Samolardan balandda
" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare
- Homiyimiz juda kelishgan ekanmi?
- Siz ham uning mukammal ko'rinishiga e'tibor berdingizmi? u aftidan biznes sohasining yuqori vakillaridan bo'lsa kerak?
- Bunday deb o'ylamayman menimcha u otasining merosxo'ri bo'lsa kerak.
- Nima bo'lganda ham juda kelishgan qora muhit taraladi.
- Lekin qo'rqinchili ekan… nigohi haddan ziyod qahrli.
- Ha xatto kimsan Narang sohib ham uni oldida mushukchadek muloyim bo'lib qolyapti. Raniya biror nima desangchi. - qizlardan biri burchakda o'tirgan Raniyaga qaradi.
- Nima ham derdim? qo'rqinchili qora muhitiga o'ralgan odam degan fikringizga qo'shilaman. - deb qo'ydi qiz. U bugun ishiga kelganidan buyon bu yigit haqidagi mish-mishlarni eshitayotgandi. Aytish joizki albatta hech biri uni e'tiborini torta olmadi deb bo'lmaydi.
- Qizlar, yigitlar! qani tezroq hamma o'zini so'zlarini yodladimi? - xonaga bostirib kiradi Narang. Inson xatto bu qizlarni kiyinish xonasi ekaniga ham parvo qilmaydi. Bir, ikki qizlar hali ko'ylagini tuzukroq kiyishga ham ulgurmagandi. Qizlar bunga o'rganib qolishgan, xo'jayin istagan xonasiga istagan vaqtida kiraveradi. Narangning bunday ishlarga nisbatan birgina jihati mavjud bo'lib - uning qizlarga suyagi yo'qroq.
- Namoyishga ham oz vaqt qoldi biz hali ham tayyor emasmiz! Tein qayerda?!
- Shu yerdaman.
Teinning aftidan bugun kayfiyati joyida emas. Yuzi horg'in ko'rindi, kechasi ham yaxshi uhlay olmagani ko'zlaridan ma'lum. Raniya unga qarab turdi-yu ammo og'iz juftlashni istamadi. Qiz hali ham unga qanday javob berishni bilmasdi.
- Mayli qani yuring katta sahnada yana bir marta ko'ramiz.
Qizlar va yigitlar Narangning ortidan teatrning katta sahnasiga chiqishdi. Yuragida paydo bo'lgan tushunarsiz hayajon sabab sekin qadam tashlayotgan Raniya nimanidir sezgandek teatrning kirish eshigi tomon qaradi. Qip-qizil gilam ustidan yurib kelayotgan uch yigit. Raniya ulardan faqat bittasinigina taniydi. O'sha qora ko'zlar, qora rangga burkangan kiyimdagi yigit, uzulishni istamagan nigohlar. U tomon yurib kelmoqda. Qizning lablari orasi ohista ochildi, yigit ham unga xuddi udek qaramoqda faqat farqi shundaki qiz hayajonini xatto ustida ham yashira olmayapti. Ammo bu qo'rquv aralash hayajon deb atalardi. Yigitlar sahnaga yaqinroq kelib to'xtashdi, endi Raniya bu yigitga birinchi marta bunchalik yaqin kelgandi.
- Oh Kim Damryeong… janob Park Jimin! - tazim qildi Narang. - oxirgi paytlarda teatrimizga serqatnov bo'lib qoldingiz… xush kelibsiz! - Narang gapirishi davomida Raniyaga ayyorona qarab qo'ydi. Hech narsaga tushunmagan qiz shunchaki begunoh ko'zlarini ulardan olib qochti.
- Odamlarimiz omborga olib kirishi kerak bo'lgan ba'zi narsalar bor. - piching qildi Jimin o'zini odatdagidek tutishga uringancha.
- Ish bitgunicha shu yerda o'tirib turamiz. Xonimlarga halaqit qilmasak albatta. - Jimin o'zining yoqimli tabassumi bilan aktrisa qizlarga jilmayib, ayyorlik qilar ekan qizlar albatta bu kelishgan erkaklardan biriga mahliyo bo'lishga ulgurishgan edi.
- Yo'q bemalol qolavering. - dedi Soyon Jiminning tabassumiga mahliyo bo'lgan ko’yi, qarmog'iga ilinib.
- Minnatdormiz xonimlar, ishingizni davom ettiravering.
Damryeong, Jimin va yana bir yordamchi yigit o'rindiqlarga joylashishar ekan, teatrga olib kirilayotgan qutilarga chetdan ko'z tashlab qo'yishardi. Ayniqsa bularni Jimin qattiq nazorat qiladi. Aholiga mayda-chuyda narsalar deb ma'lumot berilgankuya, ammo har bir qutida yaqinda Avstraliyadan keltirilgan qurollar bor edi. Mollar teatr omboriga, spektakl uchun qo'llanilgan keraksiz buyumlar turadigan yerga olib kiriladi.
Narangning yuzida g'olibona tabassum, Teinnikida esa yoqtirmagandek ko'rinish. Bu boyvachchaning sahna Juliettasiga qanday qarashini u payqadi. Bunday boyvachchalar otasining puliga hayot kechirib, ko'ziga chiroyli ko'ringan qizlar bilan istagan ishini qiladi uning fahmida. Damryeong bir oyog'ini ikkinchisining ustida o'tkazib shunchaki zavqli tomoshani ko'rayotgandek sahnada turganlarga birma-bir qarab qo'ydi. So'nggida bu nigohlar Raniyaga kelganda taqqa to'xtadi va qaytib uzilmadi. Qiz bir zumning o'zida biroz avval yodlagan barcha so'zlarini unutib qo'ydi.
- Qani boshlayvering.
Tein yuziga niqobini kiyadi. Raniya ham o'zini anglab olar ekan, roliga jiddiy qarashni istaydi. Qizning ko'ylagi kechagidan ham latofatli edi, etaklari hilpiraydigan uzun, qaymoq rangda o'ziga juda yarashib turibdi. Sochlari o'sha yillardagidek jingalak, lablari qirmizi rangda juda nafis.
