, sevimli guling qaysi? Yoqtirgan rang, film hammasiga qiziqyapman. Bularni bilgim kelyapti, ammo… bizning o'rtamizda katta to'siq mavjud. Men senga nisbatan qanday hislar kechirayotganim menga qorong'u. Bu nima - shunchaki qiziqish?, o'tkinchi hislar?, shavhoniy munosabat? - yoki sevgimi?…
Damryeong so'nggi marta qizning derazasi tomon qarab qo'ygan ko'yi, yana binoning pastgi qavatiga tushdi va bu yerni tark etdi. Bu yigit qadam bosgan har qanday yer - do'zaxga aylanadi, uning atrofini zulmat o'z qariga tortadi. Va eng qorong'u tomoni esa - so'nggida bu yo'ldan chiqib ketish imkonsiz.