- Raniya biroz hayrat va hayajon bilan harakat qilasan! tushunarli-ya!
- Ha janob. - qiz o'g'irincha ko'zlarini tomoshabinlar o'tiradigan joyda o'tirgan yigitga ohista qaratib, tezda o'zini olib qochdi. Yuragi haddan ortiq tezlashib ketdi.
Hammasi xuddi romandagidek. Zal hali tayyor emas, sahna marhazida katta lyustra maketi osilgan. Fon musiqasi qo'yilgan - eski davr valsi gavdalanmoqda.
- Maskarad sahnasidan boshlaymiz. Rameo o'ng tomonda, Julietta markazda turadi.
Qiz o'zini xuddi rolda emas hayotdagidek his etdi. Musiqa balandladi, Tein yuzidagi niqobi bilan yurib u tomon yaqinlashdi. Hammaning nigohi bitta joyga qaratilgan, markazdagi Tein va Raniyaga.
- Yaqinlash! - o'shqirdi Narang qattiq qo'l ohangda o'qrayib. Damryeong va Jimin uchun bu voqealar tobora qiziq tuyila boshladi. Ikkisi ham bo'layotgan ishlarni ko'z uzmay chetdan kuzatar ekan, Damryeong orada qotib qolgan ko'zlarini charchoq ila ishqalab qo'yardi. Lekin qizni kuzatish juda qiziq.
- Uni qo'lidan ushlaysan.
Tein biroz hayajon bilan halovatsiz turgan Raniyaga qo'l uzatdi. Qiz bir unga uzatilgan qo'lga qaradida so'ng nima uchundir Damryeong tomon xuddi ijozat so'rayotgan odamdek ko'z tashladi. Nega? Kim Damryeongning ko'zlarida achchiq norozilik bor edi, go'yo unga qolsa Raniya hozirning o'zida sahnadan pastga tushsin. Hammasi chalkashib ketdi.
- Kang Raniya! - hayollarni bo'lib qo'ydi boshliq. - Anqaymasangchi.
Gapida jon bor chindan judayam hayajonlandim chog'i, Teinning qo'lidan tutdim. Nega boyagi yigitga qaradim, xuddi undan izn so'rayotgandek ko'ringan bo'lsam kerak. Raniya o'zingni qo'lga ol hoziroq!
- Yo'q! Yo'q! Yo'q! va yana Yo'q! nega chiqmayapti?! Umuman o'xshamayapti! - birdan o'rnidan turib baqirib ketgan Narang asabiy qo'llarini peshonasi uzra ishqaladi. Jaxldan qizarib ketayotgan yuzi Damryeongni ham e’tiboridan chetta qolmadi.
- Qani sevgi?! ko'zlardagi hissiyot qani? nega qaltiraysiz? men bunga qancha pul tikdim! his, jo'shqinlik, extiros! bularsiz ketmaydiku axir!
- Asabiylashmang Narang. - kulimsiradi Jimin holatdan zavqlanar ekan.
Raniya va Tein aybdorona bir-birlariga qarab qo'yishdi. Aslida Raniya doim rollarini mohirona ijro etib kelardi, ammo bugungi tayyorgarlikda uni hayollarini bo'ladigan, hayajonga soladigan alla kimdir bor…
Vaqt to'xtab qolgandek juda sekin o'tdi. Iloji boricha tayyorgarlikni to'xtatib bu sahnadan chiqib ketishni birinchi marta juda xohladim. Qulog'imga hech narsa kirmadi, nafasim siqdi. Janob Narangdan ham tomosha tugagunicha gap eshitdim. Hammasiga o'sha yigit sabab! menga termulishdan boshqasiga o'tmadi, ko'zlari xatto yumilmaydi ham. Menga shunday boqardiki… yuragim joyidan chiqib ketgudek bo'ldi. Orada unga o'g'irincha qarab qo'ydim men ham, chunki… qaramaslikni iloji yo'q edi. Tushunolmadim, ichimni qisayotgan bu narsadan tezroq qutilib hammasini Jinriga aytish maqsadida teatrdan otilib chiqib ketdim. Allaqachon hammayoqni qorong'u tuman qoplagan edi.
Qalin tuman, sovuq ko'cha. Ammo haddan tashqari tinchlik… atrofda hech kimsa yo'q. Raniya hayol bilan bo'lib ketayotgan yo’llariga uncha e'tibor qilmagan edi. Ustidagi yengi kalta kiyimidan sovuq yaxshigina ta'sirini bildirib turgani bois u bir seskanib o'zini-o'zi isitish uchun qo'llarini ishqaladi. Qizning aqli joyiga kelganida u turgan joyida taqqa to'xtadi. Benihoya jimlik emasmi? Raniya atrofga havotir bilan qaradi, bu xuddi o'rmonda bo'rilar orasida qolib ketgan quyondek ko'rinish tasvirini berardi. Qizning yuragi keskin tezlashib ketdi, u hansiragan ko'yi qo'rquv bilan tezroq bu zulmat bosgan ko'chadan chiqib ketmoqchi edi hamki birdan qorong'u yo'lak oxiridan iblisona kulgu ovozlari eshitildi. Raniya shunchaki qotib qoldi. U nafas olishni ham unutdi.
- Kech bo'lganda..bemahal bu yerlarda qushcha nima qilyapti? - yo'lak yorishib bir qancha yigitlar ko'rinish berdi. Ulardan birining bo'yi baland, qorachadan kelgan, butun badanida tattoo izlari bor, qoshi qalin jo'rtaga yonidan kesilgan edi. U lab chetida kuldida tulki simon tabbasumini Raniyaga qaratdi. Qiz hali ham qimirlay olmasti, hayoliga kelgan ilk narsa o'sha butun Seulda tarqalgan xabardagi bosqinlar mana shu yigitlar tomonidan uyushtirilayotgandir balki? Va endi Raniya keyingi qurbondir.
- Unga qara Den! chiroylimi? - dedi yigitlardan biri go'yo bir buyumni do'stiga ko'rsatayotgandek Raniyani ishora qilar ekan.
- Latofatli ekan, bugunga juda yaxshi as qotadi.
Bir qadam ortga. Sovuq ter bosgan qizning yuzi qo'rquvdan oqarib ketdi, bir zumda hayoti barbod bo'ladimi hozir? Raniya og'ir yutunib qochmoqchi bo'ldiyu ammo uning chap qo'lidan boyagi yigit ushlab oldi.
- Qushcham qayoqqa? nega bunchalik tez?
- Qo'yib yuboring.. iltimos.
- Ohh albatta qo'yib yuboraman faqat avval biz bilan ko'ngil xushlik qil keyin ketasan.
- Yo'q.. yo'q! qo'yib yubor! tegma! tegma!!
- Buyoqqa kel.. go’zalimm… - yigit Raniyani sochlarini silar ekan, bir qo'li bilan uni yanada o'ziga tortardi. Ammo qora soya… tuman oralab yaqinlashmoqda. Raniyani ushlab turgan yigit darhol qizni qo'lini qo'yib yubordi.
- Hoy! kimsan?! - o'shqirdi u. O'sha odam javob bermadi, Raniya ham endi unga hayron qarab turar ekan soya odamga aylangan onda qizning yuragi ko'ksidan otilib chiqqandek bo'la yozdi. Doimgi o'sha qora ko'zli, qora kiyimdagi yigitning ko'zlaridan qon ufurib turgandi. U jaxl bilan bosqinchi yigitlarga qarar ekan, aniq ko'rish mumkinki ularni hammasi sichqondek ko'rinishga kelib qoldi.
- Nima qilib qo'yganingni fahmlayapsanmi Jay? - judayam mazaxona ohang. Jay Raniyaga yopishgan yigitlardan biri, u tomog'iga tiqilgan narsani ichiga yutib Kim Damryeongga tazim qiladi.
- Janob! anglamadim chin so’zim.
Yigit mag'rur boshini baland ko'tarib turdi, qo'llari cho'ntagiga solingan qarshisida qo'rquvdan va hayratdan qotib qolgan Raniyadan ko'z uzmasdi.
- Janob Kim. - Damryeong birdan Jayning yonidan beparvo o’tib ketdida Raniyaning qo'lidan ushlab oldi. Bir qo'liga bir yigitning ko'zlariga qaragan qiz esa hozir o'zini yo'qotib qo'ymaslikka dafa'atan urinmoqda.
- Yur… - ilk marta u Damryeongning o'ziga nisbatan aytgan so'zini eshitdi. Atrofidagi barcha hodisani esdan chiqarib yuborgan Raniya hozir faqat qo'lidan ushlab qayergadir sudirayotgan yigitga o'g'ridek termulardi. Boyagi yigitlar qanday qilib, qayerga birdan g'oyib bo'ldi, qiz xatto e'tibor ham bermapti. U notanish ko'chaga yolg'iz Damryeong bilan kirib qolganida fahmladiki u bo'rilardan qutilib sherga yo'liqqanini. Damryeong to'xtadi va ortiga o'girildi, birdan qizni qo'lini qo'yib yubordi. Axir yigit bu onni qancha kutdi qiz bilan yuzlashishni, uni chiroyini yaqindan kuzatishni, taftini his etib ko'rishni-yu, mayin ovozini eshitishni. Vaqt to'xtab qolgudek bo'lgan on ikki nigoh bu safar juda yaqindan to'qnashdi. Bir zum ikkisi ham gapirishga jur'at eta olmadi. Lekin yigit tashabbusni o’ziga oldi. Agar hozir Raniya unga qayerdan paydo bo'lgani, va uni kuzatib yurgani haqida qiziqib savol berib qolsa u qanday javob beradi?
- Bunday vaqtda yolg'iz yurish yaxshi emas. - bu ovoz qizni seskantirib yubordi. U hayajondan nafas olishni ham unutgandi, oyoq-qo'li bo'shashib ketgani uchun hali ham qo'lini pastga tushirmagandi. Damryeongdan ko'zini uzolmagan onida yigit unga shu onda qayta va yana qayta mahliyo bo'ldi.
- Men.. men…
- Sizni kuzatib qo'yaman.
- Y.yo'q bunga hojat yo'q o'zim ketaveraman janob.. - unga rad javobini bersa ham qiz o'zi anglamaydigan istaklari qatorida u bilan takror suhbatlashib ko'rishni, jarangdor ovozini yana eshitishni, ko'zlariga soatlab tikilib o'tirishni istardi. Lekin o'zi sezmadi.
- Bu ko'chalarda nimalar yoki… kimlar borligini bilmaymiz, shunchaki men bilan yuring. - Damryeong iloji boricha xuddi o'zini qizdan yiroqroq va unga e'tiborsizdek tutishga urinayotgandek tuyildi. Raniya esa harakatlarini, hayajonini umuman boshqara olmadi. Yigit sekinlik bilan yura boshladi, unga bir og'iz gapira olmagan qiz ham ortidan izma-iz ketdi. Qorong'u ko'chalar uzra sukunatda ikkisi yolg'iz ketar ekan, sovuq sabab Raniya seskanib ketdi. Qanchalik o'zini e'tiborsizdek ko'rsatayotgan bo'lsa ham Damryeong o'zini-o'zi unga ustidagi kiyimini yechib berganida sotdi.
U menga qora jacketini yechib uzatganida ham sovuqdan ham kuchli bosim sabab qotib qoldim. Nima qilishni bilmadimu, ammo rad etsam ahmoqona ko'rinaman, indamaygina qo'lidagini olib ustimga tashladim. Bu hid… negadir judayam xushbo'y chuqur nafas olib uni his etishdan o'zimni to'xtata olmadim. Lekin o'zimga nisbatan hayron qarab qolgan ikki ko'zni ko'rdimda darhol qaddimni rostladim. Aslida hayajondan muzlab qoldim-ku! Tan ol Rani!
- Shunday qilib… Julietta..
Ko'zlarim qinidan chiqib ketguday unga baqrayibman, qilgan ishimdan uyalib ketdim. Nega u Julietta deydi? yoki ismimni bilmaydimi? lekin janob Narang aytgandiku, e'tibor bermadimi?
- Teatrga qaytganingizdan xursandmisiz?
- Ha, juda ham. Ayniqsa bu rol, men uni ijro qilishni judayam istagan edim. Boshqa spektakllarda Juliettani rolini ijro qilgan qizlarni ko'rganimda ularga juda ham havasim kelardi, endi esa o'zim ham shu rolni o'ynayapman. - tabassum qildi qiz, ko'zlari porlar ekan davom etib.
- Buni… siz qildingiz-a ? - yoqimli tabassum bilan Damryeongning yuz ifodasini bilish uchun u yuqori qaradi. Yigit lab chetida juda sekin kuldi, bilinar-bilinmas ko'zini yumib bosh irg'igancha tasdiqlab qo'ya qoldi.
- Chin dilimdan minnatdorman.
- Buni keragi yo'q.
- Yo'q nega endi, ishoning haqiqatdan ham homiyimizga shaxsan o'zim minnatdorchilik bildirmoqchi edim… va hozir yonimdasiz.. - dedi Raniya. Damryeongning yuzi g'alati ammo yoqimli tus oldi.
- Orzuyingizni qaytarib beribman demak shundaymi?
- Aynan!
- Unda quruq minnatdorchilik ketmaydi Kang xonim. - yigit birdan to'xtab unga o'girildi. Hayron qolgan Raniya ham qora ko'zlarga tikilar ekan og'ir yutundi.
- Evaziga biror nima so'ramoqchimisiz?
- Ha.
- Adashmayotgan bo'lsam siz bilan endigina birinchi marta gaplashib turibmiz?
- Bunchalik yaqin bo'lishga qachon ulgurdik demoqchimisiz? - so'radi yigit qiziqish bilan qizning reaksiyasini kuzatib.
- Ishoning siz haqingizda sizdan ko'proq bilishim mumkin… - piching qilishdi davom etadi.
Raniya hech narsani tushunmasdi, faqat tosh qotgandek turaveradi. Umuman olganda unga Damryeongning hatti-harakati juda qiziq edi. Ammo bu oddiygina qiziqish emas, xatto birinchi kundagi tanishuv ham emasdek. Go'yo ular bir-birini anchadan buyon biladigandek.
- Nima demoqchisiz?
- Demoqchimanki… siz men bilan tanish emassiz, ammo men sizni allaqachon tanib bo'ldim. Masalan : yoqtirgan rangingiz qizil, mushuklarni sevasiz yo'lingizdan chiqqan mushukni erkalamay ketmaysiz, moychechaklarni juda yaxshi ko'rasiz, Jinri ismli dugonangiz bilan yashaysiz, onangiz turmushga chiqqan, har yakshanba kunlari ko'chada quloqchiningiz bilan sayr qilasiz, qo'rqinchili filmlarni tomosha qilishni xush ko'rasiz… yana nima qolib ketti? - yigit tarashadek qotib qolgan qizning yuziga biroz egilib yaqinlashar ekan bir qoshini qoqib qo'ydi.
- Bu.. bularni qayerdan..
- Qiyin emas.. - Damryeong nigohini burdi, negadir jiddiylashib qoldi. Ular yana bir ikki qadam bosib yurar ekan allaqachon Toegyeoro ko'chasiga kirib borishdi.
- Ammo nima uchun?
- Qiziqtim.
- Qaysi ma'noda? - so'radi qiz.
- Bilmayman…
Damryeong jiddiy ohangda gapirgani uchun Raniya boshqa savol berishni istamadi. Shundoq ham u bilan ancha suhbat qura oldi. Bir zumda uyining yoniga kelib qolgan qiz yigitga nima deyishni bilmay, hayajon bilan ortiga o'girildi. Damryeongning qo'llari cho'ntagiga solingan, qizga doimgidek tikilib turardi.
- Menga bunday qaramang.. - pichirladi Raniya.
- Qanday? - savol berdi Damryeong.
- Xuddi… - lablari titrab ketgan qiz gapirolmay, tezda mavzuni burib yubordi. Ko'zlarini olib qochgan ko'yi.
- Uyimni manzilini sizga aytmagan edim…. - jilmaydi u. - Bilar ekansiz, kuzatib qo'yganingiz uchun yana bir bor rahmat.. janob. - tazim qildi qiz.
Damryeong faqat nomiga jilmaydi qoldi. Raniya tartibsiz harakat bilan Damryeongdan uzoqlashib uyi tomon ketdi. Damryeong qiz ko'zdan g'oyib bo'lmaguncha joyidan qimirlamay turdi. So'ng:
- Jimin..
Yo'q joydan paydo bo'lgan Jimin xo'jayinining yonidan joy oldi.
- Eshitaman janob.
- Jay va uni to'dasida bo'lgan hammani.. top! va meni yonimga olib kel.
- Tushunarli.
- U meni qo'rqityapti u sen haqingda o'zingdan ham ko'proq biladi!
- Ammo nega? nimaga to'satdan menga qiziqib qolishi mumkin?
Uyga kirishim bilan o'sha yigit bilan bo'lgan hamma voqealarimni Jinriga aytib berdim. Tabiiyki og'zi lang ochildi, tuzukroq savollar berib ololmaganim uchun dakki ham berdi.
- Ayon emasmi? seni yoqtirib qolgan albatta.
- Aljirama bunday emas.
- Aynan shunday bo'lmasa o'zing idrok qilib ko'r, kim o’zidan-o'zi bir qiz haqida barcha ma'lumotlarni bilishga urinadi? Xatto yashash manzilingni ham bilar ekan… bu yigit menga yoqa boshlayapti.. - qosh qoqdi Jinri.
- Nimasi..?
- Hozirgi zamonda bunday dadil erkaklar ko'p uchramaydi… uni qo'ldan boy berma!
- Aqldan ozdingmi Jinri!
- Ismini nima deb ataganding? - dugonasining gapiga umuman e'tibor bermagan Jinri gapida davom etdi.
- Kim Damryeong..
Ikki dugona oyoqlarini chalishtirgan holda divanga qulayroq joylashishdi.
- Qayerdadir eshitgandekman… shoshma.. Rani! - birdan keskin sakrab turgan Jinrining ko'zlari kattalashib ketdi. Raniya hayron bo'lib unga qaradi.
- Uzuk!
- Qanaqa uzuk?
- Rani uzuk! sen topib olgan.. eslaysanmi? unga Kim Damryeong deb yozilgandi!
Uni gaplaridan so'ng oyog'imni qo'limga oldimda xonamga yugurdim. Uzukni solgan qutimdan uni tipirchilab qidira boshladim. Uzukni topishim bilan ortidagi mayda yozuvga qayta qaradim. Haqiqatdan ham unda " Kim Damryeong " ismi bor ekan. Qanaqasiga, hayratdan qotib qolibmiz.
- Balki teatrga kelganda uzugini tushurib qo'ygandir. Tasodifni qara..
- Nima bo'lganda ham o'ziga qaytarishing kerak.
- H..ha albatta, ertaga kelarmikin?
- Men qayoqdan bilay! ko'rganingda berasan.. buncha titramasang!
- Titrayotganim yo'q..
- Ko'rib turibman hayajonlanib yuribsan kelganingdan beri.. yoki o'zing ham sevib qoldingmi? - qoshini qoqdi Jinri.
- Xonangga bor men uhlayman.. alahsirayapsan.
- Gapni olib qochma meni yaxshi bilasan baribir ichingdan sug'urib olaman.
- Yaxshi endi ketaqol. - Jinrini turtib turtib xonamdan arang chiqarib yubordim va eshikni mahkam yoptim. O'zimni yomon his qilyapman, yuragim haddan tashqari tez urmoqda. Hayollarim chalkash, muzlab qoldim. Yotog'imga yonboshlab yotar ekanman, u bilan kelgan yo'llarimni ko'z oldimdan o'tkazdim. Qadamlarimiz… u oldinda men ortidan borardim. Menga har qaraganida ichimda olov yoqilgandek bo'ldi. Menga pergan jacketini ham qaytarmay ketib qolibman. Uni qo’llarimga oldim va ixtiyorsiz yuzimga yaqinlashtirdim. Uning ifori dimog'imga urildi, shu onni o'zida yana uni yonimdadek his etdim. Jacketni biroz quchib turdimda, so'ng birdan to’k urgandek o'zimdan uzoqlashtirdim. Menga nima bo'lyapti, alahsirayapmanmi? jacketni joyiga qo'yib yana yonboshladim. U paydo bo'lganidan beri hayotimda tushunarsiz ishlar sodir bo'lyapti. Xuddi u sehrlab qo'ygandek. Nima uchun uni har yurgan yo'limda o'ylayveradigan bo'lib qoldim? ayniqsa bugun meni qutqarganida… hammasini battar qildi. U menga shunday qaraydiki… hayotim davomida hech kim menga bunday ko'z bilan qaramagan. Xuddi…. Menga mahliyo bo'lgandek.
Qarovsiz tashlab ketilgan zavod. Devorlaridan muz chiqayotgandek atrofni sovuq tutib turibdi. Buyumlar yerga sochilib ketgan, tartibsiz otilib yotgan qurollar-u, kiyim-kechak, dori qoldiqlari mavjud. Atrof turli mashinalar bilan to'lgan, markazda esa bir qator terilib tiz cho’kkan, ko'zlari bog'langan yigitlar yolvorishmoqda. Ajal qarshisida ularni masxaralaydi. Qora osmon, endi muloyimlikdan asar ham yo'q. Birin-ketin ichkariga qop-qora kostyumdagi erkaklar kirib keldi. Ularni orasida Jimin va Damryeong ham bor. Asirga olinganlar esa boyagina Raniyaga tajovuz qilmoqchi bo'lgan " Dokdan " to'dasi edi. Damryeong qo'llarini cho'ntagiga tiqar ekan, iblisona kulgu bilan dedi:
- Seni ko'p bora ogohlantirdim Jay.
- Janob onam haqqi qasam ichaman bilmagandim… u qiz kimligini bilmayman.
- Bilasanmi… - Damryeong unga yaqinlashib kela boshladi. Ovozi tobora pasayib boradi.
- Sen hali meni qo'lim tegmagan sochlarga.. qo'llarga tegding. Bu og'ir jinoyat shundaymi yigitlar? - endi ovozini hamma eshitishi uchun odamlariga qarata balandlatdi. Erkaklar baravariga tasdiqladi. Jayning avzoyi badani oqarib ketdi.
- Ko'zimga qara. - hotirjam so'zladi Damryeong. Jay og'ir yutunib yoshlanib ketgan ko'zlarini unga qaratdiyu tosh qotdi. O'limni yodga solib turuvchi Damryeongning ko'zlaridan hamma hayiqib turadi. Daxshat ichida hushini yo'qotgudek bo'lgan Jay o'tirgan joyini qanday qilib ho'l qilganini ham anglamay qoldi.
- J..ja..janob.. aybim yo'q axir.
- U qo'llarga, u sochlarga tekkan odam.. bu hayotda nafas olmaydi Jay… unga qanday hislar bilan qaraganing, va u bilan nima ish qilmoqchi bo'lganingizni juda yaxshi bilaman. Seni mantiqsiz hayoting.. mana shu to'dang bilan birga yo'q bo'ladi. Bugun… shu onda.
- Yo'q.. yo'q! janob i..ltimos iltimos janob!
Damryeong ortga burildi va chiqish eshigi tomon yura boshladi. U na Jayning, na odamlarining so'zlarini eshitdi, ko'z oldida faqat o'sha hodisa unga tegishli bo'lgan qizga mana bu ifloslar qanday hirs bilan qaraganiyu, u bilan qanday jirkanchliklar qilishni rejalashtirgani edi. Jimin tezda yigitga yetib olar ekan undan faqatgina oxirgi buyruqni kutardi.
- Ular qizni sizniki ekanini bilishmagan janob. - Jimin shunday deyishi bilan Damryeong uni yoqasidan qattiq ushlab devorga yopishtirib jaxl bilan qaradi. Ko'zlaridagi alam, nafrat, jaxl, sevgi - uyg'unlashib ketib uni bir telbaga aylantirib ulgurgan.
- Ammo bu nigoh unga tushdi Jimin! Meniki bo'lgan odamga! - hayvondek o'shqirdi yigit bosim bilan Jiminni devorga itarar ekan. Yo'q faqat Jimin Damryeongga har doim javob qaytara oladi. Yigitning lablari bilinar-bilinmas tabassum qildi. Jimin shunchaki kuldi, devorga yopishib qolgan bo'lsa ham.
- O’sha onda ichimdagi hayvon qanchalik quturganini bilsang edi… agar yonimda u bo'lmaganida.. men soniyalar ichida o'sha itlarni burdalab tashlardim! xuddi bu hayotda hech qachon bo'lmagandek yo'q qilardim! ammo jin ursin lan'ati bunday qilolmadim. Chunki u… u o'sha yerda menga qarab turardi. Jimin.. men.. men u meni bir hayvondek ko'rishini istamadim. Odamlarni qonini to'kadigan qotilga qaragandek qarashini xohlamadim. Nega bunday qildim? - Damryeong bo'shashgan qo'llarini Jiminning yoqasidan olar ekan undan bir javob kutgandek jim qoldi. Jimin esa hech narsa demadi, lekin Damryeongni Jimindan ortiq yaxshi tushunadigan odam yo'q edi. Orada cho'kkan bir ikki soniyali sukunatdan so'ng Jiminning sokin ovozi eshitildi.
- Har kuni kechqurun uyga kirishimdan avval.. qon tekkan qo'limni yuz martalab yuvaman, ust-boshimdan keladigan narko dori isi va eng muhimi qotil hididan qutilish uchun doim kiyimimni avval o'zgartirib keyin uyga kiraman. Nega bilasizmi? Doona menga jinoyatchi yoniga kelayotgandek emas… o'z turmush o'rtog'i kelayotgandek qarashi uchun. - Jiminning birgina shu so'zlari Damryeong uchun yetarli bo'ldi. Yigit alahsirab qoldi, qadamlari tartibsiz ammo qaxrli edi. Jimin bir ikki odamlarni chaqirdi. Shunda Damryeong ularga qarab so'nggi so'zini aytdi :
- Tekkan qo'llarni sindiring… nigohi tushgan ko'zlarini birma-bir o’yib oling va so'ngida yuragini sug'irib oling… yashashini istamayman.. - odamlar buyurilgan buyruqni amalga oshirish uchun qo'llariga bir nechta qurol yarog'larini olib asirdagi yigitlar tomon ketishdi. Damryeong va Jimin ombordan chiqishlari bilan ichkaridan chinqiriq ovozlari yangrab ketdi. Jimin biroz og'ir ko'zlarini yumib ochdi ammo Damryeong hech qanday ifoda bildirmadi.
- Hislaringizni angladingizmi?
Ikki yigit doim keladigan sohillariga kelishdi. Damryeongning odati shunday, kimningdir jonini olsa doim shu sohilga keladi. Toza havo, va qalbiga ozroq bo'lsa ham tinchlik beradigan joyga, qo'llariga tekkan qonni yuvish uchun.
- Seningcha nima?
- Shubhasiz janob Kim Damryeong.. bu sevgi emas. - Damryeong qosh chimirib Jiminga qarar ekan, Jimin yakunlamagan so'zini yakunladi.
- Bu oshiqlik.. o'zingizni go'llikka solmang!
- Hali bunday qilganimcha yo'q, fikringni maqullamayman ham.
- Aqldan ozib qolganingizni bitta men payqamadim, o'sha qizni ko'rganingizdan beri g'alatisiz. Men sevgini ajrata olaman. Agar sevmaganingizda u siz haqingizda qanday o'yga borishi sizga baribir bo'lgan bo'lardi, lekin siz uni oldida o'zingizni aslingizcha ko'rsata olmadingiz. Sizdan qo'rqishini xohlamadingiz.. aynan mana shu - sevgi deb ataladi. Uni oldida o'zingizni boshqacha tutishingizni bilaman. - dedi Jimin.
- Uni oldida.. o'zimni boshqacha tutamanmi? - kuldi Damryeong.
- Ha.. suvdan chiqqan mushukdek bo'lib qolasiz, faqat tikilasiz qiz bechorani yutib yuborgudek.
Ikkisi ham jimib qolishdi. Jimin faqat kulardi, chunki hech qachon bu Azroil xo'jayini qaysidir qizni sevib qolishi hayolining bir burchagiga ham kelmagan shu vaqtgacha. Damryeong esa oqim bilan esayotgan suv va shamolda mag'rur anchagacha turdi. So'ng Jiminni yelkasidan qo’lini o'tkazib tabassum qildi.
- Aniq qaror qildingizmi? - Jimin ham xo'jayiniga qiziqish bilan qarab, yelkasidan tutdi.
- Ha.. ammo bu to'g'ri qaror emas, lekin endi menga baribir! u yonimda bo'lishini hamma narsadan ko'ra ko'proq xohlayapman. Uni o'zimniki qilaman..
- Notog'ri qaror… ammo men ham shu fikrdaman. U qiz Kim Damryeongga tegishli… faqat. - ikkisi bir vaqtda kular ekan birga ketma-ket mashinalarga o'tirishdi va sohilni tark etishdi.
- Men uni yolg'iz o'zimga ishonolmayman Jimin, endi uni himoya qilishni senga topshiraman… chunki senga o'zimdan ham ko'proq ishonaman. Qizni mendan ham yaxshi himoya qila olasan.
- Bundan tashvish chekmang. Sochidan tola soch tushmaydi.
Erta tongdan ishga shunday shoshdimki sababini o'zim bilsam til tortmay o'lay. Jinri ortimdan nonushta ko'tarib yugurdi. Yo'qotib qo'ymaslik uchun janob Kimning uzugini qo'limga taqib oldim, ko'rganimda o'ziga qaytaraman. Teatrga juda erta kelib qolganimni fahmlagan onim o'zimni haqoratlashga tushdim, nega bunchalik hovliqdim-a? hech kim kelmapti hali ham. Ufladimda bo'sh o'tirmay deb yodlashim kerak bo'lgan so'zlarim yozilgan qog'ozni qo'limga olib tomoshabinlar o'tiradigan o'rindiqlardan biriga o'tirdim.
- Yagona sevgim yagona nafratimdan tug'ildi, saxovatim dengizdek cheksiz, sevgim shunchalik chuqur.. Menga Rameomni ber, u o'lganda uni mayda yulduzlarga aylantir.. - so'zlarini pichirlab qaytarib o'tirgan qizni uzoqdan ko'rgan Tein quvonib ketdida, sahnaning qoq markazida turib olgancha uni chaqirdi.
- Raniya! Kang Raniya!
Raniya ismi aytilayotgan tomon qarar ekan, sahnada Tein turardi. Qiz unchalik xursand bo'ldi deb bo'lmaydi. Chunki hozir Tein undan bergan taklifining javobini so'raydi. Raniya Teindan qochib yurishni yaxshi uddalayotgandi hamki bugun eplay olmadi.
- Salom.
Tein qizning yonidan joy olib o'tirdi. Biroz hijolat chekkan Raniya iloji boricha qog'ozidan ko'z uzmay o'tirishga urindi.
- Senga ham.
- Bugun erta kelibsanmi?
- Ha, shunchaki so'zlarimni kelib tinchlikda yodlab mashq qilmoqchi edim. - dedi u.
- Tushunarli, yaxshi qilibsan birga tayyorlanamiz.
- Seni bu yerda ekaningni bilmapman.
- Hechqisi yo'q qaytangi yaxshi bo'ldi, anchadan buyon yolg'iz gaplasholmayotgandik. - piching qildi Tein. Raniya qoshlarini ko'tarib kinoyali jilmaydi.
- Qaysi qismni yodlayapsan?
- Balkondagi sahna, eng mashxur monolog qismi janob Narang ayni shu joyiga yaxshiroq tayyorlanishimiz kerak ekanini tayinlagandi.
- Fikrimcha romandagi eng go'zal sahna bu. - qo’shimcha qildi Tein ham.
- Ha asti gapirma, birinchi marta o'qiganimda tuni bilan yig'lab chiqqan edim. - kuldi qiz. Tein ham uni ko'rib jilmaydi.
- Biz qoyil qilamiz, Narang sohib bekorga ikkimizni tanlamagan to'g'rimi? - Raniya sukut saqlagan ko'yi hijolatlanib bosh irg'ab qo'ya qoldi.
- Mos ko'ribdi, o'zi doim sen bilan juft bo'laman.
- Shunday. - ikkisi kulishdi. Bir ikki daqiqalik jimlik hukm surdi. Tein nimadir demoqchi bo'lar ammo aytolmay hunob bo'ldi. Shunda Raniyaning o'zi uni hijolatli vaziyatidan olib chiqishni maq'ul ko'ra qoldi.
- Menda biror gaping bormi?
- Aslida so'ramoqchi edim.
- Javobimnimi?
- H..ha.
Jimib qolgan Raniya Teinning umidvor ko'zlariga tikilar ekan, ichida bir-nima achishib ketdi. Bu yigitga yo'q deyish uchun hech qanday sabab ko'rmayotgan qiz negadir rozilik berishni istar, ammo nimadir uni ushlab turibdi.
- Chindan bilmayapman Tein.. ochiqchasiga rostini aytaman, senga rozilik berishni o'zim juda istayapman ammo…
- Nima ammo?
- Bir nima meni mahkam ushlab olgandek, qo'yib yuborishni istamay quchib olgandek. U ushlab turibdi. O'zimni shunday his qilyapman.
- Lekin u nima bo'lishi mumkin..?
- Men ham qiziqyapman, balki bir qancha vaqt o’tsa…
- Ha.. ha albatta istaganingdek bo'lsin, men qancha istasang kutaman, axir meni Juliettamsanku, Rameodek kutaveraman hechqisi yo'q shoshilma o'ylab ol. - Tein o'zining yorqin muloyim tabassumini ko'rsatdi. Uni ko'rgan Raniya kulib yubordi, kayfiyati ko'tarilib biroz o'zini yengil his qildi. Tein juda ajoyib yigit edi, hammaga birdek muloyim, mexribon, odamlarni ranjitmaydi, oliyjanob kimsa.
- O'sha his nima ekanini anglaganingda menga ham ayt ho'pmi?
- Ha.. ayta.. - Raniya gapini yakunlashga ulgurmasidan to'xtab qoldi.
Yana u.. tartibsiz nafas olishimga sabab bo'ladigan, doim qo'rqib turadigan insonim. Yuragim gupirlab urib ketdi. U qizil gilam ustidan yo'lak bo'ylab mag'rur qadam tashlardi yolg'iz o'zi. Butun boshli teatr ichida uchchalamizdan boshqa kimsa yo'q. Uning sochlari jingalakligi bilan bu dunyodagi hamma erkaklardan farq qiladi go'yo, savlati qo'rqinchili, nigohi o'tkir, qora kostyumda.. Birdan biz tomon qaradi, qarashida nima uchundir jaxl borligini sezdim. Ammo indamadi, mendan yuz o'girib oldi va qatordagi o'rindiqdan joy oldi.
- U nega keldi? - ko'z suzdi Tein pichirlar ekan.
- Bilmayman..
Tein hafsala bilan nafas chiqarar ekan o'rnidan turib Damryeongning yoniga keldida unga hurmat bilan tazim qildi. Yigit unga xatto qarab ham qo'ymadi, kayfiyati yomonga o'xshaydi. Tein ham yoqtirmaganini ko'rsatib ichkariga kirib ketdi. Endi butun zalda faqat orqa berib o'tirgan Damryeong va uni ortida undan ko'z uzmay tikilib qolgan Raniya qoldi. Qiz yuragiga qo'lini qo'yib qanchalik tezligini his qildi. Shunda qo'lidagi uzukka ko'zi tushdi.
- Uni qaytarish kerak.. - qiz sekin o'rnidan turib yigit tomon bordi. Oyoq-qo'li qaltirab qanday gap boshlashni bilmayotgani uchun o'zini ichida rosa so'kdi. Vanihoyat Damryeongning qarshisiga kelib to'xtadi.
- H..haligi janob..
O'ziga tanish yoqimli ovoz sabab Damryeong yuzini ko'tarmay bir zum jim turdi-yu ich-ichidan xursand edi. Lekin boya Tein va Raniyani birga kulishib turganini ko'rgani uchun qo'llari yaxshigina mushtlashgan. Va hozir Raniyaga juda jiddiy bosh ko'tarib qaradi. Damryeongning bu qaxridan cho'chib tushgan qiz tilini yutib yubordi. U umuman og'iz ocholmadi yigit boshini " Nima ? " degandek irg'iganidan so'ng zo'rg'a tilga kirdi.
- Men.. men haligi.. hayrli tong.
- Hayrli tong. - javob berdi Damryeong oddiygina.
- J..janob ha..haligi, sizda gapim bor..
- Eshitaman.
- Sizga bir nima bermoqchiman. - Raniya qo'lidagi uzukni yechib asta Damryeongga uzatdi. Avvaliga hafsala qilmagan yigit o'ziga uzatilgan uzukni ko'rishi bilan ko'zlari kattarib ketdi. Va o'rnidan tezda turib uzukni qo'liga oldi. Shu on Raniya uzuk uniki ekaniga ishonch hosil qildi. Qolaversa bu uzuk yigitga qanchalik qadrli ekanini ham idrok etdi.
- Buni.. qayerdan topdingiz?
- Haligi, bir haftacha avval ana u yerda yotgan ekan, sizniki ekanini bilmagandim. Egasini topsam qaytarmoqchi edim.. yaxshiyam unga ismingiz yozilgan ekan, kecha payqadim. Shunga qaytaryapman..
Damryeong mana endi qizga yana avvalgidek qaray boshladi. Raniya bugun Damryeong nega unga avvalgidek qaramayotganidan o'ylanib qolgandi, o'zi tan olmasada uni hayajonga solardi. Ammo yana yigitning avvalgi nigohi qaytganini ko'rishi bilan nafasi tiqilib qoldi.
- E..endi boraqolay.. - Raniya ketmoqchi edi ammo Damryeong uni qo'lidan ushlab qoldi. Bir zumda qiz anglashga ulgurmasidan yigit uni o'ziga yaqinlashtirib tortar ekan Raniya Damryeong tomonga uchib tushdi. Oradagi masofa juda yaqin, issiq nafaslar bir-biriga urilib turibdi. Qiz tepaga, yigit esa pastga qaradi. Nigohlar to'qnashuvi, ikki yurak bir xilda urmoqda bir tanu bir jondek.
- Minnatdorman.. Raniya… - ilk marta Raniya undan o'z ismini eshitdi. Qizni qo'l oyog'i bo'shashib yigitning qo'lidan mahkam ushladi.
- Ammo.. bu uzukni o'ylashimcha mendan yaxshi asrar ekansiz, men uni yo'qotib yuribman. Sizda qolsin.. - yigit vazminlik bilan uzukni qayta qizning chap qo'lidagi nikoh uzugi taqiladigan barmog'iga taqdi. Qizda qarshilik qilish uchun ham kuch yo'q, u shunchaki qotib qoldi. Damryeong tabassum qilar ekan, sekinlik bilan Raniyani qo'yib yuborib chiqish eshigi tomon yura ketdi. Bir necha soniyadan so'ng Raniya o'ziga keldida qo'lidagi uzukka qarab Damryeongning ortidan jon kuydirib gapira boshladi.
- Janob! janob u menga kerak emas! Nega menga taqdingiz?! janob! men.. men nima qilaman!
- Sizda qolsin! endi sizniki!
- Sizning ismingiz yozilganku janob!
Damryeong ortiga o'girilmay bamayli hotir ketaverar ekan Raniyaga eshitilmaydigan ohangda pichirladi.
- Men olganim bilan baribir bir kun yana sizga uzuk taqishim kerakku, hozir taqdim nima? keyinchalik taqdim nima? ismim uzukka yozilgan barmog'ingizdagi qon yurakka boradi ismim bilan birga… Kang xonim.
- Nega bunday qildi? - o'ziga-o'zi gapirdi qiz hayron Jinrining so'zlarini yodga olar ekan.
" U seni yoqtirib qolgan "